Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol (1-qism)


Ijtimoiy tadqiqotlar yuzasidan tanqidiy fikrlash savollari


Download 21.96 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1148968
1   2   3
Bog'liq
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol

Ijtimoiy tadqiqotlar yuzasidan tanqidiy fikrlash savollari
Quyidagi ijtimoiy tadqiqot mavzusidagi savollar oʻquvchida hokimiyat, yetakchilik va yashash sharoitini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan narsalar haqida fikr yuritishga undaydi.

  1. Agar bir nechta hukumat tuzilmalari solishtirilsa, sizningcha, qaysi biri koʻproq samarali? Nima uchun?

  2. Hukumat tuzilmalarining tutgan oʻrni, ahamiyati qanday boʻlishi kerak?

  3. Oʻz qadriyatlaringiz va ehtiyojlaringizni inobatga olgan holda, sizning fikringizcha oʻrta asrlarning qaysi kasblari yaxshi yashash sharoitlarini yaratishi mumkin?

  4. Agar siz davlat rahbari boʻlganingizda, millatingizning hozirgi holatini yanada yaxshilash uchun qanday ishlarni amalga oshirgan boʻlardingiz?

  5. Sizningcha, biz yashab turgan dunyomizdagi eng katta muammo nima? Nega bunday deb oʻylaysiz?

  6. Insoniyatning asosiy va umumiy maqsadi nima boʻlishi kerak? Nega?

  7. Sizningcha, qaysi narsa biz va jamiyatga eng katta zarar keltiradi? Undan qanday qilib undan qutilish mumkin?

  8. Agar siz prezidentlikka da’vogar boʻlsangiz, sizning asosiy uchta ustuvorligingiz nima boʻlishi mumkin edi? Nima uchun?

  9. Nega jamiyatimizda urushga koʻpincha nizolarni hal qilishning yagona yechimi sifatida qaraladi?

  10. Jamiyatdagi huquq va imtiyozlaringizni bir-biridan qanday farqlaysiz? Sizningcha, bu boshqalar uchun ham adolatlimi?

  11. Agar sanoat inqilobi oʻz vaqtidan 200 yil avval sodir boʻlganida hozirgi dunyomiz qanday koʻrinishda boʻlishi mumkin edi?

  12. Inson tabiati qachondir oʻzgarishi mumkinmi? Agar shunday boʻlsa, uni qanday oʻzgartirsa boʻladi va qanday sababga koʻra?

  13. Agar hozirgidek bizni boshqaruvchi qonunlar boʻlmaganida, bizning jamiyatimiz qanday boʻlardi? Oxir-oqibat bu qanday natijalarga olib kelgan boʻlardi? Nega shunday boʻladi, deb oʻylaysiz?

  14. Nima deb oʻylaysiz, texnologiya rivoji ta’lim sohasiga ijobiy ta’sir etdimi yoki salbiy? Agar qoʻlingizdan kelganida bu boradagi qaysi jihatni oʻzgartirgan boʻlardingiz? Qanday qilib?

  15. Agar odamlar yashashlari uchun faqatgina uchta qonun yaratishingiz kerak boʻlsa, bu qanday qonunlar boʻlardi? Nima uchun aynan ular?

  16. Sizningcha, hozirgi siyosiy rahbarlar majburiy ravishda aqliy salohiyat, ruhiy holat, mantiqiy fikrlash va qobiliyatni aniqlab beruvchi sinovlardan oʻtishi kerakmi? Nega?

  17. Nima deb oʻylaysiz, dunyo “moddiy boylik” tushunchasidan boshqa koʻrinishda ham ifodalanishi mumkinmidi? Bu hozirgi holatdan qanday farq qilardi?

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling