Shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar


Mavzuning oʻrganilish darajasi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana22.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1285807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ozodova boltabika shaxsning tashqi qiyofasi ifodalovchi sifatlar

Mavzuning oʻrganilish darajasi. Boshqa soʻz turkumlari kabi sifatlarning ham 
soʻz turkumi sifatidagi xususiyatlari tilshunos olimlar tomonidan bir necha marta 
oʻrganilgan va maʼlum xulosalarga kelingan. O.Madrahimov, N. Abdurahmonov
Z.Maʼrufov, Gʻ. Abdurahmonov, M. Sodiqova, Sh. Rahmatullayeva kabi olimlar sifat 
soʻz turkumi yuzasidan tadqiqotlar olib borishgan.
3
Ularning maʼnoviy guruhlari va 
semantikasi, yaʼni maʼnolari kabi tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar ham shu soʻz 
turkumining xususiyatlari singari umumiy planda tadqiq qilingan. Agar oʻz va 
oʻzlashganlik nuqtai nazaridan sifatlarning, shu jumladan, tashqi qiyofa ifodalovchi 
sifatlar maʼno (semantikasi)lari ham oʻrganilsa, albatta, bu mavzuda yana ham aniqroq 
xulosalarga kelish mumkin boʻladi. Xullas, sifat turkumiga oid soʻzlar umumiy planda 
tadqiq etilgan holda ularning bir qismi boʻlgan tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar esa 
qisman boʻlsa ham oʻrganilgan. 
Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarni aniqlashda quyidagi yoʻldan ham borildi: 
sifatdan soʻng kishi, odam, inson, qiz, ayol, chol kabi baʼzi bir soʻzlarni keltirish kerak, 
yaʼni sifat va undan soʻng soʻz keltirib, aniqlovchi aniqlanmish munosabatini yuzaga 
keltirish lozim boʻladi. Mana shu holda sifatning alohida bir turi boʻlgan tashqi qiyofa 
3
Madrahimov O. O‘zbek 
tilida sifat va yangi yasalgan sifatlar masalasiga doyr // OʻzSSR Failar akademiyasipiig axboroti, 1957. 1-son. -
B.58-63; Madrahimov O. Sifat va ot turkumlari masalasiga doir // O‘zbek tili va 
adabiyo'ti masalalari. -1961, №3.-B.25-29.; Madrahimov O. Yangi sifatlar // Xorazm pedagogika institutining 
ilmiy asarlari. -Xorazm, 1964.№ 1. -B. -21-28.Abdurahmonov N. R. Hozirgi zamoy uzbek tilidagi baʼzi bir juft 
va juft-takror soʻzlarning komponentlari masalalariga doir // Samarqand universitetining asarlari, Yangi seriya, 
102-chiqarish. Samarqand, 1960.-B.37-44.; Abdurahmonov.N. R. Juft soʻzlarning fonetik xususiyati // Samarqand 
universitetining asarlari, Yangi seriya, 115-chiqarish, Samarqand, 1961.-B.55-58.; Abdurahmonov N. R. Hozirgi 
zamoy o`zbek tilida juft soʻzlar sostavi masalalari // Samarqand universitetining asarlari, Yangi seriya, 129-
chiqarish, “O‘zbek tilshunosligi masalalari”. Samarqand, 1963. -B.44-47,: Abdurahmonov N. Juft soʻzlarning 
sintaktik funktsiyasi (Turkiy tillar materiallari asosida) // Samarqand universitetining asarlari. -1971. №227.-
B.66-69. 


ifodalovchi sifatlarni tezroq topish mumkin boʻladi. Bunday usulni Sh.Rahmatullayev 
ham qoʻllagan hamda aniqlanmishni qavs ichida bergan. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling