Taqdimot loyihasi


Download 0.6 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1481492
Bog'liq
Abdunazarov jasurbek Fizika

Taqdimot loyihasi


Farg’ona Politexnika Instituti Kompyuterlashgan loyilash tizimlari fakulteti 53-22-guruh talabasi Abdunazarov Jasurbekning Fizika fanidan
Farg’ona2023

REJA

  •  Amper qonuni. Parallel toklarning o`zaro ta’siri.
  •  Magnit oqimi.
  • Tokli o`tkazgichni magnit maydonda ko`chirishda bajarilgan ish.

Amper qonuni — bir-biridan muayyan masofada joylashgan oʻtkazgichlarning kichik bir qismidan oqayotgan ikki tokning oʻzaro mexanik taʼsiri haqidagi qonun. Amper qonunidan shunday xulosa chiqadi: bir tomonga oqayotgan tok-li parallel oʻtkazgichlar oʻzaro tortisha-di, qarama-qarshi tomonga oqayotgan tok-li oʻtkazgichlar oʻzaro itarishadi. Amper sharafiga shunday atalgan. Magnit maydonining tokli kichik bir oʻtkazgichga koʻrsatadigan taʼsir kuchini ifodalovchi qonun ham amper qonuni deb ataladi.

F = IB l sin α Magnit maydon induktsiyasi chap qo`lning kaftiga tik yo`nalgan, o’tkazgichdan oqayotgan tok yo`nalishi ko`rsatkich barmoq yo`nalishida bo`lsa, o’tkazgichga ta’sir qiluvchi amper kuchi bosh barmoq yo`nalishida bo`ladi


Magnit maydoni va elektromagnit hodisalarni toklarning o‘zaro magnit ta’siriga asoslanib o‘rganishga o‘tamiz, chunki bu o‘zaro ta’sirni ifodalovchi Amper qonunidan elektromagnetizmning eng muhim qonunlari: Bio-Savar-Laplas qonuni va Amper formulasi deyarli bevosita kelib chiqadi.
Parallel toklarning o‘zaro ta’sirini birinchi bo‘lib Amper tajriba orqali aniqlagan. Agar ikki parallel uzun o‘tkazgichlardan o‘tuvchi toklarning yo‘nalishlari bir xil bo‘lsa bu tokli o‘tkazgichlar o‘zaro torti-ladi, toklarning yo‘nalishlari qarama-qarshi bo‘lsa, bu tokli o‘tkazgichlar o‘zaro itarishishadi. Toklarning o‘zaro ta’siriga sabab, toklarning har biri o‘z atrofidagi fazoda magnit maydon hosil qiladi va bu maydon ikkinchi tokli o‘tkazgichga ta’sir qiladi.
Magnit oqimi. Magnit maydon induksiyasining shu induksiya chiziqlari o`tayotgan yuzaga ko`paytmasi magnit oqimi deyiladi. dФВ = Вn.dS =B.dS Bn=В.sos bo`lib, normal n bo`yicha yo`nalgan B vektorning proyeksiyasi.  - B va n orasidagi burchak. Tokli kontur hosil qilgan magnit induksiya oqimi doimo musbat bo`ladi. Ixtiyoriy S yuza orqali o`tuvchi magnit induksiya oqimi bo`ladi. Bir jinsli magnit maydon uchun magnit oqimi ФВ = BSsos bo`yicha magnit oqimi Veberda o`lchanishi kelib chiqadi. Bir Veber magnit induksiyasi 1 Tesla (Tl) bo`lgan bir jinsli magnit maydoniga tik bo`lgan 1m2 yuzadan o`tayotgan magnit oqimni bildiradi. Magnit maydon induksiyasi B uchun Gauss teoremasi quyidagicha ta`riflanadi: Teorema: Har qanday berk yuzadan o`tuvchi magnit induksiya oqimi nolga tengdir: Gauss teoremasi tabiatda magnit zaryadlarining mavjud emasligini va induksiya chiziqlari doimo berk bo`lishini ko`rsatadi. Bundan kontur yuzasiga qancha induksiya chiziqlari kirsa, shunchasi chiqishi kelib chiqadi.
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling