Taqdimoti qoshilgan qiymat soligini hisoblab chiqish tartibi


Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari


Download 24.17 Kb.
bet5/9
Sana31.01.2024
Hajmi24.17 Kb.
#1828142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xo\'shboqov Suxrob

Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq kodeksining 240-moddasiga binoan, quyidagi shartlardan hech bo’lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi:
tovar O’zbekiston Respublikasi hududida turgan bo’lsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo’lsa;
tovar jo’natish yoki transportda tashish boshlangan paytda O’zbekiston Respublikasi hududida turgan bo’lsa.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq kodeksining 241-moddasiga muvofiq, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, basharti bunday xizmatlarning xaridori O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, O’zbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Amaldagi Soliq kodeksining 247-moddasiga ko’ra, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq to’lovchi tomonidan o’zi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning o’ziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq to’lovchi tomonidan Soliq kodeksi va bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq bazasini aniqlash chog’ida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum soliq to’lovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi to’lov, shu jumladan qimmatli qog’ozlar bilan haq to’lash sifatida olingan barcha daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Soliq bazasini aniqlash chog’ida soliq to’lovchining chet el valyutasida ifodalangan tushumi (xarajatlari) Soliq kodeksida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma amalga oshirilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.

Download 24.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling