Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Yoqimtoy soʻzi ham tashqi qiyofani anglatib kela oladi: Yoqimtoy yigit.Yoqimtoy
bola. Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Yoqimtoy istarasi issiq. Yoqimli, jozibali. Mansur suratni qoʻliga olib, unga mehr bilan qarab qoldi: bir-biridan yoqimtoy uch bola begubor kulib turardi. Yo. Shukurov, Uch savol. Sunnat yaxshi oʻqir, kelishgan, yoqimtoy yigit edi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol”3. 10 "O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom, -Toshkeit: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 487. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.488-489. Ketvorgan soʻzi ham tashqi qiyofani ifodalay oladi: Ketvorgan yigit. Ketvorgan qiz. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Ketvorgan s. t. Har tomonlama kelishgan, juda chiroyli; juda yaxshi. Ketvorgan qiz. Ketvorgan yigit. -Yarashibdimi? — Mayna, jilmayganicha, O‘zini tik tutgancha, undan soʻradi. -Ketvorgan, — dedi Madyorov va engashib, Maynaiing gimnastyorka yelkalaridagi uch burchakli qizil belgichalarni tekshirdi. Sh. Toshmatov, Erk 11 Oradan uch yil oʻtib, kuchuk bola juda ketvorgan it boʻldi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi. Nazokatli soʻzi ham tashqi qiyofani ifodalay olgan: Nazokatli yurish, nazokatli boqish. Bu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Nazokatli yurish-turishi, harakati va muomalasi nozik, latif va yoqimli, nazokati bilan kishiga yoqadigan; odobli. Nazokatli ayol. Nazokatli boʻlmoq. Sft. Uyda yolgiz oʻtirganida ham, ishda ham Gulxayrining nazokatli boqishlari, haroratli lablari koʻz oldidan nari ketmay, yuragiga oʻt tutashadi. S. Nurov, Narvoy. Mahalladagi qariyalar yoshlarni yuksak maʼnaviy poklikka, nazokatli boʻlishga oʻrgatadilar. Gazetadan. Qari soʻzi ham tashqi qiyofani ifodalaydi: Qari kishi. Qari ot. Qari tol. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Qari 1. Ancha yoshga borgan, qartaygan; keksa. Qari kishi. Qari ot. Qari tol. Yosh-u qari(lar). Qari bilganini pari bilmas. Maqol. Qari ham, yosh ham uning oldida odob saqiayotgandek, askiyaga ortiq ogiz ochmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona t. o. Keksa qari Katta odamlardek fikr yurituvchi bola, mahmadona. Qari qiz. Erga chiqmasdan yoshi ulgʻayib, oʻtirib qolgan qiz. Sidiqjonga juvonning bu gaplari, katta ishonch va zoʻr mamnuniyat 11 Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 630. O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent; Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.62. 3 Ikkinchi lugʻat. 2-tom.-B.63. bilan gapirshi uncha botmadi, shuning uchun erdan qolgan qari qiz boʻlsa kerak, degan xayolga bordi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari". Qiyofali soʻzi tashqi qiyofa ifodalagan: Kamtar shchtfali rus yigiti. Oddiy kiyofali O‘zbek yigiti. Sodda qiyofali inson. Qiyofali Biron qiyofada-boʻlgan; koʻrinishdagi, ..dehqonlarcha kamtar, sodda qiyofali rus yigiti kichik serjant edi. Oybek, Quyosh koraymas” . 12 Yassi soʻzida ikkita maʼno mavjud boʻlib, shu maʼnolardan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalashda qoʻllanadi: Yassi burun. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Yassi 1. Yuza, yoyiq, yalpoq. Yassi tarelka. Yassi qayiq. Akramxon yigitni zimdan kuzatdi; keng yuzi zahil, koʻzlari nursiz, burni yassi, kulog‘i ostidagi yamog‘ida tig‘ oʻrni sezilib turardi. I. Rahim, Tinimsiz shahar”. Yosh soʻzining oltita maʼnosi boʻlib, beshinchi maʼnosi sifatni ifodalasa-da, tashqi qiyofani ifodalamaydi.Shulardan toʻrtinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Yesh yigit, yosh odam. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning ikkinchi tomida kuyidagilar yozilgan: “Yosh 4. sft. Qari emas; navqiron. Yosh odam. Yosh juvon. Yosh kelsa —- ishga, qari kelsa — oshga. Maqol. Yoshdan xato, kattadan O‘zr. Maqol. Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qoʻriqchilarni ogohlantirib borar, miltiq, shashvar tutgan yosh va keksa muhofizlar uni salomlab qarit olar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Qorabuloq qishog‘idan biri keksa, biri yosh — ikki op’shq chiqib kelaverdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Mirshablar orasidan uchta yosh bola yorib oʻtib, mingboshining keshxob toʻniga, oyog‘iga osildi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o. Bu yerga “ 12 Ikkinchi lugʻat. 2-tom. -B.419. 2 O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.5-tom.- Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 10. 3 Ikkinchi lugʻat. 5-tom. -B.261 -262. 4 Ikkinchi lugʻat. 3-tom. -B.275. kolxoz yoshlarining harakati bilan Pastariqdan chig‘ir bilan suv oqizishdi. I. Raxim, Chin muhabbat”. 13 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling