Tanlanmani boshlang‘ich statistik tahlili. Topshiriq 1
Download 328.77 Kb. Pdf ko'rish
|
ehtimo5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanlanma berilgan 14 18 16 21 12 19 27 19 15 20 27 29 22 28 19 17 18 24 23 22 19 20 23 21 19
- 12-14, 14-16, 16-18, 18-20, 20-22, 22-24, 24-26, 26-28, 28-30.
- Laboratoriya islari bo’yicha hisobot
Tanlanmani boshlang‘ich statistik tahlili. Topshiriq 1.1Matematik statistikada tadqiqotning asosiy ob'ekti bu tanlanmadir. Hajmi n bo’lgan tanlanma deb bir hil sharoitda n– marta bitta tajribani o’tkazish natijasida olingan x 1 , x 2 , …, x n sonlarga aytiladi.Amaliyotda tanlanma ko’pincha statistic qator ko’rinishida yoziladi. Buning uchun sonlar o’qi k ta (5 dan 10 gacha bo’lgan ixtiyoriy son) o’zaro teng oraliqlarga bo’linadi, oraliqlarning o’rtalari z i topiladi va ushbu oraliqlarga tegishli tanlanma elementlari miqdori n i hisoblanadi. Statistik qator deb (z i , n i ) ketma-ketliklar juftligiga aytiladi. Quyidagi misolni kompyuterda excel dasturidagi yechimini ko’ramiz. List 1 nomini «Topshiriq 1.1» nomiga o’zgartiramiz. Tanlanma berilgan 14 18 16 21 12 19 27 19 15 20 27 29 22 28 19 17 18 24 23 22 19 20 23 21 19 Tanlanmaning boshlang’ich statistik tahlili 5-Mustaqil ish Statistik qator tuzamiz, poligon va gistogramma chizamiz. EXCEL dasturini ochamiz. A1 – katagiga “Boshlang’ich ma’lumotlar” deb yozamiz. Birinchi ustunga (A2-A26 kataklariga) boshlang’ich ma’lumotlarni kiritamiz. Sonlar qaysi sohada yotganini aniqlaymiz. Buning uchun tanlanmaning maksimal va minimal elementlarini topamiz. V1 ga «Maksimum», S1ga «Minimum» deb yozamiz. V2va S2 kataklarida «MAX» va «MIN» funksiyalarini aniqlaymiz. Buning uchun V2 katagida fxfunksiyani chaqiramiz, kategoriyada «Statisticheskie»degan qismini tanlaymiz, tagidan MAKS funksiyasini qidiramiz va ustiga ikki marta sichqonchani bosish orqali chaqirib olamiz. Funksiyaning argumenti sifatida A2- A26 kataklarni belgilaymiz.Natija 29 soni bo’ladi. S2 katagini tanlab huddi shu usul bilan MIN funksiyasini kiritamiz. Natija 12 soni bo’ladi.Hamma sonlar [12;30] kesmaning ichida joylashgan.Uni to’qqizta (5 tadan 10 tagacha ixtiyoriy) teng bo’lakka ajratamiz. D1 katagida «Diapozonlar» deb yozib, D2 katagidan boshlab intervallarni yozamiz:12-14, 14-16, 16-18, 18-20, 20-22, 22-24, 24-26, 26-28, 28-30. E1 katagiga «Diapozonlarning yuqori chegaralari» deb yozamiz va E2-E10 kataklariga – 14, 16, 18, 20, 22, 24, 26, 28, 30sonlarini kiritamiz.n i chastotalarni hisoblash uchun «Statisticheskie» ichida joylashgan ChASTOTA funksiyasi tanlanadi. Uni F2 katagiga kiritamiz.«Massiv dannыx» qatoriga tanlanmani ni kiritamiz (A2-A26 kataklar). «Massiv intervalov» qatoriga diapozonning yuqori chegaralarini kiritamiz (E2-E10 kataklar). Natija F2-F10 kataklarida aks etadi. Gistogrammani chizish uchun VSTAVKA/DIAGRAMMA tanlaymiz.Shundan so’ng: “GISTOGRAMMA”, “vid po vыboru” tanlanadi va «DALEE» bosiladi, «DIAPAZON» qatoriga F2-F10 kataklari belgilanib kiritiladi, «RYaD»degan joyda «PODPISI OSI X» qismiga E2-E10 kataklarini kiritamiz, «DALEE» bosamiz «Gistogramma» deb nom beramiz: os X – degan joyga «Oraliqlar» va os Y – degan joyga «Chastota» deb yozib «GOTOVO» ni bosamiz. Poligonni chizish uchun huddi shu ishlar bajariladi faqat «GISTOGRAMMA»o’rniga «GRAFIK» tanlanadi. Kumulyativ egri chiziq chizish uchun yig’ma chastotalar hisoblanadi.Buning uchun G2 katagiga «=F2»,G3 katagiga – «=G2+F3» ni kiritamizva avtoto’ldirish orqali G10 katagigacha davom etamiz. Shundan so’ng poligon kabi grafik chizamiz, faqat «DIAPAZON» qatoriga yig’ma chastotalar kiritamiz, G2-G10. Topshiriq 1.2 List 2nomini- «Topshiriq 1.2» nomiga o’zgartiramiz. Yuqorida ko’rsatilgan ishlarni quyidagi tanlanma uchun bajaring. 51 42 68 49 79 35 63 55 29 42 45 38 56 29 25 41 37 52 40 68 38 47 60 53 67 42 26 90 63 34 Laboratoriya islari bo’yicha hisobot Bajarilgan laboratoriya natijalari bo’yicha talaba hisobot qiladi. Hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: Umumlashgan ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladigan jadval; Statistic grafiklarning chizmalari; Jadval va grafiklar tahlili asosida qilingan hisobot; Hisobot materiallari quyidagi tartibda joylashtiriladi: 1. Sarlavha sahifasi. 2. Statistik tadqiqotdagi masalaning qo’yilishi. 3. Laboratoriya ishini chop etish jadvallar va grafiklari bilan. Download 328.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling