Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet28/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

5.8. NC da disk bilan ishlash

Diskni formatlash uchun NC menyusiga [F9] bilan kirib, Disk (Disk) menyusidan FORMAT Diskette (Formatirovat disketu) bandini tanlash lozim. So’ngra ekranda Drive (Diskovod) bandida formatlanadigan disket tanlanadi. Size (Razmer) bandida mazkur disket hajmi beriladi. FORMAT Type (Tip formatirovaniya) bandida formatlash rejimi, xususan Safe (Bezopasnoe) disket tekshiriladi (ilgari formatlangan disketlar uchun, Quvck (Bistroe) — disket tekshirilmay zudlikda formatlanadi.


Disketga maxsus belgi qo’yish uchun Options (Optsii) so’rovida belgi o’rnatish mumkin. Agar disket sistemali disk qilinishi joiz bo’lsa, Make System Disk ( Sozdat sistemniy disk) bandida belgi qo’yish lozim.
Disketdan nusxa olish uchun Copy Diskette (Kopirovat disketu) bandi NC ning Disk (Disk) menyusidan tanlanadi. Source (istochnme) so’rovnomasida ko’chirishi lozim bo’lgan ma’lumot ( disk yoki fayl), Target (Poluchatel) bandida ko’chirilishi lozim bo’lgan manzil ko’rsatiladi.
Diskda belgini almashtirish uchun Disk (Disk) menyusida Label disk (Metka diska) bandi tanlanadi va yangi belgi kiritiladi.
Nazorat uchun savol va mashqlar
? 1. Qobiq dasturlar qanday maqsadda qo’llaniladi?

  1. Qobiq dasturlarning qanday turlarini bilasiz?

  2. NC da faylni tahrir qilish uchun dastlab qaysi tugmacha bosiladi?

  3. NC da bir darchadan ikkinchi darchaga qanday o’tish mumkin?

  1. NC da fayl qanday tashkil qilinadi?

  2. NC da "O’zbekiston Vatanim mening" matnli ma’lumotli fayl tashkil eting.

  3. NC da chap (o’ng) panelga kerakli disk mundarijasini chiqarish uchun qanday tugmachalar majmuasi ishlatiladi?

8. NC da panellar o’rnini almashtirish uchun qanday tugmachalar majmuasi ishlatiladi?
9. NC da fayl yoki katalog qaysi funktsional tugmacha yordamida qayta nomlanadi?

  1. NC da fayl yoki katalogdan qaysi funktsional tugmacha yordamida nusxa olinadi?

  2. NC da yangi katalog qanday tashkil etiladi?

  3. NC da fayl yoki katalog qaysi funktsional tugmacha yordamida o’chiriladi?

13. Faylni tez qidirib topish uchun qaysi tugmachalar majmui ishlatiladi?
14. Diskda qancha bo’sh joy borligi qanday aniklanadi?
! Berilgan mashqlarni bevosita kompyuterda bajaring va ularga batafsil javob yozing.

  • NC ni yuklash;

  • yordam olish;

  • yangi fayl yaratish;

  • faylga ma’lumot yozish va uni diskka yozish;

  • fayl mazmunini ko’rish;

  • faylni tahrir qilish;

  • fayl nusxasini olish;

  • bir nechta faylni bir vaqtda nusxalash;

  • faylni chop qilish;

  • faylni qayta nomlash;

  • faylni o’chirish;

  • katalog tashkil qilish;

  • katalogga kirish;

  • katalogdan chiqish;

  • katalogni o’chirish;

  • boshqa diskka o’tish;

  • panelda diskdagi katalog daraxtini ko’rish;

  • o’ng (chap) panelga disk mundarijasini chiqarish;

  • panellar o’rnini almashtirish;

  • o’ng (chap) panelni olib tashlash va qayta chiqarish;

  • bir paneldan ikkinchi panelga o’tish;

  • diskdan faylni qidirib topish;

  • fayllar guruhini tashkil etilgan sanasi,hajmi,nomi bilan alifbo bo’yicha saralash;

  • diskdagi bo’sh joyni aniklash;

  • fayllarni arxivlash va arxivdan chiqarish;

  • NC menyu buyruklari bilan ishlash;

  • NC dan chiqish.

VI BOB

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling