Taqdimot ishi Buxoro Davlat Universiteti


Download 0.79 Mb.
bet2/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1061669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-1 Mullaqulova Marhabo

Xarakterning juda ko`p xislatlari odamning ish - harakatlarini belgilovchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo`ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Ayrim odamlar bilib turib qiyin vazifani tanlaydilar, ayrimlar aksincha. Xarakter xislatlari ma`lum tarzda harakat qilishga ba`zan esa sharoitga qarama - qarshi harakat qilishga undar ekanlar, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo`ladilar. Xarakter qarshilik ko`rsatuvchi sharoitlar bilan kurashda sinaladi. Xarakterni tarbiyalash barkamol avlodni tarbiyalashning markaziy va muhim vazifalaridan biridir. Qat`iyatlilik tanqidiy qarash, fahm-farosat, kuzatuvchanlik, xushyorlik singari xislatlari – intellektual (aqliy), quvnoqlik, mehribonlik - hissiy - irodaviy xususiyatlarga kiradi.

Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.

Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo`lganlari tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining o`zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon asab faoliyatining tug`ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug`ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g`oyat xilma - xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali u muqarrar javob berishi lozim bo`ladiki, ko`pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti bo`yicha saqlanib qoladi.


SHu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta`siri ostida hosil bo`lgan o`zgarishlarning qotishmasi - fenotip xarakterdir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo`lib qolgan xususiyatlarining, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv - fiziologik asosidir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling