Taqdimot ishi bajardi; Ergashev bobur


Download 0.97 Mb.
Sana07.05.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1439180
Bog'liq
ERGASHEV BOBUR

TAQDIMOT ISHI

BAJARDI; Ergashev bobur

Qabul qildi;haydarova surayyo.

231-gurux talabasi Ergashev Bobur

  • O’zbekiston Respublikasi axolisi va mehnat resurslari
  • Reja;
  • 1 Doimiy aholi soni. Aholi dinamikasi.

    2 .Hududlar kesimida doimiy axoli sonining taqsimlanishi.

    3.Tug’ilish.O’lim.Aholining hududiy joylashuvi va maigratsiyasi.

    4.Urbanizatsiya jarayoni. Qishloq va shahar axolisi. .

  • O’zbekiston Respublikasi axoli soniga ko’ra dunyodagi o’rta darajadaga mamlakat hisoblanadi. Uning axolisi, 1 yanvar 2022 yil ma’lumotlari bo’yicha, 35 mln. kishini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha dunyo miqyosida o‘rtacha demografik salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi, 1 yanvar 2014 yil ma’lumotlariga binoan 30,5 mln. kishini tashkil etadi. Bu borada, u MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyingi uchinchi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egallayd
  • Aholi salmog‘i ko‘ra Samarqand viloyati birinchi, Farg‘ona – ikkinchi,Qashqadaryo viloyati uchinchi o‘rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida (3-jadvalga qarang) kuzatiladi. Umuman olganda, respublikaning 5 ta viloyatiga (Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo va Andijon) jami aholining deyarli 40 foizi to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Buxoro, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri aholisining o‘sishi mamlakat o‘rtacha darajasidan past bo‘lgan va ularning jami respublika aholisidan ulushi qisqargan. Aholining nisbatan jadal o‘sishi Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand kabi viloyatlarda kuzatiladi. Natijada, bu hududlarning demografik salohiyati yanada ko‘tarilgan
  • Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat bo‘yicha aholi joylashuvining o‘rtacha zichligi 1 km2 va 67,9 kishidan iborat bo‘lgan holda, u Navoiy viloyatidagi 8,1 kishidan Andijon viloyatida 652,4 kishiga farq qiladi. Bu boradagi ichki tafovut yoki geografikkoeffitsient 80,5 martaga teng. Tarixan aholi mamlakatimizning sug‘oriladigan voha va vodiylarida zich joylashgan.Chunonchi, bu ko‘rsatkich Farg‘ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida ham ancha yuqori Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyati O‘zbekiston hududining 61,9 foizinitashkil qilsada, bu yerda mamlakat aholisining atigi 8,7 foizi yashaydi; shu bois, aynan ana shuikki ma’muriy birlik respublika aholisi joylashuvining o‘rtacha ko‘rsatkichiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

2013 yil ma’lumotlariga binoan O‘zbekiston Respublikasining 51,2 foiz aholisi shahar joylariga to‘g‘ri keladi. Mutloq raqamda u 15370,1 ming kishi. Shahar aholisining oldingi yillardagi miqdori quyidagicha bo‘lgan (ming kishi hisobida): 1926 y. -1002; 1939 y. – 1470; 1959 y. – 2729; 1970 y.-4327; 1979 y. – 6348, 1989 y. – 8059 va 2000 yilda 9166 ming kishi. Shahar aholisining o‘sish sur’ati ayniqsa 70-80 yillarda yuqori bo‘lgan. Bunga sabab – 1972 yilda aholi manzilgohlarining shahar maqomiga o‘tkazish uchun talab etiladigan eng kam aholi miqdorini 10 mingdan 7 mingtagacha tushirilishi va buning oqibatida shaharlar soniningnihoyatda tez ko‘payishidir (agar 1970 yilda respublikada 42 shahar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga yetgan). 1989-2009 yillarda shaharliklar sonining o‘sishi ancha susaygan. Natijada umumiy urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40,7 foizdan 35,8 foizga tushib qolgan. Viloyatlar darajasida mazkur jarayon ayniqsa Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Xorazmda sezilarli bo‘lgan va u faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax hamda Namangan viloyatlarida birmuncha ko‘tarilgan.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling