Deviant xulq-atvorli o‘smirlarni o‘rganishda qiyofa va vizual psixodiagnostikaning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 270.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi270.54 Kb.
#1260717
  1   2
Bog'liq
deviant-xulq-atvorli-o-smirlarni-o-rganishda-qiyofa-va-vizual-psixodiagnostikaning-o-ziga-xos-xususiyatlari



Deviant xulq-atvorli o‘smirlarni o‘rganishda qiyofa va vizual 
psixodiagnostikaning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Mohinur Bobirovna Pardayeva 
j.s.ostonov@gmail.com 
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada sud psixologik ekspertiza sohasida olib borilgan 
izlanishlar asosida to‘plangan ma’lumotlarga tayangan holda, psixologik diagnostika 
qilishning alohida ko‘rinishi hisoblangan “Profayling” usuli va uning o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so‘zlar: profayling, ekspertiza, xulq-atvor, prognoz, piknik tip, astenik, 
atletik, temperament, konstitusional nazariya. 
 
Peculiarities of appearance and visual psychodiagnostics in the 
study of adolescents with deviant behavior 
Mohinur Bobirovna Pardayeva 
j.s.ostonov@gmail.com 
Bukhara institute of psikhology and foreign languages
 
Abstract: On the basis of the findings of the research in the field of forensic 
psychology, the method of “Profiling” and its characteristic features have been 
analyzed in the article.
Keywords: profiling, expertise, behavior, prognosis, picnic type, asthenic, 
athletic, temper, constitutional theory. 
Shaxsni tadqiq etish psixologik tadqiqotlar predmetining muhim tomoni 
hisoblanadi. Shu bois shaxsni o‘rganish va u yuzasidan ishonchli, ob’ektiv ma’lumot 
olish yo‘llari va usullarini ta’minlash bo‘yicha doimo izlanishlar olib borilgan. Mazkur 
ishning mazmunida ham ushbu muammoga umumiy yondashuv amalga oshiriladi.
Shaxsni psixologik o‘rganish nafaqat test yoki aniq psixodiagnostik usullardan 
foydalanish, balki o‘rganilayotgan shaxsning tashqi qiyofasi, xatti-harakatlari, 
shuningdek, ko‘z qarashlaridan axborot olish mumkin. Holbuki, bu ma’lumot olish 
usuli boshqa usullardan ancha samarali hamda tezkor hisoblanadi.
Bu borada keng miqyosdagi tadqiqot olib borgan olimlardan biri Sheldon 
temperament farqlarini ajratish uchun tip emas, komponentni asos qilib oldi:
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
579


Birinchisi umumiy sferik shakl, yumshoqlik, juda katta qorin, yelka va belda qalin 
yog‘ qatlami, yumaloq bosh, katta ichki organlar, shalviragan qo‘l va oyoqlar, taraqqiy 
etmagan suyak va muskullar bilan ajralib turadi. 
Ikkinchisi uchun keng yelka va ko‘krak qafasi, muskullari yaxshi rivojlangan qo‘l 
va oyoqlar, teri osti yog‘ining minimal miqdori, og‘ir, salmoqli kalla xosdir. 
Uchinchisi ozg‘in odam, cho‘ziq yuzli, baland peshona, ingichka qo‘l va oyoqlar, 
tor ko‘krak qafasi va qorin, taraqqiy etmagan muskullar, teri osti yog‘ qatlamining 
yo‘qligi, yaxshi rivojlangan nerv tizimi bilan ajralib turadi. Shu belgilar asosida 
Sheldon gavda tuzilishining uchta birlamchi komponentini ajratdi va ularni mos 
ravishda: endomorf, mezomorf va ektomorf deb nomladi. Biologiyada o‘sha davrdagi 
tassavurlarga ko‘ra endodermadan ichki organlar, mezodermadan suyak, muskul, 
yurak, qon tomirlari, ektodermadan soch, tirnoq reseptor apparati, nerv tizimi va miya 
rivojlanadi, deb qaralgan. 
U o‘z tadqiqot va kuzatishlariga asoslanib insonlarning tashqi belgilariga (yuz 
tuzilishi, bo‘yi, tanasiga) ko‘ra, quyidagi guruhlarga bo‘ladi: 
1. Endomorf ko‘rinishli insonlar - semiz, irodasiz, jismoniy faolligi sust
kamharakat va beg‘am bo‘ladilar. 
2. Mezomorflar - gavdali, suyak muskul tuzilishi rivojlangan, jismoniy faol, 
irodali, jur’atli kishilardir. 
3. Ektomorflar - ozg‘in, uzun bo‘yli, introvert xususiyatli va kamgap odamlardir. 
4. Muvozanatli tiplar - atrofdagilar e’tiborini ko‘p ham tortmaydigan, unchalik 
ko‘zga tashlanmaydigan kishilardir. 
Psixolog insonlar bilan bo‘ladigan muloqotida yolg‘on ko‘rsatmalar berishga 
harakat qilayotgan shaxslar so‘zlarini ko‘proq tanlashlari haqidagi xulosa kelib chiqadi 
va ayni paytda buning sabablari bir qancha bo‘lishi mumkin:
• insonning aynan so‘zda (verbal) ifodalangan axborotni idrok etishga ichki 
moyilligi; 
• nutqni (ko‘rsatmani) oldindan tayyorlab qo‘yish mumkinligi; 
• qayta aloqa mavjudligi (gapirayotgan odam bayon etishning muvofiq keluvchi 
yo‘lini tanlab, o‘zini eshitadi); 
• so‘zlar (ko‘rsatmalar) uchun javob berishga to‘g‘ri keladi, chunki ularni 
takrorlash oson va ulardan batamom voz kechish qiyin. 
Insonning yuz ifodasiga nutqiy munosabatlariga nisbatan kam e’tibor qaratiladi. 
Yuz qiyofasi ovoz bilan birgalikda eshituvchiga so‘zlayotgan shaxsda uning o‘z 
so‘zlari keltirib chiqaradigan hissiyotlari haqida axborot berishi, shu bois insonning 
yuzi ham aldashi mumkin, ammo yuz ifodasini ongli tarzda nazorat qilish qiyinroq 
jarayon. Inson yuzi miyaning hissiyotlar uchun javob beruvchi sohalari bilan bevosita 
bog‘liq, so‘zlar esa unday emas. Nimani gapirayotganimizni bilishimiz oson, ammo 
yuzimiz nimani ifodalayotganini bilishimiz ancha qiyin. So‘zlar va yuzga ajratiladigan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
580


bunchalik e’tibor natijasida ovozga deyarli e’tibor qolmaydi. Shunga qaramay shaxs 
yolg‘on gapirayotganda ovozi va tanasida ko‘proq e’tibor berishlari to‘g‘ri bo‘ladi. 
Ovoz ham yuz singari, hissiyotlar uchun javobgar miya sohalari bilan bog‘liqdir.
Inson tanasi aldash belgilari ko‘rinadigan muhim manbaalardan biridir. Tana 
harakatini nazorat qilish unchalik qiyin bo‘lmasada, ko‘pchilik bunga e’tibor 
bermaydi, ya’ni zarurati yo‘q, deb hisoblaydi. Ekspert shaxslar bilan muloqotga 
kirishganda ko‘proq ularning yuzlariga va ularning berayotgan ko‘rsatmalariga e’tibor 
qaratadi. Bunda ekspert yolg‘onni aniqlashi axborotning haddan tashqari ko‘pligi 
sababli oson kechmaydi. Bular: so‘zlar, to‘xtamlar, ovozning jarangi, yuz ifodasi, bosh 
harakati, imo-ishoralar, gavda holati, nafas olish, ter bosish, yuzning oqarishi yoki 
qizarishi va boshqalardir. Yuqoridagilarning barchasini ekspert hisobga olishi shart 
hisoblanadi. 
Hatto, yolg‘on gapirishga tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z xatti-harakatining jihatlarini 
nazorat qilayotgan shaxs ham ayrim holatlarda o‘zini fosh etishi mumkin bo‘lgan 
barcha narsalarni nazorat qila olmaydi. Istagan taqdirda ham bu qo‘lidan kelmasligi 
mumkin. 
Tadqiqotlarga ko‘ra, ba’zilar yolg‘on gapirayotganda dangal javob bermaydilar, 
gapni aylantiradilar yoki keragidan ortiq ma’lumotlar beradilar. Ayrim 
tadqiqotchilarning aytishicha, buning aksi ham bo‘lishi mumkin: aksariyat odamlar 
savobga javob berishdan bo‘yin tovlash va aniq javob berishdan qochish uchun haddan 
tashqari ayyyordirlar. Bunday yolg‘onchilarni sezmaslik mumkin. Aynan shu joyda 
gaplari javobdan qochish yoki gapni butunlay aylantirish bo‘lgan haqiqatgo‘y insonni 
noto‘g‘ri baholash xavfi (individual xususiyatlar xatosi) mavjuddir. Ba’zilar doimo ana 
shunday so‘zlaydilar. Ammo, bu yolg‘onchilik alomati emas, balki ularning oddiy 
gapirish uslubidir. Masalaning murakkabligi shundaki, ko‘pincha birovning 
aldayotganini aniq ko‘rsatib turgan har qanday ko‘rinishlar boshqa odamlar uchun 
kundalik xulqining tarkibiy qismigina bo‘lishi mumkin. Verifikator har doim, ayniqsa 
gumon qilayotgan shaxs bilan tanish bo‘lmasa, ularning tipik xulqini bilmasa, Brokau 
qopqoni deb ataluvchi qopqonga tushib qolishi mumkin.
To‘xtalish va tutilishlar haddan tashqari uzoq yoki qisqa bo‘lishi mumkin. So‘zlar 
oldidagi tutilishlar (duduqlanishlar), ayniqsa bu savolga javob berayotganda kelib 
chiqsa, har doim shubha uyg‘otadi. Nutq jarayonining o‘zidagi to‘xtalishlar ham 
haddan tashqari ko‘p uchrashsa, shubhali tuyuladi. Nutqdagi to‘xtalish va 
tutilishlarning sabablari quyidagilardan iborat: 
• yolg‘onchining o‘z harakatlari yo‘nalishini, muyayan masalani, yoki uning 
oqibatlarini yetarli darajada o‘ylab ko‘rmaganligi; 
• fosh bo‘lib qolishdan, yaqinlari oldida sharmanda bo‘lishdan qattiq 
qo‘rqqanligi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
581


Vizual psixodiagnostika - insonni kuzatish orqali idrok etish asosida uning 
psixologik holatini aniqlashdan iborat diagnostik usuldir. Boshqacha aytganda, 
psixologik axborotni test yoki instrumental usullaridan foydalanmay turib o‘rganish 
jarayoni hisobalanadi. Kuzatuv avvalo muayyan tarzda tashkil qilingan idrok jarayoni 
bo‘lib, u kuzatuvchi oldida turgan vazifa hamda ko‘rib chiqilayotgan hodisaning 
mohiyati bilan bog‘liq, ya’ni kuzatuv maqsadga qaratilgan faoliyat. Inson idroki juda 
muhim bir xususiyatga ega. Inson tez almashuvchi ta’sirlarni his-tuyg‘ularining ketma-
ketligi sifatida emas, balki umumlashma obraz sifatida qabul qiladi va bizda bu inson 
haqida tasavvur hosil bo‘ladi. Tasavvur, “bitta” bo‘lishiga qaramay, amalda bir-biriga 
qo‘shilgan va bir butunlikka birlashgan ko‘plab juz’iy tasavvurlardan tashkil topgan 
bo‘ladi. Shunday qilib, shaxsga qaraganimizda uning gavda tuzilishi, holati, mimikasi, 
imo-ishoralari va xatti-harakatlarining ma’nosini sezamiz, ushbu idrok etish jarayonini 
aniq damdagi idrok sifatida his qilamiz, chunki u juda tez o‘tib ketadi. Biror inson 
gapira boshlaganida, bizning alohida obrazga, tasavvurimizga ovoz intonatsiyasi, 
ohangi, til maromi, tovush kuchi, ehtimoliy dialekt tusi va ko‘plab jihatlar qo‘shilib 
boradi. 
Shaxslararo muloqotning bir vaqtda amalga oshiradigan ikki darajasi farqlanadi: 
✓ muloqotning mazmun darajasi (u so‘zlarda ifodalangan axborotni, ya’ni 
gapiruvchi aytishni istagan narsani uzatadi); 
✓ munosabatlar darajasi (u axborotni o‘xshatish orqali, ya’ni bunda 
so‘zlovchining o‘zi aytayotgan so‘zlarga yoki tinglovchiga munosabati shaklida 
ifodalanadi). 
Albatta, bunday nutqsiz xabarlarni tushunishga har kim ham qodir emas, chunki 
bunda ichki yo‘nalganlik xususiyatidan kelib chiqib, e’tibor aytilayotgan so‘zlarga 
qaratiladi. Bunday usuldan barcha mohir yolg‘onchilar samarali foydalanadilar, bunda 
ular nafaqat o‘z xatti-harakatlari yo‘nalishini, balki boshqa maqsaddagi nutqini ham 
puxta shakllantiradilar. 
Inson muloqot jarayonida o‘z mimikasini ovoziga qaraganda yaxshi nazorat qila 
oladi. Faqat yuz mimikasiga qarab xulosa chiqarish biroz qiyin jarayon, chunki yuz 
mimikasiga qarab yolg‘onni aniqlash uchun tahlil qilishini talab etuvchi ko‘rsatkichlar 
haddan tashqari ko‘p. Turli tuman mimika, odam yuzining muloqot davomida surilishi, 
ko‘z harakatlari, nigoh yo‘nalishi, asosiysi - inson turli holatlarining “tashqaridan” 
turlicha ko‘rinishi ko‘pincha uning haqqoniylik darajasi haqidagi noto‘g‘ri xulosaga 
olib keladi. Boshqa tomondan yuz ifodasini tahlil qilish natijasida ko‘pincha yolg‘onni 
sezish mumkin bo‘ladi.
Psixik jarayonlar tafakkur va inson qalbida yuz berayotgan barcha narsalar bilan 
chambarchars bog‘liq. Ko‘z qorachig‘idagi axborotlarni shakllantirish vaqtida 
beixtiyor tushib qoladigan muayyan zonalar mavjud bo‘lib, ular ba’zi vaziyatlarda 
nosamimiylikning turi hisoblanadi, chunki biror bir vazifani bajarishda, berilgan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
582


savollarga javob berishda ularni atayin o‘zgartirishi mumkinligi hammamizga ma’lum. 
Ko‘pincha ko‘z harakatlarini kuzatish emas, balki ko‘z qorachiqlarining axborot 
mazmuniga ega jihatlarining mos kelish kelmasligini tahlil qilish samarali hisoblanadi. 
Masalan, qandaydir obrazlar haqida gap ketganida ko‘z qorachig‘i vizual emas, balki 
audial zonada bo‘lishi bunga misol bo‘la oladi. 
Yuqorida ko‘z harakatlari muloqot jarayonida suhbatdosh tafakkur yo‘linining 
ko‘rsatkichi ekanligini bilamiz. Ko‘zlar nafaqat ichki jarayonlarni aks ettiradi, balki 
teskari aloqani ham vujudga keltirishi mumkin: ong ostidan qandaydir xotiralarni 
chiqarib olish yoki atayin istayotgan ichki hissiyotni yaratish uchun ko‘pincha 
ko‘zlarni muayyan holda keltirishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
So‘zlayotgan yoki xayol surayotgan odamlarni kuzatganingizda ularning ko‘z 
soqqalari doimo oldindan-orqaga, yuqoriga va pastga harakatlanayotganligi, tasodifan 
predmet va insonlarga tikilayotgani, shuningdek, ko‘pincha ichki tajribaga 
qaratilayotganligini sezishimiz mumkin, ya’ni, yolg‘on belgilarni namoyon qilish 
jarayonida odatda tashqi vizual ta’sirlar e’tibordan qolib ketaveradi. Ko‘zlarning 
yuqoriga o‘ngga qaratilishi, ko‘z bilan yaratish - bu shaxs tomonidan hosil qilinadigan 
vizual obraz yoki manzara xolos. Ya’ni avvalgi vizual qo‘shimchaga yangi qism yoki 
shakl ketma-ketlikda qayta guruhlashtiriladi yoki undan ajratib olinishi talab etiladi. 
Yuqoriga va chapga qarash: ko‘z bilan eslash. Bu saqlanayotgan vizual obrazlari yoki 
manzaralarini ifodalashdir. To‘g‘riga va o‘ngga qarash - nutqiy faktlarni xotirada 
tasavvur qilish, inson hech qachon eshitmagan tovushlarni tasavvur qilishi. Bu suhbat 
jarayonining shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday holatda odam 
bundan keyin aytmoqchi bo‘lgan narsalarini “so‘zlarga tushiradi”. To‘g‘riga va chapga 
qarash - nutqiy faktlarni eslash. Bunda “harflar alfaviti”, reklama harflari, telefon 
raqamlari, shuningdek, sheva va so‘kinish kabi tushunarsiz so‘zlarni ma’nodoshlari 
bilan solishtirish tushuniladi. Ko‘pincha qisqa, ohangdor yoki bir maromdagi so‘zlar 
ko‘p takrorlanishi tufayli ilgari idrok etilgan nutqiy obrazlarni eslashda ko‘z 
soqqalarini ko‘p harakatlantirish jarayonida ham kuzatiladi. Pastga va o‘ngga qarash - 
bunda inson hosil qilinishi lozim bo‘lgan hissiyotlardan hamda mavjud hissiy 
xotiralardan foydalanishi mumkin. Tushkun holatdagi insonda ko‘p kuzatiladigan 
holatni bunga misol qilish mumkin: boshi egik, qo‘llari shalviragan, gavdasi butunlay 
bukilgan. Bunday odam tom ma’noda o‘z hissiyotlariga sho‘ng‘ib ketgan. Pastga va 
chapga qarash - ichki nutq, odatda “chuqur fikrlash” bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, ichki 
so‘z va nutqiy jarayon bilan birga kechadi (o‘zimiz bilmagan holda ba’zan turli tovush 
va xitoblarimiz tashqariga “chiqib ketishi” ko‘pincha bunga javoban “iltimos, 
o‘zingizcha g‘o‘ng‘illashni bas qiling” degan javobni eshitamiz). Shaxs o‘zini xotirjam 
sezayotgan paytlarda u kompleks, rasional va mantiqiy tafakkurning tahliliy quroli 
hisoblanadi. Ushbu holat ayrimlarda pastga va o‘ngga qarashda ifodalanishi mumkin. 
Bir nuqtaga qaramaydigan nigoh - vaziyatni ko‘z oldida gavdalantirish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
583


(vizualllashtirish). Yumuq ko‘zlar - ta’m va hidni ilg‘ashga bo‘lgan harakat. Garchi 
odamlar muayyan ta’m va hidni eslab qolish uchun ko‘pincha ko‘zlarini yumsalar ham 
qovoqlari ostida ko‘z soqqalarining harakati kuzatiladi. Bu harakat yuqorida 
tasvirlangan holatlarning biriga mos kelib, ko‘zlar ochiq holatdagidek talqin etilishi 
mumkin.
Inson nazoratda ushlanadigan qo‘rquv, jumladan, fosh bo‘lishdan qo‘rqish 
paytida, uning qoshlari biroz ko‘tarilgan - go‘yoki to‘g‘ri chiziqqa tortilgan bo‘ladi. 
Agar qo‘rquv kuchliroq bo‘lsa, bu belgiga qo‘shimcha boshqa alomatlar ko‘rinadi: 
peshonada yotiq ajinlar paydo bo‘ladi, ko‘zlar kengaygan, buning ustiga yuqori qovoq 
biroz ko‘tarilgan, pastkisi esa taranglashgan bo‘ladi; og‘iz biroz ochilgan, burchaklari 
esa orqaga surilgan, buning natijasida lablar taranglashgan va to‘g‘rilangan bo‘ladi. 
Ushbu taranglik va lablardagi to‘g‘rilanganlik qanchalik kuchli bo‘lsa, qo‘rquv 
shunchalik kuchli bo‘ladi. Biroq, peshona tirishmagan holda bir yoki ikkala qosh sal-
pal seziladigan darajada ham ko‘tarilish mumkin. 
Peshonadagi gorizontal ajinlar odatda kuchli e’tiborni bildiradi. Buning turli 
sabablari bo‘lishi mumkin: dahshat, qo‘rquv yoki oddiygina tushunmaslik, hayrat, 
sarosima va kutilmaganlik. Bu albatta, vaziyatga bog‘liq jarayondir.
Peshonadagi tik chiziqlar odatda kimdir yoki nimadir tufayli kelib chiqqan 
umumiy diqqat eng yuqori nuqtasiga yetganligini ko‘rsatadi. 
Diqqatning bir nuqtaga qaratilganligi muqaddam bandlik, biror holat yoki 
vaziyatga berilganlikni bildiradi. Ammo, oddiy insonlarda samimiy munosabatda 
bo‘lgan paytlarida ham o‘zlarining tashqi yuz ifodasi hamda ko‘z harakatlarida 
yuqoridagi jihatlarni asos qilib olish yaramasligini ham qayd qilish lozim.
Psixolog-ekspert insonlar bilan muloqotda profayling metodidan shaxslarni 
muayyan axborotni atayin, jinoiy maqsadda buzishi, ya’ni verbal, ham noverbal 
xabarlarning vaziyat va holatga qanchalik muvofiqligini aniqlash maqsadida 
foydalanadi. Ushbu mahorat nafaqat kuzatuvchanlik va diqqatni mashq qilishda, balki 
psixologik kuzatish bo‘yicha barqaror ko‘nikmalarni hosil qilishni, kinestetikaning 
asosiy qonunlarini tushunishni, suhbat olib borish san’atini egallashni, o‘rganish 
jarayonida insonlarning xulqini samarali baholashga imkon beradigan bir qator 
usullarni egallashni nazarda tutadi. 

Download 270.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling