Taqdimoti Reja
Download 0.77 Mb.
|
eksperimental psixologiya 4
tizimchalarning roli va ularning ozaro harakat turlari, taraqqiyoti asoslari kabi muammolarni qoydi.Tarmoq sotsiologiyasining maqsadi ijtimoiy strukturadagi moddiylik va ma'naviylik holati, mehnatning sermahsulligini oshirish tamoyillari, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlar kabilarning ozaro faoliyat korsatishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini yaratishdan iborat.Empirik tadqiqotlar. Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq otkazilgan bolsada, XX asrning birinchi yarmida AQShda ommalashdi. Empirik tadqiqotlar deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob'ekti ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial muammolarni bevosita organishdan iborat. Empirik tadqiqotlarni sotsiologiyaning muhim qismi sifatida empirizm konsepsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm konsepsiya sifatida nazariy bilimlarni butkul inkor qiladi. Hissiy idrokning bevositaligi empirizm konsepsiyasida fanning asosini tashkiil etadi.Empirik tadqiqotlarning ob'ekti mikrojarayonlar, predmeti esa individlar, sotsial guruhlar, sotsial tashkilotlar, mehnat faoliyatining sermahsulligi, shaxs xususiyatlari va hk. Ularning vazifasi kuzatish, eksperiment, hujjatlarni organish va sorov metodlari orqali sotsial jarayonlar borasida faktlar va ma'lumotlar yigishdan iborat. Empirik tadqiqotlar natijalarini ham amaliy, ham nazariy maqsadlarda ishlatish mumkin. Tarixiy rivojlanishga nazar tashlasak, empirik tadqiqotlarni otkazish chogida koplab metodologik xarakterga ega bolgan muammolar: sotsial faktning mohiyati, nazariy bilimning empirik ma'lumotlar bilan ozaro munosabatlari, sorov, kuzatish va ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida sub'ektiv omilning roli kabilar paydo boldi.Empirik tadqiqot usullari amaliy sotsilogiya doirasida shakllanib, mukammallashdi. Bular: sorov, kuzatish, hujjatlarni tahlil qilish va eksperimet usullari. Amaliy sotsiologiya doirasida qaysi metod qay tarzda va qay vaziyatda qollanilishi kerakligi, metodlarning yutuq va kamchiliklari organib, ishlab chiqilgan. Misol uchun eng keng tarqalgan sorov metodi insonlarning ichki dunyosini, sub'ektiv fikrini oragnishga yonaltirilgan.Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling