Taqdimot nutqi
Tilni tabiiy holda egallash
Download 82.24 Kb.
|
Taqdimot nutqi etikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish.
- 4. Nutqiy taqlid.
- Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish. Multimediali taqdimot
1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali egallanadi.
2. Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi. 3. Mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish. 1) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali, 2) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, televideniye eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali. 4. Nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi. Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim: jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); - keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi); havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik); ixchamlik, harakatchanlik; chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish); moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi); qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning o‘zgarib turishi); - suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati). Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish. Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi. Download 82.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling