I bob. “Boburnoma” asarining o‘rganilish tarixi II bob. Ruhiyat tasvirining ifodalanish uslubi


Download 23.61 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.61 Kb.
#1549148
  1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy ish 20233



MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………………………
I BOB. “Boburnoma” asarining o‘rganilish tarixi
II BOB. Ruhiyat tasvirining ifodalanish uslubi
2.1. Ruhiyat tasviri ifodalanishida ijodkor badiiy mahorati…..........……………………….……...
2.2. Asarda ruhiy kechinmalarni ifodalashda she’riy parchalarning o‘rni………………………..
2.3. “Boburnoma”da ruhiyat tasvirini ochib berilishida peyzash vositasidan foydalanilishi…………………………………………………………...…………………………..
III BOB. Ruhiyat tasvirini ifodalashda xalq og‘zaki ijodining o‘rni
3.1. Muammoni yoritishda badiiy tasvir vositalaridan foydalanish usullari………………………..
Xulosa………………………………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………………………

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakat kelajagi, barcha soha va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z sohasining ustasi bo‘lgan yoshlarga bog‘liq. Shu bois, mamlakatimizda aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun qaysi sohani olmaylik, zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror natijaga erishib bo‘lmasligi kundek ravshanlashmoqda.
Shubhasiz, yosh avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikriga ega, yuksak ma’naviyat sohibi va dunyoning har bir burchagidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bo‘lib kamol topishida adabiyot va san’atning o‘rni beqiyosdir.
Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ham edi. Bobur o‘zining hayot yo‘li bilan ham, yaratgan asarlari bilan ham kelajak avlod ma’naviyati rivojiga xizmat qila oldi. Ayniqsa, “Boburnoma”ni varaqlar ekanmiz, ko‘z oldimizda Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlariga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi ko‘z oldimizda gavdalanadi.
“Boburnoma” jahon adabiyot va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik bo‘lib, o‘zbek adabiyotidagi dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asardir. Asarda keltirilgan barcha ma’lumotlar, xususan Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chog‘aniyon, Shimoliy Afg‘onistonning XV asr 80-90 yillari va XVI asr 1-choragidagi siyosiy ahvoliga doir xabarlar o‘zining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda o‘zaro dushmanlik qilgan temuriylar xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikr-mulohazalari bilan ham ahamiyatlidir.

Download 23.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling