O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi. Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi: o‘rtacha arifmetik miqdorlar; o‘rtacha garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar; o‘rtacha xronologik miqdorlar; o‘rtacha kvadratik miqdorlar. O‘rtacha miqdorlarning sodda va amaliyotda keng qo‘llaniladigan turi bu o‘rtacha arifmetik miqdordir. O‘rtacha arifmetik miqdor o‘z navbatida oddiy va tortilgan ko‘rinishga bo‘linadi. Balans usuli. Balans usuli. Balans usuli – o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi. Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi. 2-jadval Balansning muhim turlari va ularning birlik elementlari
Balans turlari
|
Ifodasi
|
Belgilar izohi
|
Buxgalteriya balansi
|
A=K+M
|
Aktivlar (A)=Kapital (K)+majburiyatlar (M)
|
Tovar balansi
|
Tb+Ti/ch+Tbk=To+Ts +Tbch
|
Tovarlar davr boshiga qoldig‘i (Tb) + Ishlab chiqarilgan tovarlar (Ti/ch) + Tovarlarning boshqa kirimi (Tbk) = Tovarlar davr oxiriga qoldig‘i (To) + Tovarlar sotilgani (Ts) + tovarlarning boshqa chiqimi (Tbch)
|
Byudjet balansi
|
D = X
|
Daromadlar (D)=Xarajatlar (X)
|
Valyuta balansi
|
Vb+Vk=Vo+Vch
|
Valyuta mablag‘larining davr boshiga qoldig‘i (Vb) + Valyuta kirimi (Vk) = Valyuta mablag‘lari davr oxiriga qoldig‘i (Vo) + Valyuta chiqimi (Vch)
|
Majburiyatlar balansi
|
DM+(-) ortiqchalik (yetishmovchilik) = KM+(-) ortiqchalik (yetishmovchilik)
|
Debitorlik majburiyatlari (DM) = Kreditorlik majburiyatlari (KM), Debitorlik kreditorlik majburiyatlaridan farqi (+,-)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |