Taqdir kimning qo'lida


Download 1.9 Mb.
Sana24.01.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1116603
Bog'liq
5-mavzu (1)


ISTIQLOL DAVRI HIKOYALARINI O’RGATISH USULLARI
“Taqdir kimning qo'lida” nomli hikoya asosida sirtdan qaraganda shaxsga sig’inish davridagi qatag’onlik yotganday, o'sha davr taloto'plari inkishof qilinganday tuyuladi. Haqiqatan, bunday g’oya hikoya syujeti zaminida mavjud. Lekin fikr qilinsa, yozuvchining asosiy niyati bu emasligi, balki qo'ygan maqsadni ochib berishga fon rolini o'tashini anglaydi. Asosiy g'oya esa, shaxsning insoniylik mezonlariga zid tutgan ishining natijasi fojiaga olib kslishini uning qismatida ko'rsatib, insoniyat olamini ogoh qilishdir.
Said Ahmad “Sarob” nomli hikoyasida iymonsizlik qilgan shaxs qismati orqali davr fojiasini badiiy inkishof etgan. Hikoyada tasvirlangan voqealar muallifga tanish, ko'plari o'zining boshidan o'tgani uchun ishonarli va ta'sirchandir. Hikoya qahramoni Kimsanboy - bilimdon tarixchi va rayon maorifi bo'limining mudiri Olimjon otaning erka o'gli. Chunki egizak qizlardan keyin bolalari birin-ketin bir yoshga yetar-etmay o'lishgan. Tirik qolgani shu edi. Domla unga yaxshi tarbiya va ilm berdi. Ma'lumki, mulohazali, odam va olamni anglash, idrok etish qobiliyatiga ega shaxs butun jamiyatda e'zozlanadi, bizda esa 30 — 50-yillarda oyog'iga bolta urildi. Eng dahshatlisi, shunday qobiliyatga ega bo'lganlarni yoshlikdan ma'naviy majruh qilishdi. Bu haqiqat Kimsanboy obrazida o'z ifodasini topadi.
Mustaqillik davrida yozilgan aksariyat asarlarning zamirida iymonga da'vat yogadi. Bu bejiz emas. Chunki fosiqlik olamiga qadam bosishlik iymonsizlikdan kelib chiqadi. Abduqayum Yo'ldoshning “So'qir” nomli hikoyasida mana shu hayotiy haqiqat qahramonlari qismati orqali goyat ishonarli tarzda inkishof etiladi. Asar muallif tilidan hikoya qilinadi. Hikoyaning faol qahramonlaridan bo'lgan Mo'minboy akani kitobxonga shunday tanishtiradi: “Men kelsam, hisobchimiz, o'lguday pishiq-puxta, buning ustiga, mug‘ombir, uyiga borib qolsangiz, ichimlikning zarari haqida ezmalanib gapiraveradigan, bu yerda esa tekinligi uchun hissasini miq etmay yutaveradigan, qolgan-qutgan gazak-pazaklarniyam cho'ntagiga urib ketishdan istihola qilmaydigan Mo'minboy aka allaqachon hovuzga tushib, artilgan bodringday sip-silliq bo'lib o'tiribdi”. Hikoya voqealari zamiriga singdirilgan g’oya mana shu odamning faoliyati borasida ochiladi.
“Dehqonning bir kuni” hikoyasi totalitar tuzum davrdagi o'zbek paxtakorlari, to'g'rirog'i qishloq ahli hayoti haqida g'amgin qo'shiqdir. Ma'lumki, qo'shiqning mazmunini so'zlab bo'lmaydi, u his qilinadi, qalb orqali tuyuladi. Bu tuyg'uda insonning butun borligi, hayoti – dard-u quvonchi, alami-yu-iztirobi, eng saodatli kunlari, ya'ni orzusiga erishganda, hayot tashvishi-yu, qiyinchiliklari hech gap emasdek tuyulgan mana shu onlari butun olam baxtidan ustun deb bilgan kezlari namoyon bo'ladi. Qo'shiq tugagach birdan bo'shliq paydo bo'lib, inson bir nuqtaga tikilib qoladi. Bu nuqta uning kechasi va bugungi hayoti qismatidir. Hikoyani o'qigan kitobxon shunday holatga tushadi.
Tog'ay Murodning “Kuzning bir kunida” hikoyasi juda mahzun asardir. Unda halollik, vijdon bilan vijdonsizlik, yolg'onchilik to'qnash keladi. Mazkur tuyg'ular insonga tegishli bo'lgani uchun har ikki toifadagi shaxslarning xatti-harakati nihoyatda jonli va hayotiydir. Shundan bularning ichki kechinmalari va iztiroblari ta'sirli hamda yuqumlidir.
Birinchi ezgu tuyg'u dotsent Obidovich timsolida berilgan. Bu odamninghar bir xatti-harakati samimiylik va insoniylik bilan yo'g’rilgan. U nimadandir bezovta, o'shandan iztirob chekyapti. U yonib bo'lgan o't cho'g'iga ko'milgan kartoshkalarni uchi qorayib ketgan kosov bilan kovlab, tinmay sigareta chekadi. Uning mahzunli holati va o'zining tutishi, nimadandir qiynalayotganligi kitobxonga ham ko'chadi.
Insonning qalbi turmush tashvishlaridan emas, oqibatsizlik, nopisandlikdan ozor topadi. Insonning qadr-qimmatini e'zozlash uning komilligidan dalolatdir. Sobir O'narning“Tarvuz” nomli hikoyasida mana shu falsafiy haqiqat o'z ifodasini topgan.
Salomat Vafo hikoyalarida ham modern yo'nalishiga moyillik kuchli. Uning hikoyalari ruhiyat tasvirining quyuqligi, ayollar olami, qismati, takdiri ta'sirchan yoritilgani, shuningdek, fikr va goyada islom falsafasiga suyanganligi bilan ajralib turadi. “Qora beva” shu tamoyildagi hikoyadir. Ma'lumki, kishining oilaviy baxti, undan mamnunlik, uning umumhayotiy baxtini, jamiyatda qozonadigan mavqeini ham belgilaydi. Chunki bunday odamning ko'ngli ko'tarinki, ruhiy tetik bo'ladi. Yolg’izlikka mahkum kishining esa, ko'ngli doim siniq, ruhiyati esa mahzundir. Bunday kayfiyatdagi odamning ishonch tuyg'usi so'niq bo'ladi, kelajagiga ko'p ham umid qilmaydi. Bunday ruhdagi odam mavqe pog’onalaridan ko'tarilish o'rniga, tobora pastlashib boradi. Uning oqibati esa, ham ma'naviy, ham jismoniy tanazzuldir. Hikoyada bu falsafiy vahayotiy haqiqat qo'shiqchi ayolning ruhiy kechinmalari tasvirida ko’rsatilgan.
E’tiboringiz uchun
rahmat!
Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling