5. Kuchaytiruvchi tip. Kamgap, aql o`rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni xohlaydi, tez xafa bo`ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirish bo’rttirishga moyil. 6. Pedant tip. Ziddiyatlarga kam qo`shiladi, ko`pincha passiv holatda bo`ladi, atrofdagilarga ko`plab rasmiy talablar qo`yadi, tartibli, jiddiy, ishonchli xodim. 7. Xavotirli tip. Kamgap, odamovi, o`ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, tinchliksevar, o`z - o`zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. 8. Eemotiv tip. Tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradi, xafa bo`lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g`amxo`r, mas`uliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi. 9. Namoyishkorona (demonstrativ) tip. Muloqotga tez kirishadi, etakchilikka intiladi, hoqimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o`ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq - atvorga ega. 10. Ekzaltirovanlashgan tip. O`ta muloqotga kirishuvchan, ko`p gapiradi, qiziquvchan, do`stlari va yakinlariga e`tiborli, boshqalarga yordam beradi, did- farosatl
11. Ekstrovertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishuvchan, do`stlari ko`p, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitishi mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
12. Introvertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishishga qiynaladi, “ichimdagini top”, falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat`iyatli, e`tiqodi mustahkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan.
To`g`ri tashqil etilgan ta`lim - tarbiya jarayonida xarakter aktsentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish mumkin.
Xarakter tarkibi Odam xarakterining tarkibi turli xususiyatlari tasodifiy yig`indisidan iborat emas. Xarakterning ayrim xususiyatlari bir - biriga bog`liq, biri - biriga tobe yaxlit organizmni hosil qiladi. Mana shunday yaxlit organizm xarakter tarkibi deb ataladi. Masalan, odamning takabbur va shuhratparastligini bilsak, uning ichi qora, qorako`ngilli deb, kamtarligini bilsak, ko`ngilchan deb aytamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |