Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
gajak boʻlib turmoq. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida
quyidagilar yozilgan: “Gajak [f.-egik, egri] 3. sft. Egilgan, qayrilgan. Dumi gajak oʻrdak. Koʻplarning qo‘llarida dastasi gajak, kungurador hassa, lablarida jim-jima mushtuk. Nazir, Haykal. Kamolxonov, iltimosiga “xoʻp” degan javobini kutib, uvol alomatiday gajak boʻlib turganida, telefon jiringlab qoldi. A. ' Ikkinchi lug‘at. R-tom. -B.29. ' Ikkinchi lug‘at.Z-tom. -B.89. ' Ikkinchi lugʻat. 5- tom. -B.603. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B. 208. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.208. Ikkinchi lugʻat. 3-tom. -B.607. O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.2-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B.459. 5 Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 459. Ikkinchi lugʻat. 4-tom. -B.459. Ikkinchi lugʻat, 4-tom. -B.460. Ikkinchi lugʻat. 4-tom. - B.460. Qahhor, Ikki yorti — bir butun. Oʻynab, dumini gajak qilib, sag‘risiga tagilab, Gajdumbek ot ketib borayotibdi. “Goʻroʻgʻli” . Gajakdor soʻzi ikki maʼnoga ega boʻlib, ikkala maʼnosi ham tashqi qiyofa ifodalashi mumkin: Gajakdor satana xotin. Gajakdor, gajakli kiyim kiygan. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Gajakdor [f. - gajakka ega] 1. Gajagi bor, gajakli. Koʻngil qoʻygani u koʻzlari xulyur, Sizga kelin boʻlar Nigor gajakdor. “Nigor va Zamon” Shu payt darvozadan xoʻppa semiz, yuzlari kepchikday, gajakdor satang xotin harsillab-gursillagancha savlat toʻkib kirib keldi. Gazetadan. 2. Koʻchma Bejama, serhasham. Gajakdor xat. ..tagiga esa: “O‘zingizning Karimjoningiz”, deb gajakdor qilib yozdik. “Yoshlik”. Gajakli q. Gajakdor” , Devonavash soʻzi tashqi qiyofa ifodalashda qoʻllanadi: Devonavash odam. Devonavash shoir. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Devonavash [f. - devonaga oʻxshash] kt. Devonasifat, devonalarga oʻxshagan. U shoir xalqi devonavash boʻladi, deb bitgan-u, lekin haligacha gujumga bog‘langan shoirni koʻrmagan edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik”3. Devonavor soʻzi ikki maʼnoda boʻlib, ikkala maʼno ham tashqi qiyofa ifodalashda ishlatiladi: Devonavor yig‘lamoq, Devonavor kiyim . Ayni shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Devonavor [f. - jinni, telba; telbalarcha] 1. Devonalar kabi, devonalardek, telbalarcha. Devonavor yig‘lamoq. Devonavor boʻldim yorning dastidan, Shamiyud izlab oshdim toglar ustidan. Tohir va Zuhra”. Birinchi lugʻat L-tom. -B.182; Ikkinchi lug‘at. 1-tom. -B.563. O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 563. Ikkinchi lug‘at.1-tom. 2. Devonalarniki kabi, devonalarnikiga oʻxshash. Zoriy Xivaning atoqli ulamolaridan, biroq yengil-boshiga qaramas, aksar devonavor kiyimda yurardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik 1. Befayz soʻzi tashqi qiyofa ifodalashda qoʻllanadi: Befayz yuz, Befayz bashara. Mana shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Befayz [be.. + fayz] Dilni, koʻzni quvontirmaydigan; koʻrimsiz, fayzsiz, sovuq. Befayz imorat. Sen ham mening oʻg‘lim tengisan, hovling qarovsiz qolib, juda befayz boʻlib qopti. S. Ahmad, Qadrdon dalalar. Choyxona befayz, uch-toʻrt xoʻranda toʻrda yupqa sholchaga yonboshlab, choy ichardi. S. Siyoyev, Avaz”. Bangibashara soʻzi tashqi qiyofa ifodalagan: Bangibashara soʻfi. Ushbu o‘zbek tili toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Bangibashara [bangi + bashara] Koʻrinishi bangilarga o‘xshash, bangisifat. Alqissa, baq- baqaloq Mulla Mamasolshch Mulla Madkarim Maxdum bilan novcha boʻyli, bangibashara xudhud soʻfi xonaqohda o‘tirishib, bir soat chamasi mudrashdilar. N. Maqsudiy, Laylat ul-qadr”. Barzangi soʻzi ikki maʼnoga ega boʻlib, ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Barzangi [f. va a - qora tanli, -negr] 2. st.. Haybatli, davangirday, yoʻgʻon gavdali. Toshtemirga negadir, etimol, moʻridan chiqqanday qop-qora va baquvvat barzangiday bir yigit oʻlgani uchundir — Toshqora laqabini taqishgan. O. Yoqubov, Tilla uzuk... Yoʻg‘on, qop-qora bir barzangi, bitta ursa, oʻldirib qoʻyadi. “Mushtum”4. Barzangisifat soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalaydi: Barzangisifat erkak. Mana shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Barzangisifat [barzangi + sifat] Barzangiga O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Pavlax ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 698. Ikkinchi lugʻat. 2-tom. -B. 289. Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 186. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.200-201. oʻxshash, haybatli. Bir doʻkon ayvonidagi temir bochkalar yonida soch va soqoli oʻsgan barzangisifat bir erkak yotibdi, P. Tursun, Oʻqituvchi”1. Buqalamun soʻzining ikkita maʼnosi boʻlib, ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Buqalamun odam. Buqalamun rahbar. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Buqalamun [a. - tovlanuvchan; xameleon] 2. sft. koʻchma Oʻzgaruvchan, birdek turmaydigan; rang-barang. -Bu buqolamun falakning gardshiga boq, chirog‘im! — dedi Shokir ota. Oybek, Tanlangan asarlar”. Gʻamgin soʻzi ikkita maʼnodan iborat boʻlib, birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalagan: Gʻamgin Lola. Gʻamgin ota. Ayni soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Gʻamgin [a.-g‘amli, qayg‘uli; xafa, maʼyus] 1. Ruhini g‘am egallagan holatli; qayg‘uli. Oyqiz g‘amgin Lolaning yelkasiga qoʻlini qoʻyib, alohida mehribonlik bilan gapirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. Kampir chap yonida oyog‘ining uchi bilan yer chizib turgan g‘amgin Adolatga boqdi. I. Rahim, Chin muhabbat”. Kallador soʻzi kallaga ega maʼnosi bilan tashki qiyofa ifodalaydi: Kallador odam.Kallador bola. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Kallador [f. - kallaga ega, kallasi bor: aqlli] Kallasi, boshi katta. Kallador, choʻtirsimon, yum-yumaloq rais katta qornini silkib kuldi. Oybek, O. v. shabadalar” . Kasal soʻzi oltita maʼnoga ega boʻlib, shundan ikkinchi maʼnosi tashki qiyofa ifodalagan: Kasal odam. Kasal ona. Kasal bola. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Kasal [a.-dangasalik; dangasa, ishyoqmas] 2. sft. Organizmining meʼyoriy holati, faoliyati buzilgan, kasallikka yoʻliqqan; betob. Kasal odam. Kasal mol. Xotirjam ishlasin, deb kasal onasini birovning qo‘liga O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 201. 2 Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.466. 3 Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B. 463. Ikkinchi lugʻat. 2-tom. -B.249. tashlagim kelmadi. S. Zunnunova, Olov. Odam organizmining kasal yoki shikastlangan aʼzolarini almashtirish uchun sunʼiy “ehtiyot qismlar” yaratish g‘oyasi yangilik emas. “Fan va turmush” . Husnsiz soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Husnsiz bola. Husnsiz ayol. U soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Husnsiz Husni, chiroyi yoʻq; xunuk”. Behayo soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Behayo harakat. Bu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati"ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Behayo [be.. + hayo] 2. Odob-axloq doirasiga sigʻmaydigan, beadab. Behayo xatti-harakat. Behayo ibora. Behayo soʻz. Tangri behayo soʻzlarni gapiruvchi kishini yomon koʻradi. Gazetadan”. Behalovat soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Beholovat odam.Beholovat ona. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Behalovat [be.. + halovat] Huzur-halovatdan holi, tinchlik bermaydigan; besaranjom, tinchi yoʻq, halovatsiz. Behalovat turmush. Doktorlarning yig‘ini oʻzi shunaqa behalovat boʻlar ekan-a, — dedi Xolima. H. Nazir, O‘tlar tutashganda. Behalovat kecha uning nazarida ancha -oʻzshdi. “Sharq yulduzi”. -Ts! — qizi koʻrsatkich barmog‘ini qonsiz labiga qo‘ygancha, behalovat nigohini unga qadadi. “Yoshlik” . Bexafsala soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Bexafsala bola. Bexafsala ish. Ayni shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar qayd etilgan: “Bexafsala [be.. + hafsala] Ishga astoydil yopishmaydigan, qunt qilmaydigan, loqayd; hafsalasiz. Behafsala kishi oʻglining dangasa va xotiniga nisbatan behafsala kimsaga O‘zbek tilining izohli lug‘ati.5 tomlik.5-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 382. “Ikkinchi lug‘at.5-tom. -B. 604. Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.297. Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B. 297. Takroriy sifatlar uchramadi. Yuqoridagilarda koʻrinib turibdiki, oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar ijobiy maʼnoli sifatlarga qaraganda nisbatan kamroq qoʻllanadi.. BOB BOʻYICHA XULOSA Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar arab, fors-tojik va boshqa tillardan O‘zbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar hisoblanadi. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar qanday maʼnoni anglatishiga koʻra ikki boʻlindi: 1) ijobiy maʼno ifodalovchi oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar; 2) 1) ijobiy maʼno ifodalovchi oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga qaraganda maʼnolari nisbatan kamroq holatda uchradi, Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning ijobiy maʼnoda qoʻllanishi tanlab olingan yigirmata sifatda uchradi. Bunday sifatlar juft hamda takroriy shakllarda uchramadi. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarlarning salbiy maʼno ifodalashi oʻn yettita sifatda uchradi.Ularda qoʻshma, juft, takroriy sifatlar uchramadi. Oʻzlashgan. sifatlarning ijobiy va salbiy maʼnolarda qoʻllanishi ularning O‘zbek tiliga singib ketganligini va faol qoʻllanayotganligini anglatadi. XULOSA Sifat soʻz turkumini XX asrning 60-yillaridan boshlab ilmiy-nazariy asoslarda oʻrganish boshlangan. Sifatlar predmet(lar)ning belgisi, hidi, rangi, tusi, shakli, hajm-oʻlchovi, holati, maza-taʼmini bildiruvchi mustaqil soʻzlardir. Bundan koʻrinib turbdiki, sifatlar narsaning belgi-xususiyatini turli nuqtai nazardan ifodalashi, anglatishi mumkin, Bunday begilar bevosita insonga yoki borliqdagi jonli va jonsiz narsalarga tegishli boʻladi. Sifatlar oʻzlari ifodalayotgan xususiyatlariga koʻra narsaning shakl koʻrinishini, hajm-oʻlchovini bildiruvchi, narsaning xususiyatini bildiruvchi sifatlar, narsaning rangini, tusini bildiruvchi, narsaning holatini bildiruvchi, narsaning hidini bildiruvchi, narsaning vaqt va oʻrni belgisini bildiruvchi hamda narsaning maza va taʼmini bildiruvchi sifatlarga boʻlinadi. Sifatlar asosan otga bogʻlanib, narsaga xos belgini, baʼzan feʼlga bog‘lanib, harakatning belgisini bildirib keladi. Ular maxsus yasovchi qoʻshimchalarga ega boʻlgani singari oʻziga xos soʻz yasalish qoliplariga ham ega. Sifatlar gapda koʻpincha sifatlovchi aniqlovchi, kesim va hol vazifalarida keladi. Baʼzi sifatlar otga koʻchgan. Sifatlar otlashganda otga xos kelishik va egalik qoʻshimchalarini olib, gapda ega, toʻldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifalarida keladi. Sifatlar anglatgan maʼnosiga koʻra asliy va nisbiy sifatlarga boʻlinadi.Ularda belgining ortiq va kamligiga koʻra farqlanishi daraja deyiladi. Sifatlarda erkalash shakli hamda juft va takroriy shakllar bor. Xullas, sifatlar narsalarning belgi xususiyatlarini anglatgani kabi tashqi qiyofani ham ifodalab keladi. Sifat turkumiga oid soʻzlarning tashqi qiyofa ifodalashi mumkinligini ulardan soʻng aniqlanmishni keltirish bilan topish oʻrinlidir, chunki sifatga tegishli soʻzlar koʻp boʻlib, ularni topishda maʼnolarini yanglishtirib qoʻyish mumkin. O‘z qatlamga oid sifat turkumiga oid soʻzlar bilan tashqi qiyofa ifodalash ancha keng tarqalgan , yiqqan misollarimizda ularning miqdori quyidagichadir: ijobiy maʼnoda qoʻllanadigan sifatlar yigirma toʻrtta, salbiy maʼnoda qoʻllanadiganlari yigirma yettita ekan. Tashqi qiyofa ifodalovchi oʻz qatlamga oid sifatlarning sodda va sodda yasama sifatlardan tashkil topgan. Birikmali, takroriy va qoʻshma sifatlar esa juda kam miqdorni tashkil etadi. Soʻzlarning bir, baʼzan ikki maʼnosi sifat turkumiga oid boʻlsa, shundan faqat bitta maʼnosi tashqi qiyofani xizmat qiladi.Baʼzi bir sifatlarning tashqi qiyofa ifodalashini aniqlash uchun sifatdan keyin aniqlanmish soʻzni qoʻyish kerak. Zero, hamma sifatlar ham tashqi qiyofa ifodalayvermaydi, ulardan ayrimlari tashqi qiyofa ifodalaydi. Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼlum qismi juda kam holda shunday maʼnoni ifodalashga xizmat qiladi, Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar arab, fors-tojik va boshqa tillardan O‘zbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar hisoblanadi. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar qanday maʼnoni anglatishiga koʻra ikki boʻlindi: I) ijobiy maʼno ifodalovchi oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar; 2) 1) ijobiy maʼno ifodalovchi oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga qaraganda maʼnolari nisbatan kamroq holatda uchradi. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning ijobiy maʼnoda qoʻllanishi tanlab olingan yigirmata sifatda uchradi. Bunday sifatlar juft hamda takroriy shakllarda uchramadi. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning salbiy maʼno ifodalashi oʻn yettita sifatda uchradi.Ularda qoʻshma, juft, takroriy sifatlar uchramadi. Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar ijobiy va salbiy maʼnolarni anglatishi ham kuzatildi. Bunday sifatlarning ijobiy maʼno ifodalovchilari miqdoran sal kam boʻlsa-da, miqdoran ko‘p boʻlgan salbiy maʼnoli tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga qaraganda koʻproq va faolroq qoʻllanadi. Ikki tomlik “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ga nisbatan besh tomlik xuddi shunday lugʻatda sifatlar, shu jumladan, tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar miqdor jihatdan ko‘p ekanligini qayd etish lozim. Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼnolaridan koʻrinib turibdiki, ular ham ijobiy, ham salbiy maʼnolarda ishlatilsa-da, kishilar nutqida faol qoʻllanadi. Bunday sifatlar tuzilishiga koʻra sodda, sodda yasama, birikmali va qoʻshma shakllarda uchraydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Abdurauf Fitrat.Tilimiz Ishtirokiyun gazetasi. -1919. 12 iyul, 23 avgust. Yoshlik jurnali.-1990. №,5. 2. Abdurahmonov N. R. Hozirgi zamon O‘zbek tilidagi baʼzi bir juft va juft- takror soʻzlarning komponentlari masalalariga doir. Samarqand universitetining asarlari. Yangi seriya, 102-chiqarish. -Samarqand, 1960. Z.Abdurahmonov.N. R. Juft soʻzlarning fonetik xususiyati. Samarqand universitetining asarlari. Yangi seriya, 115-chiqarish. - Samarqand, 1961. 4.Abdurahmonov N. R. Hozirgi zamon O‘zbek tilida juft soʻzlar sostavi masalalari. Samarqand universitetining asarlari. Yangi seriya, 129-chiqarish. “O‘zbek tilshunosligi masalalari”. - Samarqand, 1963. 5. Abdurahmonov N. Juft soʻzlarning sintaktik funksiyasi. Samarqand universitetining asarlari. -1971. №227. 6.Abdurahmonov Gʻ. Sifatlarning otlashishi. Ucheniye zapiski Ferganskogo Gospedinstituta, IV,-Fergana, 1957. 7.Ahmedov A. Til boyligi.-Toshkent, 1968. 8. Aʼlamova M.Nutqda aks etar bir olam boylik.-Toshkent, 1989. 9. Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va stilistika asoslari. -Toshkent, 1987. 10. Begmatov E. va b. Adabiy norma va nutq madaniyati. -Toshkent: Fan, 1983. 11.Begmatov.E., Tursunpoʻlatova M. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1991. 12. Bekmirzayev N. Notiq, nutq, xulq.-Toshkent: Noshirlik yogʻdusi, 2011. 13. Zamonaviy O‘zbek tili.Morfologiya.-Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008. N.Ibrohimova F. Sifat boshqaruvi . O‘zbek tili va adabiyoti. -1971. 15.Madrahimov. O. O‘zbek tilida sifat va yangi yasalgan sifatlar masalasiga doir. OʻzSSR Fanlar akademiyasining axboroti.-1957. № 1. 16.Madrahimov O. Sifat va ot turkumlari masalasiga doir. O‘zbek tili va adabiyoti masalalari. -1961, №3. 17.Madrahimov O. Yangi sifatlar. Xorazm pedagogika institutining ilmiy asarlari. -Xorazm, 1964.№ 1. 18.Maʼrufov 3. M. O‘zbek tilida sifatlarning qiyosiy darajasi. Til va adabiyot instituti asarlari, 1-kitob. -Toshkent, 1949. 19.Maʼrufov 3. M. So‘z sostavi. Ot va sifat. -Toshkent: Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1956. 20.Mirtojiyev M.,Mahmudov N.Til va madaniyati.-Toshkent: Oʻzbekiston, 1992. 21 .Mahkamov N.Adabiy norma va pleonazm.-Toshkent: Fan, 1988. 22.Mamajonov S.Uslub jilolari.-Toshkent, 1972. 23.Nutq madaniyatiga oid masalalar (maqolalar toʻplami). -Toshkent: Fan, 1973. 24. Rahmatullayev Sh„ Abdurahmonov I. Hozirgi O‘zbek adabiy tilida ko‘lam sifatlari. O‘zbek tili va adabiyoti. -1972. №3. 25.Rahmatullayev Sh. Frazeologizm -nutqimiz ko‘rki. -Toshkent: Oʻqituvchi, 1981. 26. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2008. 27.Sodiqova M. Hozirgi O‘zbek tilida sifat. Toshkent: Fan, 1974. 28.Sultonsaidova S, Sharipova O‘. Oʻzbek tili stilistikasi. Toshkent, 2009. 29. Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullayev Sh. Hozirgi O‘zbek adabiy tili.- Toshkent: Oʻzbekiston, 1992. ZO.Xoliyorov M. Yasama sifatlarning otlashishi . O‘zbek tili va -dopeta. -1973, №2. 31.O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 1-tom. -Moskva: Rus tili,1981. 32.O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 2-tom. -Moskva: Rus tili, 1981. 33.O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 34.O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.2-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 35.O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.3-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 36.O‘zbek tilining izohli lugʻati. 5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006, 37.Oʻzbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.5-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 38.O‘zbek tili grammatikasi. 1-tom. -Toshkent: Fan, 1975. 39.Oʻzbek tili leksikologiyasi.-Toshkent: Fan, 1981. 40. Hojiyev A., Begmatov E.Hozirgi O‘zbek adabiy tili va uni o‘rganishning aktual masalalari. O‘zbek tili va adabiyoti.-1992.№ 5.-B.7. 41 .Shoabdurahmonov Sh.Oʻzbek adabiy tilining leksik normalari.Nutq madaniyatiga oid masalalar toʻplami.O‘zbek tili nutq madaniyatiga bagʻishlangan 1 Respublika tilshunoslik konferenqiyasi materiallari. -Toshkent, . - z. 42.Hojiyev A.O‘zbek tili sinonimlari lugʻati.-Toshkent, 1978. ' 43.Qilichev E.O‘zbek tilining amaliy stilistikasi. –Toshkent O‘qituvchi,1992. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling