Taqriz uchun: O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 278.45 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Byudjet hisobi va nazorati” fanining predmeti va usullari
Byudjet so 'zi 15-asrlarda paydo bo ’Igan bo ’lib, O 'rta asriardagi Fransuz tilidan “bougette”, qadimgi fransuz tiiidagi “bouje”, ya’ni “charm sumka, hamyon, kichik charm sumka”, lotin tilidagi “buiga” so’zidan olingan bo’lib, “charm sumka” degan ma’noiarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi (1973) g’aznachilik vaziri fiskal rejalarini o’zining hamyonida saqlashi degan tushunchani beradi. Boshqa ma’nosi 18-asrda “yangiliklar shodasi” bo’lib ko’chdi, shu sababdan bu so’zni ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha sifatida ishlatilgan.
Oksford lug‘atida keltirilishicha, byudjet - ma’lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma‘noni anglatadi: Moliya vaziri tomonidan yillik daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya‘ni oldinga qo‘yilgan maqsadga muvofiq kerakli pul mablag‘ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug‘atiga ko‘ra, Byudjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog‘liq holda sarflanishga qodir bo‘lgan pul mablag‘i miqdoridir ya‘ni, pul miqdorini qancha sarflanishi mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun qancha to‘lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko‘ra: —Byudjet - davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi” 4Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish chog‘ida davlat Byudjetining ijrosini nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi: Byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi; Byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalari organlaridan axborotlar oladi; Byudjet tashkilotlaridan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning tushumi va sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilib oladi; Qonun hujjatlariga muvofiq banklardan byudjet mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi; Byudjet mablag‘larini oluvchilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini auditdan o‘tkazadi. Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: smeta-moliya hujjatlarini, bunda Byudjet mablag‘laridan qonunchilikka va Byudjet mablag‘larining tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o‘rganishni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z vaqtida tashkilotlarga yetkazish bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirishga erishish; daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi qoldiqlari, bu mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish; smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari bo‘yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda o‘z vaqtida byudjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo‘yicha zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini xarajatlar smetasi bo‘yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin. Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida yetkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi. 2.Byudjet hisobi va nazorati” fanining predmeti va usullari Download 278.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling