Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana22.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285807
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

 
 
 
 
 
 
 
 
UCHINCHI BOB 
OʻZLASHGAN QATLAMGA OID TASHQI QIYOFA IFODALOVCHI 
SIFATLAR 


Biz bu bobda oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarga 
toʻxtalamiz. Ularni quyidagi tarzda ikkiga boʻlib, oʻrgandik: 1) oʻzlashgan qatlamga oid 
tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar; 2) oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa 
ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlar. 
Bular bir-biridan maʼnolarinng ijobiy va salbiyligi jihatidan farqlanishini hisobga 
olgan holda ularni alohida oʻrganilishi maqsadga muvofiqdir. 
3 . Oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi ijobiy maʼnoli sifatlar 
Biz oʻzlashgan qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi soʻzlarni yigʻib, ularning 
ijobiy maʼno ifodalashini baʼzi misollar bilan berib oʻtib, ularni “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”dagi fikrlar bilan asoslashga harakat qilamiz.Shuning uchun baʼzi kamchiliklar 
uchrashi mumkin. 
Goʻshtdor soʻzi ikki maʼnoda qoʻllanadi, shu maʼnolardan birinchi maʼnosi tashqi 
qiyofa ifodalovchi sifatlarni hosil qiladi: Goʻshtdor odam. U haqida “O‘zbek tilining 
izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Goʻshtdor [goʻsht + f. - biror 
narsaga egalikni bildiruvchi koʻshimcha] 1. Goʻshti koʻp, sergoʻsht, semiz. Goʻshtdor 
odam.Zaynab qisqa boʻy, goʻshtdor va oq tanli edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar . 
O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. I -tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B. 634. 
Dabdabali soʻzi toʻrtta maʼnoga ega boʻlib, ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalaydi: Dabdabali qiyofa1. 
Dilbar soʻzi toʻrtta maʼnoda qoʻllanadi, shu maʼnolardan uchinchi maʼnosi tashqi 
qiyofa ifodalaydi: Dilbar odam. Dilbar juvon. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining 
izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Dilbar [f. — dilni tortuvchi, 
jalb etuvchi, yoqimli] 3. sft. Koʻrkamligi, odobi va nazokati bilan es-hushni oladigan
chiroyli. Dilbar yigit. Eng dilbar odamni soʻrdilar Mendan, Mening otam dedim, otam, 
albatta! T. To‘la, Asarlar. Unaqa [Rahimaxondek] dilbar juvon endi qayoqda'.E. Raimov, 
Ajab qishloq”. 


Jonon soʻzi toʻrtta maʼnoda qoʻllanadi, shulardan ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa 
ifodalab kelgan: Jonon yigit. Jonon bolalar. Bu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli 
lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Jonon [f. — mahbuba; maʼshuqa] 2 
sft. Juda yaxshi, goʻzal, shirin, yoqimtoy; oʻynoqi; aʼlo. Jonon yigit. Shahrimiz koʻrkidir 
jonon bolalar. Gʻ. Gʻulom. Ayqam, doʻstlar, shu tuni. Boʻlib oʻtdi jonon to‘y.
26
Zarif soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlgan holda birinchi maʼnosi tashqi qiyofani 
ifodalagan: Zarif kishi. Mazkur soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Zarif [a. — goyat goʻzal; aqd-zakovatli] 1. Tez 
fahmlaydigan, ziyrak, idrokli. Bozorchilar tojikchani biladigan bu muloyim, zarif 
kishidan (Muqimiydan) juda minnatdor edilar. S. Abdulla, Quvgʻinda . 
Sohibjamol soʻzi ikki maʼno ishlatilgan, shu maʼnolardan birinchi maʼno tashqi 
qiyofa ifodalab kelgan: Sohibjamol ayol.Sohibjamol koʻz. Mana shu haqida “O‘zbek 
tilining izohli lugati”ning uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Sohibjamol [a. - husn, 
chiroy egasi] 1. Goʻzal husn-jamol egasi; xushroʻy, barno, zebo. Sohibjamol ayol. 
Xotinining yuziga tik qarashga chog‘landi-yu, ammo kam endi u malak, u barg‘ikaram 
koʻylakli sohibjamol koʻz oldidan keldi. M. Mansurov, Yombi. Roʻmolini labga bosib 
Sohibjamol kuladi.. “Yoshlik” . 
Xushsurat soʻzi tashqi qiyofa ifodalay oladi: Xushsurat odam. Xugisurat 
Sitorabonu. U toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning to'rtinchi tomida 
quyidagilar yozilgan: “Xushsurat [xush + surat] Koʻrinishi chiroyli, ko‘rkam, goʻzal. 
Xushsurat odam. Uning yoshi oʻtib qolgan, ammo qosh-koʻzidan yoshlikda xushsurat 
boʻlgani aniq koʻrinib turardi. O‘. Hoshimov, Hup Zorki, soya bor. Eridan ancha yosh 
boʻlgan qora qosh, quralay koʻzli xushsurat “Itorabonu dadasi urishib bermasaydi”, deb 
hayiqib turar edi. M. Osim, 1bn Sino qissasi .
27
26
O‘zbek tilining izohli lugʻati. 2-tomlik. 1 -tom. -Moskva: Rus tili, 1981. -B. 203. ' Ikkinchi lugʻat. 2-
tom. -B.729-730. 3 Ikkinchi lugʻat. 2-tom. -B. 160. 
27
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006.
433-bet. 


Xushsuhbat soʻzi tashqi qiyofa ifodalaydi: Xushsuhbat odam.. 
Xushsuhbat yigit. Ushbu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning 
Uchinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Xushsuhbat [xush + suhbat] Yaxshi 
suhbat quradigan, suhbatni qizitadigan; gapi-soʻzi yoqimli, Xushsuhbat 
ham. Injener Oʻttiz begi yashar, xushsuhbat, qaddi-qomati kelishgan.. 
rilishga kelgan. H. Nazir, Maftuningman, Ozarbayjon"'. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling