1-jadval 1-jadval
1- bosqich
|
Tahlilning obyekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi tuziladi
|
2- bosqich
|
Tahlil obyektini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi va tizimlashtiriladi
|
3- bosqich
|
Tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar yig‘iladi va tayyorlanadi (ishonchliligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‘rinishga keltiriladi)
|
4- bosqich
|
Xo‘jalik faoliyatining natijalari reja, o‘tgan yil, ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi
|
5- bosqich
|
Omilli tahlil o‘tkaziladi va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitob qilinadi
|
6- bosqich
|
Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanilmayotgan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi
|
7- bosqich
|
Turli omillar ta’sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni hisobga olib, xo‘jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanadi
| Moliyaviy tahlilning o’ziga xos xususiyatlari Moliyaviy tahlil metodining muhim xususiyati shundaki, unda faqat o‘zgarish, rivojlanishning o‘zigina emas, balki uning sabab-oqibat bog‘lanishlari ham o‘rganiladi. Ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarni aniqlashga muhim ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy tahlil metodining yana bir muhim xususiyati shundaki, ko‘rsatkichning nafaqat sabab-oqibat bog‘lanishlaridagi natijalari balki ularning kelgusidagi kutilishlarini prognozlash imkoni ham tug‘iladi. Ya’ni, moliyaviy tahlilda nafaqat real holat, balki uning kutilayotgan natijalari haqida ham ogoh bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |