Qonunchilik tizimiga qat‘iy amal qilish. Bunda, byudjet hisobini yuritish va belgilangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq barcha faoliyat davlat tomonidan qat‘iy tizimlashtirilganligi, yoki byudjet hisobining —har bir qadami” qat’iy qonunchilik bilan tartibga solinganligidir. Jumladan, byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanish tartibi, ish haqi fondini tashkil qilinishi va sarflanishi, byudjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armasini tashkil qilish, ularning me’yorlari va sarflash yo‘nalishlari, byudjet tashkilotlariga biriktirilgan mol-
mulklardan foydalanish maqsadi, tartibi va boshqalarni har birini aniq
qonunchilik bilan belgilanganligidir.
Bvu d j et hisob id .t nazoi ami tashkil etishda hisobga ohimvrhi asosiy omillai
Qonundiilik tizimiga qat’iy amal qilish
Hisob ishlari byudjet tasnifi bilan bog'lanislii
Smeta ijrosi (rejalashtirish)ga qat’iy amal qilish
Byu dj et j ar ayoni da g'aznachilik organlariniug nazorati
6-chizma. Byudjet hisobida nazoratni tashkil etishda hisobga
olinuvchi asosiy omillar9
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi —Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sonli qaroriga asosan qayta tahrirlangan) muvofiq byudjet tashkilotlarini byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi belgilab berilgan. Shuningdek, byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasini tashkil topish yo‘nalishlari, mablag‘larni avvalo, mavjud kreditorlik qarzlarni qoplashga yo‘naltirilishi (tovar, ish va xizmatlarning tannarxi qoplangandan so‘ng), qolgan qismi esa, kamida 75 foizi tashkilotning moddiy texnika bazasini mustahkamlashga, ko‘pi bilan 25 foizi esa, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanishi belgilangan.
Bu esa, albatta byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarda mazkur qaror ijrosini nazorat qilish uchun kerakli axborotlar mavjud bo‘lishi shartligi zarur qilib qo‘yadi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102- son —Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlarining asosiy vositalari davlat mulkini ijaraga berish markazlari ishtirokida ijaraga berilish lozimligi, tushgan mablag‘lar esa, tegishli byudjet, ushbu markaz va byudjet tashkiloti o‘rtasida mazkur qaror bilan belgilangan tartibda taqsimlanishi nazarda tutilgan va x.k..
Albatta bularning hammasi byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarda mazkur qonunchilik ijrosini nazorat qilish uchun kerakli axborotlar mavjud bo‘lishi shartligi zarur qilib qo‘yyadi, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritishda ham o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |