Fizik-kimyoviy xususiyatlari. - Ikki asosli to’yingan karbon kislotalar suvda yaxshi eriydigan kristall moddalar bo’lib, ularni kislotalik doimiyligi tegishli bir asosli kislotalarnikiga qaraganda yuqori. Ular bosqichli dissotsionaladilar:
- Kimyoviy xossalari jihatidan ikki asosli kislotalar to’yingan bir asosli kislotalarning barcha xossalarini takrorlaydilar, ya’ni ular metall va metall oksidlari, gidrooksidlari bilan tuz hosil qiladilar, murakkab efir, kislota angidridi, galoid angidrid va boshqalar hosil qiladilar. Faqat ularda reaksiya bosqichli borib, o’rta va nordon tuz, mono- va diefir va boshqalarni hosil qilishlari mumkin.
- Shuning bilan birga bir asosli kislotalardan farq qiladigan reaksiyalarga ham kirisha oladilar.
Fizik va kimyoviy xossalari. - To’yinmagan kislotalar to’yingan kislotalarga qaraganda zichligining va kislotalik konstantasining kattaligi bilan farq qiladilar.
- Ular ikki xil xususiyatni namoyon qiladilar, ya’ni kislotalar kabi tuzlar, angidridlar, amidlar, murakkab efirlarni hosil qilsalar, qo’shboshning hisobidan biriktirib olish, polimerlanish kabi reaksiyaga kirisha oladilar.
- Agar qo’shbog’ karboksil guruhiga nisbatan - yoki -holatda joyilashgan bo’lsa, bunday kislotalarga turli reagentlarning birikishi Markovnikov qoidasiga teskari boradi.
- Akril, metakril kislota va ularning efirlari etilen uglevodorodlariga qaraganda oson polimerlanadilar:
- Aromatik karbon kislotalarning tuzilishida aromatik halqa bilan birga bir necha karboksil guruhi mavjud bo’ladi. Karboksil guruhi benzol halqasi bilan bevosita bog’langan yoki yon zanjirda bo’lishi mumkin. Karboksil guruhi yon zanjirda joylashgan kislotalar alkil – aromatik karbon kislotalar deb qaraladi.
- Aromatik kislotalar karboksil guruhining soniga qarab bir va ko’p asosli kislotalarga bo’linadilar. Agar karboksil guruhi aromatik halqa bilan bevosita bog’langan bo’lsa ularning nomi aromatik uglevodorod nomidan hosil qilinadi, agar karboksil guruhi yon zanjirda joylashgan bo’lsa, bunday kislotalarning nomi tegishli yog’ qator kislotasining nomidan olinadi, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |