Taqdimot angren universiteti fan: Psixologiya nazariyasi va tarixi


Download 49.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi49.28 Kb.
#1577211
Bog'liq
Ebengosu va ularning xotira bo\'yicha klassik tadqiqotlar



Mavzu: Ebengosu va ularning xotira bo'yicha klassik 
tadqiqotlar
Guruh: PP-112 
Bajardi: Saydaliyev Sh. 
Tekshirdi: Izatullayeva L. 
 
TAQDIMOT 
ANGREN UNIVERSITETI 
Fan: Psixologiya nazariyasi va 
tarixi


Reja: 

1. XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA VA 
UNING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI. 

2. Xotiraning psixologik nazariyalari. 

3. Xotira jarayonlari va turlari. 

4. Xotirani o`rganish metodlari va amaliy 
tavsiyalar. 



Xotira 
– shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o„tmish voqealarini 
qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan 
tashqarida tasavvur qilib 
bo„lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo„lishida har bir elementni 
keyingisiga 
bog„lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog„lanishga 
layoqatsiz 
bo„lgan insonning rivojlanishi mumkin emas. 

Faqat xotira insoniylik madaniyatining 
yo„qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va 
tuyg„ularimizning kechishiga ko„mak beradi. Bosh miya po„stlog„ida paydo bo„ladigan tashqi olam 
obrazlariizsiz 
yo„qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. 
Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi 
bo„lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar 
mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan 
«mnema» - xotira). 

SHunday qilib, xotira 
– bu inson tomonidan o„tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va 
keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning 
o„rni beqiyosdir. Xotirasiz inson 
«abadiy go„daklik holatida» qolgan bo„lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta‟kidlaganidek: 
«Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo„lar edik. O„tmishimiz kelajak uchun o„lik bo„lardi. Hozirgi zamon 
kechmishiga 
ko„ra o„tmishda badar yo„qolardi» . 

Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya 
po‟stida hosil bo‟ladigan shartli reflekslar, turli 
assotsiativ 
bog‟lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil 
bo‟lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo‟lganini odam keyinchalik biror 
narsani esga tushirish paytida 
bo‟ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to‟xtalar 
ekanmiz, 
so‟nggi yillarda texnikaning g‟oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi 
apparatlarga 
bo‟lgan ehtiyoj benihoya ko‟payib ketganligini ta‟kidlash joiz.



Xotiraning psixik jarayon sifatida 
o„ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita 
aks ettirishga 
yo„nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish eritmasligidan 
iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira 
qabul qilingan obraz va tushunchalarni 
«ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko„radi. 

Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa 
narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning 
sharti 
bo„lib xizmat qiladi (yoki o„sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning 
«ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega 
bo„lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o„tashi 
mumkinligini bildiradi. 

Xotiraning keyingi xususiyati uning bir 
yo„nalishga: o„tmishdan kelajakka 
qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka 
yo„naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. 
O„tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon 
bo„ladi. 



Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi: 

- yodda saqlash tezligi 
– axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo„lgan 
takrorlashlar soni; 

- unutish tezligi
– esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati; 

- yodda saqlash hajmi 
– insonning ma‟lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir 
bo„lgan jismlar yoki dalillar soni; 


o„zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma‟lum 
vaqt oralig„ida yodda olib qolish qobiliyati; 

- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash
asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati; 

- xotira shayligi 
– talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi. 

Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning 
saqlanish joyi 
– bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O„tgan asrda avval xotiradan 
ko„tarilgan voqealar haqidagi axborotni o„timish qa‟ridan yuzaga chiqarish 
qobiliyati uchun javobgar bo„lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab 
yuborilgan edi. Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to„plash va 
saqlash vazifasini bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma‟lum bo„lishicha, 
bu vazifani yaxlit miyaning o„zi, uning yarim sharlari bajaradi. 



Xotira 
– shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati o„tmish 
voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni 
jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib 
bo„lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo„lishida har 
bir elementni keyingisiga 
bog„lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday 
bog„lanishga layoqatsiz bo„lgan insonning rivojlanishi mumkin emas. 

Faqat xotira insoniylik madaniyatining 
yo„qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga 
va 
tuyg„ularimizning kechishiga ko„mak beradi. Bosh miya po„stlog„ida paydo bo„ladigan tashqi 
olam obrazlariizsiz 
yo„qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz 
qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi 
bo„lib xizmat qiladi. Unda kechadigan 
barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan 
«mnema» - xotira). 

SHunday qilib, xotira 
– bu inson tomonidan o„tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va 
keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning 
o„rni beqiyosdir. 

Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar 
aytmog„imiz lozim . U bizni noto„g„ri ishlashdan 
qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni 
to„g„ri taqsimlashga, hayotimizni to„g„ri belgilab 
olishimizga yordam beradi. Oilamizni tanish, 
o„zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va 
oziq-ovqat va suv topish imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U 
tajribalarimizdan bahramand 
bo„lishga,tajribalarni xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan 
zavq olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi Kimlarningdir 
yomonliklarini unutishimizga qarshilik 
ko„rsatadigan xam bizning xotiralar hisoblanadi. 

Sizning esda olib qolganingizjuda katta rol 
o„ynaydi. Sizning to„plagan bilim omboringiz, 
o„tgan quvonch, g„azab tufayli alamli xotiralar, yoki aybdorlik xisi xotira jarayonisiz mavjud 
bo„lmagan bo„lar edi.



XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, 
mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo„lgan materialni u yoki 
bu darajada kengroq ma‟noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun 
bog„lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog„liq holatda 
bo„ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma‟noga ega 
bo„lgan mazmuni ifodalanadi. 

Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o„rnida shaxs faoliyatini uning 
barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini 
bog„lovchi omil sifatida o„rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga 
asosan, esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi 
ma‟lumotning ob‟ekt faoliyatida tutgan o„rniga qarab belgilanadi. Ma‟lumot 
faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo„lgan vaziyatlarda aloqalar yanada 
samaraliroq tarzda hosil bo„lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o„z 
tasdig„ini topdi. Bu aloqalarning xususiyatlari, masalan, mustahkamligi va 
harakatchanligi ma‟lumotning sub‟ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, 
bu aloqalarning ko„zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan 
belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta‟riflanadi: 
turli tasavvurlar o„rtasidagi aloqalar, avvalambor, sub‟ektning ulardan qay tarzda 
foydalanishi bilan belgilanadi. 



XOTIRANI YAXSHILASH VA XOTIRA MASHQI 

Kishilarning ismini yoki berilgan bob materialini tezroq va yaxshiroq eslab qolish uchun 
kundalik hayotimizda biz nima qila olamiz? 

Ba‟zan bizni xotiramiz pastligi xavotirga soladi: biz tanish ismlarni yoki eng muhim narsalarni 
eslab qola olmasligimizdan; suhbatimiz mavzusini 
yo„qotib, kirgan xonamizda bizga nima 
kerakligini yoddan chiqarib 
qo„yishimizdan qo„rqib ketamiz (Neggtapp, 1982). Bunday xotira 
susayishini bartaraf etish uchun nima qilish kerak? 

Kirish qismida gap borgan PRTR (esda olib qolish) metodi mazkur mashqlarni taklif etadi : 

Materialni bir necha bor qaytaring, uzoq muddat eslab qolish imkonini beradi. Erinmang. Ismni 
yodda saqlab qolish uchun uni talaffuz qilgan zahotiyoq takrorlang, biroz kutib, yana qaytaring. 

• Takrorlash va material bilan ishlashga ko„proq vaqt ajrating. Minimal darajada takrorlash 
bilan murakkab materialni tez 
o„qish (yuzaki ko„z yugurtirish) uning xotirada qolishiga yordam 
bermaydi. Materialni takrorlab, uni tanqidiy anglash katta foyda keltiradi. Faol mashq qilish 
(yodlash) lozim. 

• Materialni eslab qolish uchun uni o„zingizga qulay qilib tashkil eting. Keyin ularning 
mazmunini yaxshi eslab qolish uchun mantlarni konspekt qilib, 
ma‟ruzalarni o„z so„zlaringiz 
bilan yozib oling. Axbarotning ongsiz ravishda takrorlashdan 
ma‟no yo„q. YAxshisi assotsiativ 
(bog„lanishli) aloqalarni o„rnatib, ma‟lumotlarni tartibga solish, yangi materialni siz o„zingiz 
bilgan va boshingizdan 
o„tkazgan narsalar bilan solishtiring hamda o„z fikringiz bilan qayta 
hikoya qilib bering. Bularsiz siz noqulay vaziyatga tushib qolishingiz va agar savol siz 
rejalashtirmagan shaklda berilgan paytda ushbu savolni tushunmay qolishingiz mumkin. 
Gaplarni eslab qolishning mufassal guruhini tashkil etishning 
ko„proq tasavvurlariga ega 
bo„ling. 


Xulosa 

Xotira faoliyatining asosiy xizmati vaqt 
o„tkazib esga tushirishdadir. 
Xotiraning qiymati ham shundaki, biz xotira tufayli esda qolgan materialni 
ma‟lum muddatdan keyin ham eslash imkoniyatiga ega bo„lamiz va 
binobarin, tajriba 
to„play olamiz hamda hosil bo„lgan tajribani esimizda 
uzoq vaqtgacha saqlab tura va undan foydalana olamiz. Xotiraning shu 
xususiyati tufayli biz bilim va malakalar hosil qilamiz va bu bilim hamda 
malakalardan zarur 
bo„lgan holda bemalol foydalana olamiz. Xotirani 
mustahkamlash uchun tavsiyalar: Xotira va miya faoliyatini sezilarli 
darajada yaxshilashning bir qator usullari mavjud. Ular orasida xotiraning 
muntazam 
ravishda 
shug‟ullantirilishi (autotrening), farmakologik 
vositalardan foydalanish va taomnomaga 
ba‟zi mahsulotlarni kiritish o‟rin 
tutadi. - Esda saqlab qolishni xohlagan narsamizni ifodali 
o„qish va uni 
hech 
bo„lmaganda bir marta qaytarish lozim. Masalan, telefon raqami, 
e‟lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o„qish, ularni eslab 
qolishni osonlashtiradi; - 
Ma‟lumotlarni guruhlarga ajratish yoki ularni 
tanish biror narsa bilan 
bog„lab, eslab qolish mumkin;


Foya 

1. 
Xaydarov F.I.,Xalilova N.I. “Umumiy psixologiya”. T.:2010.-167-
177 b

2. 
Гортанов А.А..Психотерапия. Москва, 1973. C. 87

3. 
Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. СПб.:, “Питер”, 
2004 г. –320 с.

4. Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2010. 12 
Volume 3. Issue 7 (27), Feburary 2022

5. Nurbek, A. (2021). Management Psychology Leader and Its 
Characteristics. 
Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий 
журнали, 1(1), 13-16. 


Download 49.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling