Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


BOB INFORMATIKA, HISOBLASH TEXNIKASI, UNING ARIFMETIK ASOSI


Download 1.28 Mb.
bet2/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

1 BOB
INFORMATIKA, HISOBLASH TEXNIKASI, UNING ARIFMETIK ASOSI


1.1. Informatika fanining mazmuni

Tabiat va jamiyatning asosiy qonunlarini aniq fanlar o’rganadi. Xususan, tabiat qonunlarini matematika, kimyo, fizika yoki biologiya fanidan, iqtisod va jamiyatning rivojlanishini jami-yatshunoslik yoki tarix fanidan bilib olgansiz. SHunday fanlar borki, ular bir necha fanlar bog’likligida o’rganiladi, masalan biofizika, tabiatni muhofaza qilish va hokazo. Informatika ana shunday fanlardan biri bo’lib, u ayni vaqtda inson faoliya-tini turli jabhalariga keng qo’llanilmokda. Bu fan XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi.


Zamonaviy hisoblash mashinalaridan amaliy ish faoliyatida keng foydalana oladiganyetuk mutaxassislar, jumladan muhandis-quruvchilar hamda iqtisodchilar tayyorlash ayni paytda kechikti-rib bo’lmaydigan omillardan biridir. SHu bois barcha oliy o’quv yurtlarida "Informatika " kursi asosiy fanlar qatorida o’qitiladi. CHunki bo’lajak muhandislar inshoat qismlarining bikr va ustivor bo’lishini aniklashda ko’pgina hisoblash ishla-rini qo’lda bajarishlariga to’g’ri keladi, bu esa o’z navbatida birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi. SHu tufayli qaralayotgan masalani EHMdayechishni amalga oshirishning asosiy qoidala-ri va usullarini hamda ijtimoiy ishlab chiqarishda EHMning tutgan o’rnini bo’lajak muhandis talaba davridanoq bilishi zarur.
Informatika—axborot (xabar, ma’lumot va hokazo) jamlash va qayta ishlashning qonunlari va usullarini o’rganadi. Axborot (informatsiya) so’zi lotincha "informatio" so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, tavsiflash degan ma’noni anglatadi. Informatikaning rivoj topishi axborotni jamlab, qayta o’zida ishlaydigan EHMning dunyoga kelishi bilan bog’liq. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) yoki kompyuter (kompyuter so’zi inglizcha computer so’zidan olingan bo’lib, hisoblovchi degan ma’noni bildiradi) esa shu axborotlarni to’plab, qayta ishlaydigan kurilmadir. SHunday qilib, informatika—inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni qidirish, jamlash, saklash, uni qayta ishlash haqidagi fandir.
Demak, axborot tushunchasi informatika fanining asosiy tushunchasi hisoblanadi.
Axborot — insonning sezgi organlari orqali qabul qilina-digan barcha ma’lumotlar majmui.
Inson axborotni uni o’rab turgan tabiatdan, tevarak atrofdan oladi. U yaqindagi axborotlarni sezgi organlari orqali olsa, uzokdagi axborotlarni olish uchun texnik vositalar kerak. SHu bois, insonlar axborotlarni qidirish, to’plash va qayta ishlash uchun turli xil uskuna va vositalardan foydalanganlar.
To’plangan axborotlardan lozim bo’lganda ishlatish uchun axborot tashuvchi vositalardan foydalanishgan.
Axborotlarni turli vositalarda, xususan gazeta-kitoblarda, magnit tasmalarida, disketlarda saklash mumkin.
Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uni uzatish kabi ishlar majmuini bajarishda asosiy texnik vosita bo’lib komp-yuter hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda axborotlarni almashi-nuv amallarini bajaruvchi aloqa vositalari — telefon, tele-tayp, telefaks va hokazolar mavjudki, ular ham axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari hisoblanadi.
O’zbekistonda mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishdayetakchi o’rinni O’zbekiston Fanlar Akademiyasi "Kibernetika" il-miy ishlab chiqarish birlashmasi egallaydi. Birlashma taniqli akademik olim Vosil Qobulov tashabbusi bilan 1966 yilda tash-kil qilingan.
Kompyuterni inson faoliyatining turli sohalariga qo’llashga bo’lgan intilish kundan-kunga ortib bormokda.
Informatika fani kompyuterda ishlash ko’nikmalari haqida ma’lumot berib, u bilan muloqat o’rnatish usullarini o’rgatadi va unda turli masalalarniyecha olishga yo’naltiradi. Informatika fanini o’rganish jarayonida hozirgi zamon kompyuterlari bilan muloqatda bo’lib, uning texnik imkoniyatlarini o’zlashtirish, algoritmlash usullarini va turli amaliy masalalarniyechish uchun dasturlash tillari (Beysik yoki Paskal) dan birida dastur tuzish hamda amaliy dasturlar paketidan foydalana bilish lozim. Kom-pyuter imkoniyatlarini va dastur tuzishni o’zlashtirgan holda o’z mutaxassisligi bo’yichayechiladigan masalalarga va muammo-larga ularni tatbiq qilish ko’nikmasini hosil qilishi kerak.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling