Taqriz uchun: O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 278.45 Kb.
bet5/17
Sana11.03.2023
Hajmi278.45 Kb.
#1260649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Davlat byudjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tuzilmasi o‘z ichiga Respublika byudjetini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo‘yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi5.
Byudjet hisobida nazorat - bu keng tushuncha bo‘lib, maxsus kuzatish tizimidan iborat boshqaruv funksiyalarining biridir. Uning asosiy maqsadi malumotni taqqoslash, o‘zgarishlarni aniqlash va baholashdan iborat6.
Nazorat subyektlari - nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir.
Nazorat obyektlari - moliyaviy - xo‘jalik - tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir.
B yudjet hisobida nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat (1- chizma).

1- chizma: Byudjet nazoratining turlari7.

Dastlabki nazorat - byudjet tizimida reja, dastur va smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek, qonunchilik talablari buzilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Joriy nazorat - byudjet ijrosi jarayonida maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirilib, sodir bo‘lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag‘larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo‘yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo‘lib, ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to‘g‘ri tashkil qilinishiga bog‘liq.

Download 278.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling