Yupiter
Pluton
Uran
Fazo va Vaqt
Jismlar harakati fazo va vaqtda amalga oshadi. Fazo abadiy mavjud, cheksiz katta, qo‘zg‘almas materiya ko‘rinishida tasvirlanadi. Fazoning xossalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Vaqt fazoning istalgan nuqtasida birday o‘tadi deb hisoblanadi, ya’ni o‘z-o‘zicha, tekis va biror boshqa borliqqa bog‘liq bo‘lmagan holda o‘tadi deb qaraladi. Har qanday fizik hodisa yoki jarayon fazoning qayerdadir va qachondir sodir bo‘lishi mumkin.
Agar burchak tezlik o’zgarmas bo’lsa, aylana bo’ylab harakat tekis aylanma harakat deb ataladi. Moddiy nuqta bir marta to’liq aylanishda = 2 burchakka buriladi. 2 burchakka burilishga ketgan vaqt T aylanish davri deb ataladi.
Moddiy nuqtaning tezligi vektor kattalik bo‘lib, u radius vektoridan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosila tarzida, moduli esa yo‘ldan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosila tarzida ham aniqlanishi mumkin. Moddiy nuqtaning harakat tezligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, uning harakati tekis harakat deyiladi; aks holda harakat o‘zgaruvchan harakat deyiladi.
Tezlik grafigi
Tezlik grafigini chizish uchun absissa o‘qiga vaqtning, ordinata o‘qiga esa tezlikning qiymatini qo‘yamiz. Agar Vo = 0 bo‘lsa, (1.3 – rasm, 1-to‘g‘ri chiziq) u holda tezlik grafigi koordinata boshidan o‘tgan to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi. Vo ≠ 0 bo‘lganda esa tezlik grafigi ordinata o‘qida Vo ga teng kesmadan boshlanadi. 1.3 – rasmdagi 1,2-to‘g‘ri chiziqlar (a>0); 3 – to‘g‘ri chiziq tekis ( a<0 ) sekinlanuvchan harakatni, 4-to‘g‘ri chiziq esa
(v-const ) to‘g‘ri chiziqli tekis harakatni ifodalaydi
( a=0 ).
Egri chiziqli harakat
Nuqtaning traektoriyasi
deb, tanlangan sanoq sistemasiga nisbatan nuqta harakatida chiziladigan chiziqqa aytiladi.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |