- Termiz davlat pedagogika insituti sirtqi bo’lim boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 20-06-guruh talabasi abdusamatova munisaning geografiya fanidan
- taqdimoti
TARQATMA MATERIALLAR BO'YICHA MA'RUZALAR QISMINI O'ZLASHTIRISH
1. O’quv fanining umumiy maqsadini o’rnatish
2. Bilimlarni to’liq o’zlashtirishga o’quv o’quv maqsadi toifasi
3. Bilimlarni to’liq o’zlashtirishga qayta takrorlanadigan o’qitish siklini yaratish
Ta’lim-bilim berish, malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.
Ta’lim tor ma’noda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham ma’lumot(ya’ni axborot) o’zlashtirish jarayonidir
BILIM- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog’liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. CHunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o`zi mavjud. Uni o`zgartirib bo`lmaydi. Bilim kishidan kishiga ma`lumot (axborot) orqali o`tadi.
O‘qituvchi (yoki muallim)ning vazifasi insonlarga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirishdan va insonlarning o‘zida mavjud bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat.
Insonlarning yangi bilimlarni o‘zlashtirishlariga intilishlarining asosiy sabablari:
- Avlodlar tajribasini o‘zlashtirish va davom ettirish;
- Bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj;
- Ma’lumot olishga xohish;
- Yangilikka intilish;
- Shaxsiy yutuqlarga erishish;
- Narsalarning inson uchun ahamiyatli yoki ahamiyatsizligini anglash;
- Raqobatlashish;
- Turmush kechirishning vositasi sifatida foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |