Taqdimot 402-guruh bajardi: Axmedov X tekshirdi: Boltayev B

Download 165.54 Kb.
bet2/4
Sana14.04.2023
Hajmi165.54 Kb.
#1357226
1   2   3   4
Bog'liq
Mehnatni tashkil etish va normalash fani 4 pptx

Ilg‘or tajriba umumlashtiriladigan ikkinchi davrda ilg‘or tajribani joriy qilishni ta’min etadigan tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda shu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida hosil qilinishi ko‘zda tutilgan iqtisodiy samara, mehnat unumdorligining o‘sishi, mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmat sifatining yaxshilanishi va tannarxining pasaytirilishi hisoblab chiqiladi.

Uchinchi davrda tadbirni joriy qilish ishlari bajariladi. Korxona rahbariyati buning bajarilishini nazorat qiladi. Bu davrda shu tadbirlarni amalga oshirish natijasida haqiqatda erishilgan iqtisodiy samaradolik hisoblab chiqiladi.

Ilg‘orlar tajribasini joriy qilish g‘oyat ma’suliyatli jarayon bo‘lib, bu jarayonni iqtisodchilardan tashqari sex, korxonaning barcha texnik xodimlari va uslubchilar kuzatib borishlari lozim.

Ilg‘or tajribaning ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish, uni aniqlash va yoyish ma’lum tizimni, boshqacha aytganda, tashkiliy yondashishni talab qiladi. Avvalo, ilg‘or tajriba turlarini uning har xil alomatlariga qarab, jumladan, vujudga kelish manbaiga, qo‘llanish sohasiga, muddatiga, qo‘llanishdan hosil bo‘ladigan samaraga qarab tasniflash (klassifikatsiyalash) kerak.

Jamoaviy ilg‘or tajriba mehnatni jamoa (brigada) shaklini tashkil etish sharoitida vujudga keladi. Jamoaviy mehnat shaklini tashkil etishga, avvalo, jamoa a’zolari o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash, mehnatni tashkil etish talablariga qattiq rioya qilish, sermehnat ishni kamaytirishning yangi zahira imkoniyatlarini muttasil qidirib topish yo‘li bilan erishiladi. SHu bilan birga, brigadalarning eng yaxshi tajribalari, texnika adabiyotlari yangiliklari bilan doim tanishib boriladi.

2

Download 165.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling