Taqdimot mavzu: Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo’llaniladigan usullar


Download 91.33 Kb.
bet6/9
Sana30.04.2023
Hajmi91.33 Kb.
#1411531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ишимова Юлдуз - Молиявий таҳлил

Indeks usuli. Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo‘lib belgi, ko‘rsatkich degan ma’noni bildiradi. Har qanday ko‘rsatkich ham indeks ma’nosida bir xilda ishlatilmaydi. Tahlilda, statistikada indeks deganda – bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslash tushuniladi.

Indeks usuli. Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo‘lib belgi, ko‘rsatkich degan ma’noni bildiradi. Har qanday ko‘rsatkich ham indeks ma’nosida bir xilda ishlatilmaydi. Tahlilda, statistikada indeks deganda – bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslash tushuniladi.

Tahlilda shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo‘lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish zaruriyati tug‘iladi. Bu kabi muammolarni yechish uchun tahlilda mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.

Guruhlash usuli. Guruhlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni taalluqli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o‘rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi.

Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo‘linadi.

Tipologik guruhlash – to‘plamni sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhlarga ajratishni;

Strukturali guruhlash – ko‘rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini o‘zaro nisbatlarini o‘rganish maqsadida guruhlarga ajratishni;

Analitik guruhlash – ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi.

Zanjirli bog‘lanish usuli. Zanjirli bog‘lanish usulida natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli almashtirishlar orqali hisob-kitob qilinadi. Biroq, tahlil qilinadigan ko‘rsatkichlarning ta’sir birliklari funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi.


Download 91.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling