Taqdimoti mavzu: Maktabgacha pedagogika fanining barkamol insonni tarbioyasidagi o’rni


Download 1.46 Mb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi1.46 Mb.
#1038211
  1   2   3   4
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika fanining barkamol insonni tarbioyasidagi o’rni


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI 102-GURUH TALABASI SHOMURODOVA UMIDANING MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANI TASHKIL ETISH FANINING BARKAMOL INSONNI TARBIOYASIDAGI O’RNI
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Mavzu:

Maktabgacha pedagogika fanining barkamol insonni tarbioyasidagi o’rni

Reja:

  • Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari.
  • Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
  • Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari.

Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyat qanday qilib yosh aviodga o’rgatish - ularni komillikka etaklash yo’llari, qonun-qqidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo’lgan. CHunki insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika - grekcha so’z bo’lib, «bola etaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma'naviy barkamollikka munosabatlarni o’zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o’z mavqeiga ega bo’Idi. SHu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o’rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiyiik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta’Iim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, 16 kohinlar tomonidan bolalarning ta'Iim-larbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'limlarbiya tizimi quyidagi tarlibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'libor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy. Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy. Abdurauf Fitral. Abdulhamid - Cho’Ipon, Abu Ali Ibn Sino. Alisher Navoiy singari ulug' olimu adiblar, fozilu-fuzalolar ta'lim-tarbiya borasida ko’p asarlar bitganlar. SHarq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulub»i. Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir. Mazkur ta'limiy asarlarda inson shaxsini ma'naviy kamolga etkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g’oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta'limiy uslub shakllanadi. natijada ta'lim-tarbiya olimlar diqqat markazida bo’ldi. Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'limtarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi. ta'lim-tarbiya usul va usiublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo’llari haqidagi fikrlari hozirgi davr»uchun ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzvtiylik, izchillik va hokazolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo’Iadi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular etuk bo’lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni engildan og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi, bilim berishda bolani qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi. Pedagogik fikrni rivojianishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedagogik. nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti si&tida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma lum bo’lib. u ta'limning ko’rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.
Pedagogika fan sifatida rivojianishida chex pedagogi, olimi YAn Amos Komenskiy (1592-l670)ning hissasi katta bo’ldi. Lining «Buyuk didaktika» asari haqii ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan tashqari «Onalar maktabi» degan maktabgacha tarbiya qo’llanmasi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un boTishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog’bon daraxtning biologik o’sish qonuniyatini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hisobga olishi shart, deydi. Komenskiy o’qishga hammaning tortilishini, hamma umumta'lim olishi kerakligini uqtiradi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling