I bob. “Boburnoma” asarining o‘rganilish tarixi II bob. Ruhiyat tasvirining ifodalanish uslubi
Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi
Download 23.61 Kb.
|
ilmiy ish 20233
Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi. “Boburnoma” XV asr o‘zbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, an’anaviy lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn ichida keltirilgan xalq maqol-matallari, iboralari, ibratli o‘gitlar, she’riy parchalar uning badiiyligini yanada oshiradi, o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. Asar XV asrdan boshlab hozirgacha dunyoning ko‘p tillariga bir necha martalab tarjima qilindi. Angliya, Amerika, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Turkiya, Yaponiya kabi o‘nlab mamlakat olimlarining ilmiy tadqiqotlarida “Boburnoma”ning insoniyat yaratgan o‘lmas obidalar qatorida alohida o‘rinda turshi bilan ajralib turadi.
XX asrda fransuz sharqshunoslari tarafidan Zahiriddin Muhammad Bobur merosini o‘rganish, “Boburnoma”ni tarjima qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Fransuz adiblarining Bobur hayoti, ijodi va “Boburnoma” kitobi haqida umumiy ma’lumot beruvchi maqolalar ko‘paydi. 1930-yilda fransuz olimi Fernard Grenardning “Bobur hind imperiyasining asoschisi” nomli risolasi nashr etildi. Kitob 10 bobdan iborat bo‘lib, unda Boburning bolalik vaqtidan to umrining so‘nggi davriga qadar boshidan kechirgan voqealar tarixiy-badiiy asnoda hikoya qilingan. Grenadning ushbu risolasi “Boburnoma”ga hamohang bo‘lib, undagi voqealarga monand keluvchi ilmiy-ommabop ocherklardan, Boburning Samarqdandni tashlab chiqqan, Andijonni qo‘ldan chiqargan paytdagi holatini quyidagicha tasvirlaydi: “Orzu-umidlari chilparchin bo‘lgan Bobur orqaga qaytdi. Bahor fasli edi, u tog‘asi yurti tomon yo‘l oldi. U ezilgan ko‘ngliga taskin berish niyatida o‘zining quyidagi misra bilan boshlanuvchi g‘azalini bitdi: Jonimdan o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglumdan o‘zga mahrami asror topmadim.” Shuningdek, hind olimi, Kashmir universiteti professori Muhobbul Hasan “Boburnoma” xususida fikr bildirar ekan, bu asarning Boburshoh shaxsiyati va davlat tizimini o‘rganishidagina emas, balki Hindiston tarixi, geografiyasi va madaniyati, o‘tmishini o‘rganishda ham qimmatbaho manba ekanini, Hindistonni, uning xalqi hayotini tasvirlashda muallif idrokining naqadar o‘tkirligini ta’kidlab o‘tadi. O‘zbekistonda Porso Shamsiyev, Saidbek Hasanov, Hasan Qudratullayev, Aziz Qayumov, Abdurashid Abdug‘afurov, Vahob Rahmonov, Iqboloy Adizova, Dildora Hoshimova kabi ko‘plab adabiyotshunoslar Bobur ijodining o‘rganilishiga katta hissa qo‘shishgan. Shoir ijodining Afg‘onistonda o‘rganilish tarixi O‘zbekiston bilan chambarchas bog‘liq. Chunki ulardan ilhomlanib, ta’sirlanib, asosiy tadqiqotlar yaratilgan. Afg‘onistonda Bobur to‘g‘risida anchagina tadqiqot ishi amalga oshgan. Bu haqida Shafiqa Yorqin, Ahmadali Kuhzod, Abdulhay Habibiy xizmatlari kattadir. Shafiqa Yorqinning Bobur haqida bajargan ishlari sifatida, tanqidiy matn bilan ikki marta Kobulda nashr qilingan Bobur devonini misol keltirish mumkin. Download 23.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling