Fizikaviy va kimyoviy xossalari. - Benzol qator aromatik monokarbonkislotalari 1000C dan yuqori haroratda suyuqlanadigan rangsiz kristall moddalardir. Agar karboksil guruhiga nisbatan para-holatda o’rinbosar bo’lsa, bunday kislotalar yuqori haroratda suyuqlanadilar. Aromatik karbon kislotalar teng uglerod sonli yog’ qator kislotalariga qaraganda yuqori haroratda suyuqlanadilar va qaynaydilar. Aromatik monokarbonkislotalar sovuq suvda yomon, issiq suvda yaxshi eriydilar.
- Monokarbonkislotalarning suvli eritmalarida ular yaxshi dissotsiyalangan bo’ladilar va ularning kislotalik doimiyligi yog’ qator kislotalarnikiga nisbatan katta, masalan, sirka kislotaning dissotsiyalash doimiysi 1,8.10-5 ga, benzol kislotaniki esa 6,6.10-5 ga teng.
Alohida vakillari va ularning qo’llanilishi. - Benzoy kislota sof holda benzoy qatroni (smolasi) tarkibida uchraydi. Benzoy efiri ko’rinishida ayrim balzamlar tarkibiga kiradi. Glutar kislota ko’rinishida esa, u ayrim xayvonlarning peshobida uchraydi. Sanoatda toluolni oksidlab olinadi. Benzoy kislota 121,50C da suyuqlanadigan rangsiz iproqlar ko’rinishiga ega.
- Suv bilan hosil qilgan kristall gidrati 900C da suyuqlanadi. Bo’yoqlar va yoqimli hid beruvchi vositalar konservantlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Benzoy kislotaning muhim hosilalaridan biri benzoil xlorid bo’lib, u o’ziga xos hidga ega. Turli molekulalar tarkibiga benzoil guruhini kiritishda foydalaniladi.
- Fenilsirka kislota C6H5CH2COOH -760C da suyuqlanadigan kristall modda. Benzilxloriddan nitril va magniy organik birikma orqali olinadi:
- Karbon kislotalar deb qanday birikmalarga aytiladi?
- Atsil radikali nima?
- Yog’ kislotalari deb qanday moddalarga aytiladi?
- Palmitin va stearin kislotalar qayerlarda uchraydi?
- Qanday birikmalarga qattiq va suyuq sovun deyiladi?
- Benzoy kislota va uning Na li tuzi oziq-ovqat sanoatining, qaysi sohasida va nima uchun ishlatiladi?
- Benzoil peroksid oziq-ovqat sanoatining qaysi sohasida ishlatiladi? U qanday xususiyatga ega?
- Fenil sirka kislota qayerlarda ishlatiladi?
- Nima sababli galogenli karbon kislotalar kuchliroq kislota hisoblanadi?
- Karbon kislota angidridlari deb qanday moddalarga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |