Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet24/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

5.2. NC dasturini yuklash va undan chitsish

NC dasturini yuklash MS DOS OT muhitining buyruklar satrida NC ni terish orqali amalga oshiriladi, ya’ni C:/NC va [Enter] tugmachasi bosiladi. Lekin kompyuter foydalanuvchilari, odatda, Norton Commander dasturida ishlaganliklari uchun MS DOS OT muhitini ishga tushiruvchi fayllardan biri AUTOEXEC.BAT fayliga /NC yozib qo’yiladi. SHuning uchun kompyuter ishga tushirilishi bilan NC dasturi avtomatik ravishda ishga tushadi. Dastur ishga tushirilgandan so’ng ekranda ikkita to’g’ri burchakli panel (darcha) paydo bo’ladi. Panellarning pastki qismida MS DOS OT buyruklar satri, eng pastki qatorda esa funktsional tugmachalar ([F1] dan [F10] gacha) vazifalari yozilgan ma’lumot joylashgan(1-rasm).



1-rasm. NC dasturida ekranning umumiy ko’rinishi.
CHap va o’ng panellarga alohida-alohida disklar mundarijasini chiqarish mumkin. CHap panelga disk mundarijasini chiqarish uchun [Alt]—>[F’1] tugmachalari birgalikda bosiladi va paydo bo’lgan disklar ro’yxatidan kerakli disk tanlanib, [Enter] tugmachasi bosiladi. O’ng panelga disk mundarijasini chiqarish uchun [Alt]—>[F’2] tugmachasi bosiladi. Ekranda fayllardan yoki kataloglardan biri kursor (ko’rsatkich) bilan ajratib ko’rsatiladi(1-rasmga qarang). Kursor turgan disk yoki katalog joriy hisoblanadi. Kursorni bir paneldan boshqasiga o’tkazish uchun klaviaturadan [Tab] tugmachasi bosiladi.
NC dasturidan chiqish uchun [F10] (Quit-Vnxod) tugmachasi bosiladi. Ekranning o’rta qismida NC dasturidan chiqish haqida so’rov paydo bo’ladi. So’rovga klaviaturadan [Y] (ruscha versiyada D) yozilgan tugmachasi NC dan chiqish uchun, aks holda [N] (ruscha versiyasida N) tugmachasi bosiladi.


5.3. NC da yordam olish

NC dasturidan qo’shimcha ma’lumot yoki yordam olish uchun [F’1] tugmachasi bosiladi. Agar fayl nusx si olinish jarayonida [F1] tugmacha bosilsa, ekranda fayllarni nusxalash haqida ma’lumot paydo bo’ladi. Ma’lumot to’laligacha ekranga joylashmasa, [↑], [↓], [Home], [End], [Page Up], [Page Down] tugmachalari yordamida kerakli joygacha surish yoki sahifalash bilan ko’riladi (2-rasm).




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling