Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar
Burishiq-tirishiq soʻzi ham aniqlanmish olgan holda insonning tashqi qiyofasini
anglatib kela oladi: Burishq-birishiq yuz. Burishiq-tirishiq bashara. Ayni shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Burushiq-tirishiq. Juda ham ajin bosgan, burushib, tirishib ketgan. Skelet kabi nuqul suyakdan iborat boʻlgan kichkina xotin, burushiq-tirishiq yuzi — olqindi sovun. Oybek, Tanlangan asarlar 20 . Yonoq soʻzi ham baʼzan tashqi qiyofani anglatib keladi: Yonoq suyaklari. Avaz Matpanoga tikilib qoldi: u ozibdi, chakkalari choʻzilib, yonoq suyaklari turtib chiqibdi. S. Siyoyev, Avaz. Mazkur soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Yonoq yuzning, betning boʻrtiq qismi. Uning [Bashoratning] yuz-koʻzi otasiga tortgan edi: qoshlari quyuq, qalin; yum-yumaloq yonoqlari hamisha qizil. A. Muxtor, Opa-singillar . Dogʻlik yoki dogʻli soʻzlari ham tashqi qiyofani ifodalay oladi: Dog‘li yuz, dog‘li bashara. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “ Dogʻlik, dogʻliq ayn. Dog‘li. Yulduzlar Qarimsiq soʻzi bilan ham tashqi qiyofa ifodalash mumkin: Qarimsiq yuz, qarimsiq bashara. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Qarimsiq - Qariga oʻxshab koʻrinadigan, qarilik belgilari aks etgan (asosan yuz haqida). Uning qarimsiq va soʻniq... tirishib ketgan yuzida achinish ifodasi zohir boʻldi, N. Qobil, Unutilgan sohillar. Shuning uchun basharasini halitdan ajin bosib, qarimsiq boʻlib ketgan. F. Musajonov, Himmat”. Aks soʻzining uchta maʼnosidan uchinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalaydi: Aks bola. Aks qiz. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida 20 O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik 1-tom. -Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.-B. 383. “ Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.455. Ikkinchi lugʻat. 1 -tom. -B.456. “ Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B. 45.. quyidagilar yozilgan: “Aks 3. sft. Tutgan yerini kesadigan, gapga koʻnmaydigan, oʻjar, qaysar. Aks bola” . 21 Qora soʻzida oʻn uchta maʼno mavjud boʻlib, shulardan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalashda faol qoʻllanadi: Qora soch. Qora yuz. Qora odam. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Qora 1. Rang-tusi mavjud ranglarning barchasidan toʻq; qozonkuya, ko‘mir tusidagi; zid. oq. Qora qozon. Qora soch. Qora koʻz. Qora siyoh. Moʻttixon.. bug‘doyrang, qora qosh ayol edi. S. Zunnunova, Olov. Chasha qamishlari allaqachon yonib bitib, yog‘ochlarigina qora ko‘mir boʻlib, chars-chars qilib tutab yotardi. N. Fozilov, Diydor”. Suyak soʻzining beshta maʼnosi boʻlib, shulardan toʻrtinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalay oladi: Suyak odam. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Suyak 4. sft. Juda oriq, ozgʻin, Suyak odam. Chol seskanib, boshini koʻtardi, yigitni quchoqlab, suyak qoʻllari bilan uning yelkasini siladi. Oybek, Tanlangan asarlar”. Taqir soʻzining sakkizta maʼnosi boʻlib, shunlardan ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi maʼnolari sifat turkumiga xos maʼno. Ulardan faqat toʻrtinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalab kela oladi: Taqir bashara. Taqir dahn. Ayni shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Taqir 4. sft. Sochi, juni, tuki yoʻq; tuksiz. ..baʼzi oʻrtoqlarning aldamchiligini ko‘rgan da, taqir dahanimga soqol chiqib ketishiga oz qoldi. “Mushtum”. Jamshid shundoq deraza tagida, taqir gilam ustida uxlab qoldi. Sh. Xolmirzayev, Togʻlarga qor tushdi”. 21 O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 62 6. Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.262. Ikkinchi lugʻat. 1-tom.-B.68. “ Ikkinchi lugʻat.5-tom. -B.356-357. Tirishiq soʻzida ikkita maʼno boʻlib, shundan ikkinchi maʼno tashqi qiyofa ifodalab kelgan: Tirishiq yuz. Tirishiq bashara. Mana shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Tirishiq 2. sft. Ajin bosgan, burushgan, tirishgan. Tirishiq yuz “ . Titroq soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlib, ulardan ikkinchi va uchinchi maʼnolari sifat turkumiga oiddir. Ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalab kela oladi: Titroq yuz. Titroq lab. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Titroq 2. sft.. Titrab, qaltirab turadigan, titraydigan, titroqli; qaltiroq. Titroq qoʻl. Titroq oyoq. Muhammadjon uning titroq lablariga suqlanib qaradi-yu, lekin jurʼat yetolmay, qoʻlidan choʻpishlatib oʻpdi. P. Qodirov, Uch ildiz. Zamira uning titroq vujudi va haddan tashqari olovli qarashiga tob berolmay, stol ustiga pastroq engashdi. P. Qodirov, Uch ildiz” . 22 Chiroysiz soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalab keladi: Chiroysiz yuz. Chiroysiz koʻrinish. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Chiroysiz. Koʻrimsiz, xunuk”. Oʻksiz soʻzida ikkita maʼno boʻlib, shundan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalay oladi: O‘ksik yuz, O‘ksik koʻrinish. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Oʻksik 1. sft. Biror narsadan afsuslanib xafa boʻlgan; ezilgan; gʻamgin, qaygʻuli. Oʻksik koʻngil, Goʻdakning oʻksik yig‘isi Oysha opaga qattiq ta’sir etdi. M. Ismoiliy, Ozodlik gulini hidlagan kishi”. Katta soʻzining sakkizta maʼnosi boʻlib, shulardan toʻrtinchi maʼnosi bilan tashqi qiyofa ifodalashi mumkin: Katta odam.Katta bashara. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Katta .Yosh jihatdan ulug‘, yoshi ortiq. Katta oʻg‘il. U mendan katta. [Yusufbek hoji:] Oyim, har nima, siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim. A, Qodiriy, O‘tgan kunlar. Katta 22 “O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 37. xotin edi. Birinchi, bosh xotin. Katta qilmoq. Boqib, parvarish qilib oʻstirmoq, voyaga yetkazmoq. -Biz senlarni it azobida katta qildik-ku, — dedi shashtidan tushib Ibn Yamin. K. Yashin, Hamza”. 23 O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlarning tuzilishi quyidagichadir: Sodda sifatlar: boʻshang4, qoshch6, suyak7, taqir8, yonoq9 2.Sodda yasama sifatlar: Ayanchli 24 , beqiz 25 2, beandaza3, bo‘yoqli4, belgili5, belgisiz6, bichimsiz7, boʻlimsiz8, beandaza9, benihoya10, titroq, chiroysiz12, o‘ksiz , burishiq14, dogʻlik yoki dogʻliq, qarimsiq16, tirishiq77. Z.Birikmali sifatlar uchramadi. 4.Qoʻshma sifatlar uchramadi. Z.Takroriy sifatlar: boʻsh-bayov18, burishiq-tirishik19. Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar nisbatan olganda kam qoʻllaniladi. BOB BOʻYICHA XULOSA Sifat turkumiga oid soʻzlarning tashqi qiyofa ifodalashi mumkinligini ulardan soʻng aniqlanmishni keltirish bilan topish oʻrinlidir (chunki sifatga tegishli soʻzlar ko‘p boʻlib, ularni topishda maʼnolarini yanglishtirib qoʻyish mumkin). O‘z qatlamga oid sifat turkumiga oid soʻzlar bilan tashki qiyofa ifodalash ancha keng tarqalgan (yiqqan misollarimizda ularning miqdori quyidagichadir: ijobiy maʼnoda qoʻllanadigan sifatlar yigirma toʻrtta, salbiy maʼnoda qoʻllanadiganlari yigirma yettita ekan). 23 “O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 333 -bet 24 Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.67; 25 Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.95; Tashqi qiyofa ifodalovchi oʻz qatlamga oid sifatlarning sodda va sodda yasama sifatlardan tashkil topgan. Birikmali, takroriy va qoʻshma sifatlar esa juda kam miqdorni tashkil etadi. Soʻzlarning bir, baʼzan ikki maʼnosi sifat turkumiga oid boʻlsa, shundan faqat bitta maʼnosi tashqi qiyofaga xizmat qiladi. Baʼzi bir sifatlarning tashqi qiyofa ifodalashini aniqlash uchun sifatdan keyin aniqlanmish soʻzni qoʻyish kerak. Zero, hamma sifatlar ham tashqi qiyofa ifodalayvermaydi, ulardan ayrimlari tashqi qiyofa ifodalaydi. Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼlum qismi juda kam holda shunday maʼnoni ifodalashga xizmat qiladi. O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar ijobiy va salbiy maʼnolarni anglatishi ham kuzatildi. Bunday sifatlarning ijobiy maʼno ifodalovchilari miqdoran sal kam boʻlsa-da, miqdoran ko‘p boʻlgan salbiy maʼnoli tashqi kiyofa ifodalovchi sifatlarga qaraganda koʻproq va faolroq qoʻllanadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling