Taqdimot nutqi,taqdimot tarkibi (1). docx
Taqdimotning tarkibiy turlari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Taqdimot nutqi,taqdimot tarkibi (1).docx 20230901 120753 0000
- Bu sahifa navigatsiya:
- ) sabab / oqibat
Taqdimotning tarkibiy turlari:
1) tematik tuzilish - mavzuga oid bir nechta g’oyalar mavjud bo‘lganda ishlatiladi va har bir alohida g‘oya asosiy bandga aylanadi; bunday tuzilma axborot beruvchi nutqlar uchun foydalidir; 2) xronologik tuzilish - fon ma’lumotlarini taqdim etishni talab qiluvchi axborot beruvchi va ishontiruvchi nutqlar uchun ishlatiladi; 3) makon tuzilishi - materialni fizik makonga muvofiq tashkil qiladi; tuzilma axborot beruvchi nutqlar uchun foydalidir; 4) tizimlashtirilgan tuzilma - materiallarni mezonlar bo‘yicha tashkil qiladi; tuzilma axborot beruvchi va ishontiruvchi nutqlar uchun foydalidir; 5) muammo / yechim – ushbu tuzilma muammolarni tavsiflab, keyin yechimlarni taqdim etadigan materiallarni tashkil qiladi; bunday tuzilma ishontiruvchi nutq uchun foydalidir; 6) sabab / oqibat – muammo/vaziyatning paydo bo‘lish sababini tavsiflaydi va keyinchalik oqibatlarni keltirib chiqaradi; bunday tuzilma ishontiruvchi taqdimotlar uchun foydalidir. Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish. Multimediali taqdimot- bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Ma’lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi. 1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash; 2.Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash; 3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish; 4.Slayd hajmi vao‘lchamlarinitanlash; 5.Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o‘zgarishlar kiritish; 6.Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish . Taqdimotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Pointda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak: a) slaydlar soni (7 – 10 ta); b) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari; c) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi zarur; d) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling