Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


NCning funktsional tugmachalari tavsifi


Download 1.28 Mb.
bet27/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

5.7. NCning funktsional tugmachalari tavsifi

NC dasturi ekranining quyi qismida funktsional tugmachalar vazifalari bilan berilgan (3-rasmga qarang).


Bu funktsional tugmachalarning qisqacha tavsifini keltiramiz:
[Fl] (Help yoki pomosh’) — NC bilan ishlash jarayonida tugmachalar vazifasi haqida ma’lumot (yordam) beradi.
[F2] (Menu yoki Vizov) — foydalanuvchi menyusi ro’yxatidagi buyruqni ishga tushiradi.
[F3] (View yoki CHtenie) — fayl mazmunini ko’rishda ishlatiladi. Matnli, arxivlangan, elektron jadvallar va bir necha matn muharrirlarida tayyorlangan hujjatlarni ko’rishda ishlatiladi. Mazmunini ko’rish kerak bo’lgan faylga kursor keltiriladi va [F3] tugmachasi bosiladi, natijada fayl mazmuni ekranda paydo bo’ladi.
[F4] (Edit yoki Pravka) — faylni tahrir qilishda ishlatiladi. Faylga kursor keltiriladi va [F4] tugmachasi bosiladi. Natijada fayl mazmuni ekranda paydo bo’ladi va tahrirlash ishlari amalga oshiriladi.
[F5] (Copy yoki Kopiya) — fayldan nusxa olishda ishlatiladi. Faylni bir diskdan boshqa diskka (yoki biror katalogdan boshqa katalogga) nusxalash uchun kursor faylga keltiriladi va [F5] tugmachasi bosiladi. Ekran o’rtasida fayl nusxalanadigan manzil haqida so’rov paydo bo’ladi. Foydalanuvchi fayl nusxalanadigan manzil(disk va katalog)ni ko’rsatishi lozim, aks holda ikkinchi paneldagi joriy katalogga fayl nusxalanadi. Fayllar guruhini bir diskdan boshqa diskka nusxalash uchun dastlab nusxalanishi kerak bo’lgan fayllar [Insert] tugmachasi orqali belgilanadi va [G’5] tugmachasi bosiladi. Agar diskdagi barcha fayllar birdaniga boshqa diskga nusxalanishi kerak bo’lsa, u holda fayllarni klaviaturaning o’ng tomonida joylashgan "+" tugmachasi orqali belgilash mumkin. U holda ekranda "*.*" belgisi paydo bo’ladi va [Enter] tugmachasi bosiladi. Natijada barcha fayllar belgilanadi va [G’5] tugmachasi bosiladi hamda fayllar navbatma-navbat boshqa diskka(katalogga) nusxalanadi.
[F6] (Renmov yoki Nov.imya) — fayl yoki katalogni qayta nomlashda ishlatiladi. Kursor faylga keltiriladi va [F6] tugmachasi bosiladi, ekranda paydo bo’lgan muloqat oynasiga faylning yangi nomi kiritilib, [Enter] tugmachasi bosiladi. Fayl va katalogni yangi nom berish bilan kerakli joyga ko’chirish ham mumkin.
[F7] (MkDir yoki Nov.kat) — yangi katalog tashkil qilish uchun ishlatiladi. Katalog tashkil qilish uchun [F7] tugmachasi bosiladi va ekranda paydo bo’lgan muloqat oynasiga yangi katalog nomi kiritiladi va [Enter] tugmachasi bosiladi. Natijada disk mundarijasida yangi katalog nomi paydo bo’ladi. Katalogga kirish uchun kursor katalogga keltiriladi va [Enter] tugmachasi bosiladi. Katalogdan chiqish uchun kursor katalog mundarijasining boshiga keltiriladi va [Enter] tugmachasi bosiladi.
[F8] (Delete yoki Udaleniye) — fay1 yoki katalog (fayllar guruhi yoki kataloglar)ni o’chirishda ishlatiladi. Faylni o’chirish uchun kursor faylga keltiriladi va [F8] tugmachasi bosiladi va ekranda "haqiqatan ham faylni o’chirasizmi" so’rovi paydo bo’ladi va unga "HA"deb javob beriladi.
Fayllar guruhini o’chirish uchun dastlab nusxalanishi kerak bo’lgan fayllar [Insert] tugmachasi orqali belgilanadi va [F8] tugmachasi bosiladi. Agar diskdagi barcha fayllar birdaniga o’chirilishi kerak bo’lsa, u holda fayllarni klaviaturaning o’ng tomonida joylashgan "+" tugmachasi orqali belgilash mumkin. U holda ekranda "*.*" belgisi paydo bo’ladi va [Enter] tugmachasi bosiladi. Natijada barcha fayllar belgilanadi va [F8] tugmachasi bosiladi. Natijada fayllar navbatma-navbat o’chiriladi.
Katalogni o’chirish uchun ham [F8] tugmachasi bosiladi.
[F9] (PullDn yoki Menyu) — NC boshqaruv menyusini ekranga chiqaradi. Bu menyu yordamida lozim bo’lgan buyrukdarni bajarish mumkin.
[F10] (Quit yoki Vixod) — NC qobiq dasturidan chiqishda ishlatiladi.
NC dasturida fayl va kataloglar bilan ishlashda quyidagi tugmachalar majmuasidan ham foydalaniladi:
[Alt]-[F3] (View — CHtenie) — matnli faylni ko’rishda ishlatiladi.
[Alt]-[F4] (Edit— Pravka) — alternativ muharrir yordamida faylni tahrirlashda ishlatiladi.
[Alt]-[F5] (Comp-Sjat) — ajratilgan fayllarni siqib arxivga joylashtirishda ishlatiladi.
[Alt]-[F6] (Decomp — Iz’yat) — arxivdan fayllarni ajratib olishda ishlatiladi.
[Alt]-[F7] (Find — Poisk) — diskdagi faylni qidirish.
[Alt]-[F8] (Histry — Jurnal) — oldindan belgilangan buyruqni ko’rish va bajarishga berishda ishlatiladi.
[Alt]-[F9] (EGaLn — Stroki) — ekrandagi qatorlar sonini oshirish yoki kamaytirishda ishlatiladi. EGA tipli monitorda 25 qatordan 43 ta qatorga, VGA tipli monitorda 50 qatorga o’tishda xizmat qiladi.
[Alt]-[F10] (Tree — Derevo) — boshqa katalogga o’tishda ishlatiladi.
[Shift] — [F1] (Help-Pomoid) — diskni saralashda ishlatiladi.
[Shift] — [F2] (Menu — Vizov) — tarmokli utilitlarda ishlatiladi.
[Shift] — [FZ] (View — CHtenie) — faylni ko’zdan kechirishda ishlatiladi (fayl nomi so’raladi)
[Shift] — [F4] (Edit — Pravka) — faylni tahrir qilishda ishlatiladi.
[Shif] — [F5] (Soru-Kopiya)— faylni nusxalashda ishlatiladi.
[Shift] — [F6] (Renmov— Nov imya) — faylni qayta nomlash va qayta nomlab ko’chirishda ishlatiladi (nomi so’raladi).
[Shift] — [F7] (MkDir — Nov.kat)— katalog tashkil qilishda ishlatiladi (nomi so’raladi).
[Shift] — [F8] ( Delete — Udal-e) — faylni o’chirishda ishlatiladi (nomi so’raladi).
[Shift] — [F9] (PullDn— Menyu) — NC konfiguryatsiyasini sakdashda ishlatiladi.
[Shift] — [F10] (Quit — Vixod) — menyuni chaqirishda ishlatiladi.
NC da ishlash jarayonidagi foydalaniladigan funktsional tugmachalar va ularga mos buyruklar tavsifi kitob nihoyasidagi ilovada keltirilgan.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling