Taqdimotni tayyorlash va taqdim etish usuli va vositalari Reja


Taqdimot tayyorlashda ko’p uchraydigan xatolar


Download 295.76 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi295.76 Kb.
#1479700
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taqdimotni tayyorlash va taqdim etish usuli va vositalari4524

Taqdimot tayyorlashda ko’p uchraydigan xatolar
Xato 1. Sizning auditoriyangiz xuddi o’zingiznikiga o’xshash shaxsiyatga ega va muloqot qilish usulini afzal ko’radigan insonlardan tashkil topgan deb taxmin qilinishi. Agar mavzuni chuqur yoritish uchun 50 ta tafsilotlarga to’la slaydlar tayyorlansa, tinglovchilarning ichida ko’proq kontseptual o’ylaydiganlar bo’lsa, 11-chi slaydni o’zidayoq ular prezentatsiyadan “uzilib” qolib mobil telefonga tikilishni yoki yonidagi inson bilan gaplashishni boshlashlari mumkin. Yoki, taqdimotni boshidayoq keyingi qadamlar va xulosalarni keltirsangiz, auditoriyda o’tirgan nisbatan ehtiyotkorroq bo’lgan insonlar fikrlaringizda shoshqaloqlikni ko’rib sizning takliflaringizga qarshi chiqishlari mumkin. Agar ular auditoriyadagi qaror qabul qiluvchilar bo’lishsa, ushbu xato sababli muammo vujudga keladi.
Xato 2. Taqdimotchi nimani maqsad qilayotgani nuqtai nazaridan taqdimot maqsadlarini belgilanishi. Prezentatsiyani maqsadi faqat siz nima qilishingizni ko’rsatish bo’lishi kerak emas. Tinglovchilar taqdimotdan so’ng xonadan chiqib ketayotganda ularning berilgan mavzudagi oldingi fikrlari va amallari qanday o’zgarishi xaqida bo’lishi kerak. Agar prezentatsiyadan so’ng bunday natijaga erishilmasa, nega siz ularning va o’zingizning vaqtingizni bekor bo’lishiga sababchi bo’lmoqdasiz?
Xato 3. Taqdimotda e’tiboringizni faqat sizning tinglovchilaringizdan nimani xohlashingizga qaratilishi. Prezentatsiyani tayyorlashga vaqt va resurslarimizni sarflashdan maqsad ko’pincha biror mahsulotni, g’oyani yoki ko’nikmani biror auditoriyadagilarga sotish bo’lishi mumkin. Lekin shu taqdimotga kelib sizni eshitishlari uchun ularda qanday sabab bo’lishi kerak? Yagona sababi – shu insonlar o’zlarining hayotlarida uchragan turli muammolar uchun yechim xaqida ma’lumot olishga umid qiladilar. Agar siz ularning e’tiborini jalb qilmoqchi va uni ushlab turmoqchi bo’lsangiz, butun diqqatingizni prezentatsiya davomida ularning muhim muammolarini hal qilishga yo’naltiring.

Download 295.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling