Zanjirli bog‘lanish usuli. Zanjirli bog‘lanish usulida natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli almashtirishlar orqali hisob-kitob qilinadi. Biroq, tahlil qilinadigan ko‘rsatkichlarning ta’sir birliklari funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi. Zanjirli bog‘lanish usulida zanjirli tizimdan foydalanilganligi sababli uning nomi zanjirli usul deb nomlangan. Bu tartib natijaviy ko‘rsatkichga har bitta omilning ta’sir darajasini hisoblashda ushbu omilning yangilangan ifodasi olinishi bilan farq qiladi. Qolgan barcha ta’sir birliklar o‘zgarishsiz qoldiriladi va h.k. Ushbu omillar oxirgi omil ta’sirini aniqlashga qadar davom ettiriladi. Mutlaq farq usuli. Mutlaq farq usuli natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillar soni ikki yoki undan ortiq ta’sir birliklariga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Uning mazmunini natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birlikning farqi qolgan omillarning reja, haqiqatdagi (uzviy ketma-ketlikda) ko‘rsatkichlarga ko‘payrilgan holda aniqlanadi. Mutlaq farq usuli an’anaviy usullarning sodda modelli tizimi hisoblanib ko‘pincha samaradorlik va natijaviylik ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘llaniladi. Uning muhim xususiyati omillar ta’sirini hisob-kitob qilishda uzviylikning, aniqlikning ketma-ketlikning qat’iy belgilanishi. Analitik ketma-ketlikda birinchi navbatda sifat ko‘rsatkichlari keyingi qatorlar bo‘yicha bilik, miqdor ko‘rsatkichlar tartiblanadi. Nisbiy farq usuli. Tahlilda ushbu usulni qo‘llash orqali mutlaq ko‘rsatkichlardan tashqari nisbiy ko‘rsatkichlar orqali ham sabab-oqibat bog‘lanishlarini, omillarning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Ushbu usul ham mutlaq ifodalarga tayangan holda omillar ta’sirini foizli birliklarda, natijani o‘zgartirishini uzviy ketma-ketlikda hisob-kitob qilishni talab etadi. Iqtisodiy matematik usullar va ularning mohiyati. Iqtisodiy matematik usullar va ularning mohiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |