Taqdimoti
bo‘lgan ikki zarracha orasida vujudga keladigan induksion ta’sir energiyasi Debay taklif etgan quyidagi formula bilan hisoblanadi
Download 1.06 Mb.
|
Gulmanova
bo‘lgan ikki zarracha orasida vujudga keladigan induksion ta’sir energiyasi Debay taklif etgan quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Bu yerda; a-molekula elektron qobig‘ining qutblanuvchanligi (deformasiyalanuvchanligi); Uind- induksion ta’sir energiyasi; µ- molekulaning dipol momenti; r-markazlararo masofa. Induksion ta’sir energiyasi oriyentatsion ta’sir energiyasidan 10-20 marta kichik. Dispersion kuchlar. Qutbsiz, kam qutbli va qutbli moddalar molekulalari orasida yana dispersion kuchlar vujudga keladi. H2, N2, Cl2, CH2 molekulalari qutbli emas. Demak, bu gazlarda yuqoridagi har ikkala ta’sir kuchlari mavjud emas. Shu tufayli qutbsiz molekulalar, hatto inert gazlaming atomlari ham o‘zaro tortishadi, bu kuchlaming tabiatini 1930-yilda F. London aniqladi. Uning fikricha, molekula yoki boshqa zarrachalar tarkibidagi har qaysi atom yadrosi atrofida elektronlar borligi uchun molekulani bir lahzada (oniy- bir lahzalik, daqiqalik) o‘zining kattalik va yo‘nalishini o‘zgartirib turadigan mikrodipol, deb tasavvur qilish mumkin. Elektronlaming atomlardagi harakati hech qachon simmetrik bo‘lmaydi. Qandaydir bir lahzada elektron yadroning bir chetida, keyingi daqiqada ikkinchi tomonida bo‘ladi. Sodda qilib tushuntirilganda molekula va atomlar yo‘nalishi bir lahzada o‘zgarib turadigan oniy dipollar majmuasidir. Dispersion o‘zaro ta’sir energiyasini hisoblash uchun quyidagi formulani London taklif etgan: bu yerda; h- plank doimiysi; V0- nolinchi energiyaga muvofiq keladigan tebranish chastotasi. Agar hv0 =J ekanligini nazarga olsak, bu yerda J-zarrachaning ionlanish potensiali. Moddaning molekulyar massasi ortib borishi bilan dispersion ta’sir kuchayadi. Masalan, ftor va xlor odatdagi sharoitda gaz, brom suyuqlik, yod qattiq modda. Agar oriyentatsion, induksion va dispersion kuchlarni birbiriga qo‘shsak, ikki zarracha orasidagi tortishish kuchlari energiyasi U uchun quyidagi tenglama kelib chiqadi: bu yerda; D=A+B+C Molekulalararo kuchlar kimyoda katta ahamiyatga ega, chunki moddalaming fizik xossalari (suyuqlanish harorati, eruvchanligi, agregat holatlari, issiqlikda kengayish koeffisenti, pishiqligi, moddalarni o‘zida eritish qobiliyati va hokazolar) ayni shu kuchlarga bog‘liq. Molekulalararo kuchlar bir-biriga juda yaqin (5-10-10m) masofadagina namoyon bo'ladi. Ularning energiyasi (0,1-8,0 kj mol-1), kimyoviy bog‘lanish energiyasi (80-1500 kj mol-1) dan iborat bo‘lib, kimyoviy ta’sir kuchlaridan keskin farq qiladi. E`tiboringiz uchun rahmat! Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling