Taqdimot ishi Buxoro Davlat Universiteti


Piknik tip - bosh, ko`krak qafasi va qorin bo`shligi yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch - harakat a`zolari yaxshi rivojlanmag


Download 0.79 Mb.
bet4/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1061669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-1 Mullaqulova Marhabo

3. Piknik tip - bosh, ko`krak qafasi va qorin bo`shligi yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch - harakat a`zolari yaxshi rivojlanmag

E. Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruxiy kasalliklar o`rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi.

E. Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali tuzilgan bo`lsa ham kamchiliklarga ega. Ba`zi ilmiy tadqiqotlar ma`lum tana tuzilishiga ega kishilar ruxiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter aktsentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi.

 Xarakter aktsentuatsiyasi

Nemis psixiatri K. Leongard fikricha, 20 - 50 % kishilarda ba`zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba`zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin. Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarining yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aktsentuatsiyasi turli darajada engil va hatto psixopatiya darajasigacha bo`lishi mumkin. O`smirlar orasida xarakter aktsentuatsiyasi ko`p (50-80%) uchraydi. Uni turli psixodiagnostik testlar, masalan, Shmishek testi orqali aniqlash mumkin.


K. Leongard tomonidan xarakter aktsentuatsiyasi quyidagicha tasniflanadi:
1. Gipertik tip. Haddan tashqari aloqaga kirishuvchan, ko`p gapiradi, imo - ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko`pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo`yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.

2. Distim tip. Kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, uyda yolg`iz qolishni yoqtiradi.

3. TSikloid tip. Kayfiyati tez o`zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim, yomon paytda distim tipga o`xshab qoladi.

4. Qo`zg`aluvchan tip. Muloqotda passiv, verbal va noverbal reaktsiyalari sust, qaysar, ba`zan urushqoq, ko`pincha turli mojarolarning tashabbuskori.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling