Taqdimotlar muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari


Struktura tartibida ishlash


Download 0.8 Mb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1174067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 mavzu

Struktura tartibida ishlash
«Struktura tartibiga o’tish» piktogrammasi ishga tushirilganda, tartiblangan har bir slaydning matn va rasm ko’rinishlari yoziladi. Shundan so’ng Struktura tartibida muloqot darchasi quyidagicha ko’rinishni oladi:
Bu tartibda matnli ma’lumotlarni kiritish, ko’rgazma turkumini boshqarish mumkin. Shundan so’ng bu muloqot darchasida gorizontal menyudagi «Pokaz slaydov» («Slaydlarni ko’rsatish») bo’limidan «Pokaz» buyrug’i tanlanadi va ekranda yuqoridagi ko’rinish hosil bo’ladi.
Slaydlarni saralash tartibida ishlash
Slaydlarni saralash tartibi piktogrammasi tanlangandan so’ng ekranda 7-rasmda berilgan ko’rinishdagi darcha hosil bo’ladi.
Slaydlarning Struktura tartibida ish yuritilayotganda slaydlarda turli amallar va keyingisiga o’tkazish ishlari tugmachalari darchaning chap qismida paydo bo’ladi. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha va bulardan har birining vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Bu tartibda ish olib borish jarayonida ekranda barcha yaratilgan slaydlar ko’rinib turadi va bu slaydlarning namoyishini tartibga solib turuvchi va almashinuvini boshqaruvchi
Maxsus effektlarni o’rnatish
Mahsus effektlarni o’rnatish deganda namoyishlarni bir slayddan boshqa slaydga o’tish tezliklari ketma-ketligi tushuniladi. Bu funktsiyani bajarish uchun Power Point dasturining «Slaydlarga o’tish» («Perexod slayda») nomli muloqot darchasi ishlatilib, u gorizontal menyudagi quyidagi buyruqlar orqali ishga tushiriladi.
«Pokaz slaydov» (Slaydlarni ko’rsatish) – «Perexod slayda» (Slaydga o’tish)

14.8-rasm Prezentatsiyada boshqa slaydga o’tish
Bu buyruq bajarilgandan so’ng ekranda tegishli muloqot darchasi hosil bo’ladi.
Bu darchada ish yuritish, ya’ni bir slayddan boshqa slaydga o’tish ikki usulda olib boriladi.

  1. Sichqoncha tugmasini bosish orqali

  2. Avtomatik ravishda (ma’lum tayinlangan vaqt davomida)

Bu usullarni tanlash uchun sichqoncha ko’rsatkichi kerakli usul ustiga olib kelinadi va uning chap tugmasi bosilib, «Barcha mavjud fayl slaydlarini almashtirish» («Primenit ko vsem») yoki joriy (ish yuritayotgan) faylning slaydlarni almashtirish («Primenit») belgisiga olib kelib kerakli usul tanlanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling