Taqdimot 402-guruh bajardi: Axmedov X tekshirdi: Boltayev B


Download 165.54 Kb.
bet3/4
Sana14.04.2023
Hajmi165.54 Kb.
#1357226
1   2   3   4
Bog'liq
Mehnatni tashkil etish va normalash fani 4 pptx

Tarmoq ko‘lamida olib boriladigan ishlarni va ilg‘orlar tajribalarini vazirlik rahbarlari tinmay kuzatib boradilar. To‘qimachilik sanoati korxonalarining mehnat va ish haqi boshqarmasi ilg‘or jamoalardagi mehnatni tashkil etish shakllarini muntazam suratda o‘rganadi, ularni keng yoyish tadbirlarini ko‘radi. Ilg‘orlar va eng yaxshi jamoalarning ilg‘or tajribasi, eng muhim rekordlari sinchiklab o‘rganiladi, bunga erishish omillari tahlil qilinadi, so‘ngra esa eng yaxshi ilg‘or tajribani barcha to‘qimachilik korxonalariga yoyish ishlari olib boriladi.

Tarmoq ichidagi ilg‘or tajribani yoyish ishiga shu tarmoq vazirligi rahbariyati, uning axborot organlari hamda kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bilan shug‘ullanadigan rahbarlari tomonidan jiddiy e’tibor berilgan taqdirdagina muvaffaqiyat qozoniladi.

Tarmoq ichidagi ilg‘or tajriba shunday tajribaki, u avvalo, ishlab chiqarishning bitta sohasida vujudga kelib, boshqa ko‘p tarmoqlarda o‘zgartirilmasdan yoki har bir tarmoqning o‘z xususiyatlariga qarab bir oz o‘zgartirilib, qo‘llanilishi mumkin.

Ishlab chiqarishda yoki xizmat ko‘rsatishda mehnat jarayonlari samaradorligini oshirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri - maqsadga muvofiq mehnat usuli va uslublarini tanlab olish va ularni joriy qilishdir.

Mehnat uslubi – mehnat jarayonini amalga oshirish yo‘lidir. U asosan usullar yig‘indisi va ularni ma’lum izchillikda bajarish bilan xarakterlanadi. Mehnat usullarini va ularni takomillashtirshni o‘rganish uchun, mehnat jarayonlarini mehnatdagi tor harakatlar (harakatlar, qimirlashlar), keng harakatlar va mehnat usullariga bo‘lib ko‘rish lozim.

Mehnatdagi tor harakat – xodimning mehnat jarayonida oyoq, qo‘l barmoqlari yoki tanasini bir bor jildirishidir. Masalan, qo‘lni mahsulotga o‘zatish, mahsulotni qo‘lga olish, uni kerakli joyga quyish kabilar shunday haraktdir.

    • Ilg‘or mehnat usullari va uslublarini joriy qilish

3

Mehnat jarayonida xodimning oyoq, qo‘li yoki tanasi bir bor jilishi mehnat harakati hisoblanib, u o‘z navbatida, qimirlashlar yig‘indsidan iborat. Masalan, qo‘lni mahsulotga uzatish mehnat harakati bo‘lib, u quyida ko‘rsatilgan qimirlashlar yig‘indisidan iborat: gavdani rostlash, qo‘lni ko‘tarish, qo‘lni mahsulotga uzatish.


Download 165.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling