Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. “Boburnoma” nafaqat adabiy asar, balki tarixiy, jug‘rofiy, memuar asardir. Unda butun O‘rta Sharqning O‘rta asrdagi ensiklopedik ma’lumotlari jamlangan. Bobur bu asarida o‘z iste’dodini to‘laligicha namoyon qilib, o‘quvchiga kayfiyat bera oldi. Asarni o‘rganish esa Bobur ruhiyatiga kirib borishdir. Bu orqali yoshlar tabiatida sabr-qanoat, samimiylik, mardlik, iroda va shijoatlilik fazilatlari singadi. Ayniqsa, Boburning ruhiy holati nazm orqali o‘quvchiga yetkazilishi go‘zal bir hodisadir.
Demak, asarni o‘rganish orqali Bobur shaxsiyatiga yanda chuqurroq kirib boramiz. Shuningdek, tadqiqot ishi orqali ruhiy kechinmalarni anglashga harakat qilamiz.
Ishning tuzilishi va hajmi. Bu magistrlik dessertatsiyasi tarkibiy tuzilishiga ko‘ra …….faslni o‘z ichiga olgan ….bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, hajmi …… sahifani tashkil etadi.
I BOB. “BOBURNOMA” ASARINING O‘RGANILISH TARIXI
Do'stlaringiz bilan baham: |