Taqriz uchun: O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


XULOSA 30 Byudjet nazoratini rejalashtirish va o‘tkazishning xususiyatlari 30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI 31


Download 278.45 Kb.
bet2/17
Sana11.03.2023
Hajmi278.45 Kb.
#1260649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word

XULOSA 30
Byudjet nazoratini rejalashtirish va o‘tkazishning xususiyatlari 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI 31
Internet saytlari 32


KRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab barcha sohalarda katta o‘zgarishlar го‘у berdi. Mamlakatda qisqa vaqt mobaynida bozor munosabatlarining qaror topishi va rivojlanishi uchun obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratildi. Iqtisodiyotning hozirgi integratsiyalashuvi va globallashuvi kuchayib borayotgan bir davrda davlat sektorida byudjet tizimi byudjetlari ijrosini ta‘minlashda byudjet hisobi va nazoratini xalqaro standartlarga mos holda yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasidagi oliy maqsadlarni r o‘yobga chiqarish maqsadida barcha sohalarga qaratilayotgan e‘tibor singari davlat moliyasini boshqarishda xorijiy tajribalardan foydalanib innovatsion usullarni joriy qilish orqali sohani yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, —Xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hamda ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan vositalardan foydalangan holda moliya siyosatini yanada takomillashtirish”2 vazifalari qo‘yilgan.
2022 yildan boshlab, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida -- Hisob palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlariga birinchi navbatda byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasiga alohida e’tibor qaratish, jumladan: byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qilish va ularda nazorat tadbirlarini o‘tkazish, byudjet tizimi byudjetlaridan to‘lanayotgan subsidiyalarning manzilliligini va samaradorligini baholash, davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish, davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini o‘rganish”3 vazifalari yuklatildi.
—Moliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Bosh prokuraturaning Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasini quyidagi bosqichlarda:
birinchi bosqichda — 2022-yil 1-sentabrga qadar vazirlik va
idoralar bilan real vaqt rejimida axborot almashinuvi orqali byudjet qonunchiligini buzish xavfini tahlil qilish maqsadida Moliya vazirligining moliyaviy nazorat ma’lumotlari bazasini ishga tushirish;
ikkinchi bosqichda — 2023-yil 1-yanvarga qadar davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish (mavzuli nazorat) modulini yaratish”4 belgilandi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar “Byudjet hisobi va nazorati” darsligining yaratilishi bugungi kunda muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi
Darslikda byudjet hisobi va nazoratining muhim iqtisodiy mexanizmi bo‘lgan asosiy hisob va nazoratning mazmuni, ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati, byudjet jarayonini tashkil etishning asoslari ochib beriladi.
Darslik 3 ta moduldan iborat.
Darslikning «Byudjet hisobi va nazoratining nazariy asoslari» nomli birinchi modulida umumqabul qilingan —Byudjet hisobi va nazorati” faniga kirish. fanning mazmuni, predmeti va usullari, byudjet hisobi va nazoratining huquqiy asoslari, byudjet hisobi va nazoratida buxgalteriya balansining ahamiyati, byudjet hisobining schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, byudjet hisobi va nazoratida hujjatlashtirish, byudjet hisobi va nazoratda inventarizatsiyaning, byudjet hisobi va nazoratining registrlari va shakllari aks ettirilgan.
Darslikning «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi» nomli ikkinchi modulida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy- uslubiy jihatlari, xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi, asosiy vositalar hisobi, nomoddiy aktivlar hisobi, tovar-moddiy zahiralar hisobi, byudjet tashkilotlarida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va sotish hisobi, moliyaviy aktivlar hisobi, hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘larining hisobi, hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi, kassa muomalalari, boshqa pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalar hisobi, turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi, xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi, byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar va yakuniy moliyaviy natijalar hisobi, moliyaviy hisobotlar keltirilgan.
Darslikning «Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi hisobi» nomli uchinchi modulda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi hisobining huquqiy asoslari, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti ijrosi hisobining tashkiliy - uslubiy jihatlari, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari pul mablag‘lari hisobi, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti daromadlari ijrosi hisobi, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari xarajatlari ijrosi hisobi, byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi va davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi natijalari hisobi va hisobotlar davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi hisobi masalalari yoritilgan. Darslikning ilovalar qismida byudjet ijrosi va nazorati bo‘yicha asosiy terminologik tushunchalar berilgan.
Darslikni yozishda byudjet hisobi va nazoratini tashkil etishga oid amaldagi me‘yoriy-huquqiy hujjatlar, xorijiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar va boshqa tegishli manbalardan keng foydalanildi.
Хусусан, sohaga doir B.K.Hamdamov va A.A.Ostonokulovlar hammuallifligidagi —Byudjet nazorati” o‘quv qo‘llanmasi ma’lumotlaridan ushbu darslikning 1-2-boblarini tayyorlashda hamda A.J.Tuychiyev, A.A.Ostonokulov, K.Sh.Ibragimov, A.S.Tursunovlar hammuallifligidagi —Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi” darsligi ma‘lumotlaridan ushbu darslikning 8-15-boblarida va —Byudjet hisobi” darsligi ma‘lumotlaridan ushbu darslikning 23-27-boblarini tayyorlashda foydalanilgan. Mualliflar mazkur darslikni shakli va mazmun jihatidan yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi


Download 278.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling