- 2.Grunt inshootlarining zo'riqtirish xolatini kuzatib borish
- Beton inshoot cho`kishini kuzatishdan maqsad undagi elementlarning bir biriga nisbatan yuz beradigan o`zgarish holatini nazorat qilishdir.
- Beton inshootning cho`kishi asosan geometrik, trigonometrik yoki gidrostatik nivelirlash orqali aniqlanadi. Asosi qoya toshli yoki gruntdan iborat bo`lgan beton inshootlarning cho`kishga nisbatan holatini o`rganishda qo`llaniladigan nivelir asboblarining xatoligini o`rtacha kvadratik qiymati 2 mm dan oshmasligi kerak.
- Beton to`g`onlarning nisbiy gorizontal siljishlarini o`lchash uchun to`g`ri va teskari otves (osma, tosh bog`langan ip) lardan foydalaniladi.
- To`g`ri otves inshootning siljishini o`lchash maqsadida inshootning tepasidagi, o`rtasidagi va pastki qismidagi osish nuqtasiga osilgan oddiy yukdan iborat.
Beton inshoot orqali suvni sizib o`tishini kuzatish betonda yoriq hosil bo`lishi va g`ovvakligi, uni sizib o`tayotgan suv bilan ishqorlanishi, choklar va zichlagichlar ishlashining sifati, shuningdek betonni boshqa filtratsion xususiyatlari haqida xulosa qilish imkoniyatini beradi. - Beton inshoot orqali suvni sizib o`tishini kuzatish betonda yoriq hosil bo`lishi va g`ovvakligi, uni sizib o`tayotgan suv bilan ishqorlanishi, choklar va zichlagichlar ishlashining sifati, shuningdek betonni boshqa filtratsion xususiyatlari haqida xulosa qilish imkoniyatini beradi.
- Inshootda yuz berayotgan filtratsiyaning miqdori yoriqqa nam yutadigan materiallar (paxta, flenal yoki boshq.) ni ma’lum bir vaqtga qo`yish orqali aniqlanadi. Yoriqqa tiqilgan materialni quriq va ho`l holatlarini torozida tartib kurish yo`li bilan sizib o`tayotgan suv sarfining miqdori aniqlanadi. Bu usul oddiy, ammo uning aniqligi kam, shunga qaramasdan bu usul yetarli darajada filtratsiya holatini baholash imkonini beradi.
- Filtratsiya sarfini aniqlashni aniqroq usuli bu hajmiy usulddir. Bu usulda sizib chiqayotgan suv (filtratsiya) maxsus kanalchalar orqali o`lchov idishiga yo`naltiriladi. Bunda filtratsiya o`chog`iga zichlagichlar bilan jihozlangan voronkadan foydalaniladi. Sizib o`tayotgan suvni yig`ish vaqti filtratsiyani jadalliliga qarab 10 min. gacha qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |