Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet4/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

1.3. Kompyuterning yaratilishi

EHM hajmini qisqartirishga va kompyuter yaratilishiga 1948 yilda yaratilgan tranzistorlar sabab bo’ldi, chunki elektron lampalar o’rnini kichik hajmdaga tranzistorlar egallashiga imkon yaratildi.


1965 yilda Diqital Eguipment firmasi RDR-8 rusumli dastlab-ki minikompyuter yaratdi. Ayni shu davrda minikompyuterlar yaratilishiga, ya’na bir yangilik - integral sxemalar kashf etilishi bo’ldi.
1959 yilda Intel firmasining bo’lg’usi asoschisi Robert Noys bitta plastinkada tranzistorlarni o’zaro bog’lash usulini yaratdi. Bu elektron sxemalar keyinchalik integral sxemalar deb yuritila boshladi.
SHunday qilib, 1968 yilda Burroughs firmasi dastlabki integral sxemalar asosida ishlovchi kompyuter yaratdi.
1970 yildan boshlab Intel firmasi xotiraning integral sxemasini ishlab chiqarib, keng miqyosda sota boshladi. 1973 yilda Intel firmasi tomonidan 8-baytli Intel-8008 mikroprotsessori 1974 yilda Intel-8080 versiyasi yaratildi.
1970 yilda shaxsiy kompyuterlarning yuzaga kelishi katta EHMlarga bo’lgan talabni susaytirdi. Bu esa o’z navbatida IBM (International Business Machines Corparation) firmasi faoliyatiga keskin ta’sir o’tkazdi. 1979 yilda boshlangan izlanishlar 1981 yilda (16 razryadli Intel 8088 mikroprotsessori asosida) yaratilgan va bozorda o’z o’rnini topgan IBM PC kompyuterida o’z samarasini berdi. Oradan ikki yil o’tib, bozorda o’zining munosib o’rnini egalladi. 1983 yilda IBM PC XT, 1985 yilda IBM PC AT kompyuterlari ishlab chiqarildi.
Ko’p o’tmay boshqa firmalar ham IBM PC kompyuterini ishlab chiqara boshladi. Ayni vaqtda u nafaqat Amerika va Yevropa mamlakatlarida balki Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlarida, xususan Tayvan, Janubiy Koreya, YAponiya, Singapur, Malayziya mamlakatlarida ham g’arb mamlakatlariga qaraganda arzonroq narxda ishlab chiqarilib jahon bozorida sotila boshladi.
Ayni vaqtda respublikamizda Intel 80386SX, 80486 va Pentium mikroprotsessorli Super-VGA 800x600, Super-VGA 1024x768 turidagi monitorli kompyuterlari keng tarqalgan.
Ayni vaqtda IBM PC turidagi kompyuterlarini tobora ommalashishiga nafaqat IBM firmasi, balki kompyuter miyasini yaratuvchi Intel va MS DOS, Windows, Word, Excel kabi bir qator dasturlar yaratgan va yaratayotgan Microsoft firmasi sababchi bo’lmoqda.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling