Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi.
Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) yo’nalishi talabasi Azodova Boltabika Murodjon qizininig Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar Mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar:f.f.d prof. M.Qurbonova MUNDARIJA Bitiruv malakaviy ishning umumiy tavsifi ………………………………….. 1-BOB. Sifat soʻz turkumi toʻgʻrisida ………..……………………………… Bob boʻyicha xulosa………………………………………………………….. 2-BOB. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar……………….. .. 2.1. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar……. 2.1. Oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar…… Bob boʻyicha xulosa……………………………………………………. 3- BOB. O‘zlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar… 3.1. O‘zlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar ……………………………………………………………………………….. 3.1. O‘zlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar ………………………………………………………………………………… Bob boʻyicha xulosa…………………………………………………….. Xulosa………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………….. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. So‘z turkumlarini ham nazariy, ham amaliy asosda oʻrganish ancha vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Har bir soʻz turkumi kabi sifat soʻz turkumi ham mustaqil soʻz turkumi sifatida belgi, hajm, maza-taʼm kabi oʻziga xos xususiyatlari bilan boshqa soʻz turkumlaridan ajralib turadi. Predmet(lar)ning belgisi, hidi, rangi, tusi, shakli, hajm-oʻlchovi, holati, taʼmi, mazasini bildiruvchi mustaqil soʻzlar sifat deyiladi. Bundan koʻrinib turbdiki, sifatlar narsaning belgi-xususiyatini turli nuqtai nazardan ifodalashi (anglatishi) mumkin. Bunday begilar bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda sifatlarning maʼnolari va maʼnoviy (leksik va koʻchma maʼnolari) xususiyatlarini talqin etish bahsli holatdadir. Bunga sabab soʻz maʼnolarining oʻzgarishi, yaʼni yangi maʼno hosil boʻlishi hamda undagi maʼnolardan biri yoki bir qanchasi soʻzning kam qoʻllanishi tufayli arxaiklashishi hisoblanadi. Sifatlarning soʻz turkumi sifatidagi xususiyatlari tilshunos olimlar tomonidan bir necha marta oʻrganilgan. Xususan, ularning maʼnolari, yaʼni semantikasi hamda maʼnoviy guruhlari umumiy planda tadqiq etilgan 1 . Shuning uchun ham bitiruv malakaviy ishimiz mavzusining dolzarbligi shundaki, sifatlarning alohida bir lugʻaviy maʼnoviy ruhlaridan biri sifatida oʻrganilayotgan tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼnolari talqin, yaʼni ushbu bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi maʼlum maʼnoda oʻzining tadqiqini kutib yotibdi. Shuning uchun ham “Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning semantikasi” nomli mazkur mavzuda haligacha maxsus ilmiy tadqiqot ishi yuzaga kelmagan. 2 Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, semantika termini soʻz maʼnosi yoki maʼnolari degan maʼno anglatadi. Albatta, sifat soʻz turkumi yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarga tayanilgan holda biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizni amalga oshiramiz. Raxmatullayev Sh„ Abduraxdyunov I. Hozirgi o'zbek adabiy tilida koʻlam sifatlari // O’zbek tili sa adabiyoti. - 1972. №3. -B.43-48.; Sodiqova M. Hozirgi o’zbek tilida sifat. -Toshkent: Fan, 1974. Maʼrufov 3. M. O‘zbek tilida sifatlarning qiyosiy darajasi // Til va adabiyot instituti asarlari, 1-kitob. -Toshkent, 1949. -B.31-39.; Maʼrufov 3. M. Soʻz sostavi. Ot va sifat. -Toshkent, O‘zbekistan SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1956. Yuqorida aytilganlardan koʻrinib turibdiki, bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi maʼlum bir dolzarblikka ega. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling