Taqrizchilar: To‘raev H. H. – Arxeologiya va Buxoro tarixikafedrasi professori, tarix fanlari doktori Jamolova D. M


Davlat boshqaruvining tarixiy ildizlari


Download 356.17 Kb.
bet5/85
Sana12.10.2023
Hajmi356.17 Kb.
#1700148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
ma\'ruza davlatchilik

Davlat boshqaruvining tarixiy ildizlari. Ilk davlatchilik tarixi bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi aksariyat olimlarning e’tirof etishicha, O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik asoslarini bronza (mil.avv. III-II m.y.) davridagi sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik xo‘jaliklari tashkil etgan edi. Shuningdek ilk davlatchilikning tarixiy ildizlari faqat ichki sabablargagina bog‘liq bo‘lmay, balki qadimgi Sharqdagi yuksak darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq bo‘lgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan yuqori sifatli moddiy madaniyat buyumlari o‘zaro aloqalardagi mavjud texnologik va iqtisodiy ta’sirni ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuzlab ming yilliklarni o‘z ichiga qamragan insoniyat tarixida dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi – nisbatan ancha kech yuz bergan jarayondir. Davlatchilik tarixi insoniyat sivilizatsiyasining so‘nggi 5 ming yili bilan bog‘lanadi. Ilk davlatlar o‘z rivojlanish bosqichlarida turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlariga ega bo‘lib, ilk davlatlar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik qayerda oldinroq rivojlangan bo‘lsa, o‘sha yerda paydo bo‘lgan. Xo‘jalik ishlab chiqaruvchi shakllarning taraqqiyoti aholi joylashuvi, hududlarning kengayishi va tashqi aloqalarning rivojlanishiga olib kelgan. Shu tariqa aholining aralash joylashuvi jarayoni boshlanib, bir hududda turli urug‘ vakillari yashaydigan bo‘lgan, ya’ni qarindosh-urug‘chilik jamoasi o‘rniga hududiy qo‘shnilchilik jamoalari paydo bo‘lgan.
Bu jamoalar vakillari alohida qishloqlar, ekinzorlar va sug‘orish tarmoqlari bilan chegaralangan bo‘lib, ular to‘la o‘zlashtirilgan va doimiy xo‘jalik hamda ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda yashaganlar. Ular o‘z ichki va tashqi munosabatlarida kelib chiqadigan muammolarni hal qilishda birlashishga harakat qilganlar. Jamoalardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, diniy urf-odatlarni bajarish kabi masalalar ijtimoiy mansablar hamda boshqaruvning paydo bo‘lishiga asos solgan.
Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlari O‘rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari (Baqtriya, Sug‘d, Xorazm) jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar bir necha kichik oilalardan tashkil topgan uy jamoalari (katta oila vakillari)dan iborat bo‘lgan. Ushbu uy jamoalarining boshqaruv tartibida katta oilalar boshliqlar yoki uy egalari, shuningdek, alohida qishloq qo‘rg‘onlarini boshqaruvchi jamoalar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu jarayonda alohida uylar o‘rtasidagi qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilar ikkinchi darajali bo‘lib borgan. Bu shunda ko‘rinadiki, har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshchilik aloqalariga qaramasdan, alohida xususiy mulkka, o‘z uy-joyiga, ishlab chiqarish qurollariga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorva mollariga ega bo‘lganlar, bir so‘z bilan aytganda, ular o‘zlarini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jaliklarni aks ettirganlar.
Ushbu xo‘jaliklarda mansablarni egallash, jamoa ishlab chiqarish ishlari va ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog‘liq bo‘lgan. Boshqaruv faoliyati zarurati ishlab chiqarishni takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish hamda jamoa mahsulotini taqsimlash kabi ishlar bilan maxsus shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarni yuzaga chiqargan. Shu tariqa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda o‘z obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasdan, ijtimoiy va xo‘jalik hayotini nazorat qiladigan hamda boshqaradigan shaxslarning saralanishiga olib kelgan. Bunday odamlar o‘zlarining shaxsiy axloqiy xislatlari, amaliy bilimlari va nufuzlari bilan boshqalardan ajralib turganlar. Aynan shu asosda ishlab chiqarish faoliyatidan tashkiliy-boshqaruv faoliyati ajralib chiqqan.
Qadimgi jamoalarda rahbar – yo‘lboshchining nufuzi yuqori bo‘lsa-da, o‘sha davrlarda boshqaruv yutuqlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat siyosiy davlat maqomi darajasiga yetmagan ijtimoiy tashkilot turini o‘zida ifoda etgan. Moddiy boyliklarni taqsimlash hamda jamoa mahsulotidan olinadigan ulush bunday tashkilot boshqaruvchisi lavozimidagi shaxslarning o‘rni va amaliga bog‘liq bo‘lgan. Shu tariqa yo‘lboshchi rahbarning dastlabki ijtimoiy foydali faoliyati kasbiy boshqaruvchilikka aylangan.
A.S.Sagdullayev tadqiqotlariga ko‘ra, boshqaruvning paydo bo‘lish asoslari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish zarurati, jamoadagi mavjud urf-odatlarni bajarish, jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatdan bo‘linishi. Olimning ta’kidlashicha, eng qadimgi davrlardan boshlab to bugungi kungacha quyidagi boshqaruv vazifalari ustivor bo‘lib kelmoqda: tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, jamiyatning ichki va tashqi murakkabliklarini boshqarib turish. Qadimgi boshqaruv tizimining birinchi bosqichi quyidagi funksiyalar bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan: iqtisodiy, jtimoiy, harbiy-siyosiy, hududiy.

Download 356.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling