Taqi 107-20 guruh talabasi Shodiyev Alisherning mustaqil ishi mavzusi sun’iy pardozbop toshlar


Download 0.96 Mb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1594932
1   2   3
Bog'liq
Shodiyev Alisher mustaqil ish

Kvars guruhiga opal, xalsedon va cho’kindi kvars kiradi. Opal (SiO2.nH2O) - amorf mineral bo’lib, tarkibida 2-14% (34% gacha) suv bog’langan. Zichligi 1,9-2,5 gsm3, qattiqligi 5-6, rangi oq, sariq, havo rang yoki qora bo’lishi mumkin.
  • Xalsedon (SiO2) tolasimon yoki yopiq kristalli kvars turi bo’lib, oq, kulrang, och sariq, qo’ng’ir, yashil rangda. Zichligi 2,6 g/sm3, qattiqligi 6.
  • Karbonatlar guruhiga kalsit, dolomit va magnezit kiradi.
  • Kalsit (CaCO3) rangsiz yoki oq, qo’shimchalar bo’lsa kul rang, sariq, pushti yoki havo rang mineral bo’lib, zichligi 2,7 g/sm3, qattiqligi 3.
  • Dolomit (SaCO3.MgCO3) rangsiz yoki oq, sarg’ish va qo’ng’irrang mineral. Zichligi 2,8 g/sm3, qattiqligi 3-4. Dolomit magnezial va dolomitli bog’lovchilar ishlab chiqarishda hom ashyodir. U kesilib bloklar holida va maydalanib beton uchun yirik to’ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin.
    • Magmatik otqindi tog’ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit va boshqalar qurilishda ko’p ishlatiladi.
    • Porfirlar - mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar mavjudligi bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari mavjud. Kvarsli porfirlar mineral tarkibga ko’ra granitga yaqin bo’lgani uchun uning xossalari granitnikiga o’xshaydi. Kvarssiz porfirlar tarkibi jihatidan sienitga o’xshaydi, ammo xossalari sienitning xossalari kabi bo’lmaydi. Porfirlar qizil, qo’ng’ir, kul rangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa. Ular bezak plitalari, yo’l bordyurlari tayyorlashda ishlatiladi.
    • Andezit - plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat bo’lib, dioritning o’xshashidir. Odatda kulrang, sarg’ish kulrang bo’ladi. Uning zichligi 2,7-3,1 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit kislotaga chidamli plitalar, dispers to’ldiruvchilar olishda ishlatiladi.
    • Bazalt - zich, gohida porfirsimon strukturaga ega bo’lib, gabbroning o’xshashidir. Uning zichligi 2,7-3,3 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 110-500 MPa. Bazalt xarsang tosh, maydalangan holatda beton uchun to’ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bazaltni yuqori haroratda eritib juda nozik tolalar va ulardan issiqlikdan izolyastiyalovchi matolar olish mumkin.
    • Diabaz - gabbroning o’xshashi bo’lib, mayda kristalli strukturaga ega. Tarkibi plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz juda qattiq, mustahkam (300-400 MPa), zich bo’lgani uchun yo’l qurilishida ishlatiladi.
    • Pemza - g’ovak vulkanik shisha, oq yoki kulrang bo’ladi. G’ovakligi 60%, zichligi 2-2,5 g/sm3, o’rtacha zichligi 0,3-0,9 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 2-4 MPa. Pemza issiqlik izolyastiyalovchi xususiyatga ega, undan engil betonlar uchun to’ldiruvchi, sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik qo’shimchalar olish mumkin.
    • 2.5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari turlari
    • Xarsangtosh. Massasi 20-40 kg uzun tomoni 50 sm bo’lgan noto’g’ri shakldagi tog’ jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida, plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga eltiriladigan mexanizmlar yordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho’kindi tog’ jinslariga ishlov berib olinadi. Cho’kindi jinslar tarkibida giltuproq, pirit qo’shilmalari bo’lmasligi kerak.
    • Xarsangtosh siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa kam bo’lmasligi, suvda yumshash koeffitsiyenti 0,8 dan past bo’lmasligi kerak.
    • Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib beton uchun to’ldirgich sifatida ishlatiladi.
    • Shag’al. Shag’al cho’kindi tog’ jinslarni elab fraksiyalarga ajratib, gil va changdan tozalash uchun yuvib olinadi.
    • Chaqiq tosh. Xarsangtoshlarni 5-70 mm (150 mm gacha) fraksiyada maydalab chaqiq tosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiq toshlarni olish uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi.
    • Qum. Qum 0,15-5 mm fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallarining qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori meyorlangan bo’lib, meyordan ortig’i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. Shag’al, chaqiqtosh va qum beton uchun to’ldiruvchilar sifatida ishlatiladi.
    • Devor toshlari va plitalari. Devor toshlari va bloklari asosan tuf va g’ovak ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab tayyorlanadi. Devor toshlari 390x190x188; 490x240x188; 390x190x288 mm o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Devorbop bloklar tuf, ohaktosh, dolomit, qumtosh, andezit kabi toshlardan hajmi 0,1 m3 dan kam bo’lmagan holda tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. (2.3-rasm).
    • 2.3-rasm. Bloklar
    • a-ajratilgan; b-yo’nilgan;
    • v-arralangan
    • granit plitkalari
    • magnezit
    • qumtosh
    • qumtosh

    Foydalanilgan adabiyotlar

    • Foydalanilgan adabiyotlar
    • 1. В.К. Синяков, А.Ю.Николский, Н.Н.Фролов. Строителне материал и работ. Москва, Стройиздат, 1986.
    • 2. Э.Қосимов, Т.Отакузиев. Минерал ботловчилар ва улардан тайёрланадиган буюмлар. Тошкент, Укитувчи, 1984.
    • 3. Л.Н.Попов. Қурилиш материаллари ва деталлари. Тошкент, Ўқитувчи, 1991.
    • 4. Г.Ступаков, Л.Кондратғева. Бетончилар учун қўлланма. Тошкент, Мехнат. - 1988.
    • 5. Г.Н.Горчаков, Ю.М.Баженов. Строителне материал. Москва, Стройиздат, 1986.

    Download 0.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling