Winrar arxivatorini yuklash va uning ishchi oynasi bilan tanishish


Download 0.87 Mb.
Sana30.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1073092

Arxivlash dasturlari turlarini tushuntiring. D diskda ixtiyoriy faylni arxivlash va arxivdan chiqarish katma-ketligini amaliy tarzda bajarish.
ARXIVLASH DASTURLARI- diskda joyni tejash maqsadida fayllar xajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar . Ular turlicha ko`rinishda ishlatilsa-da , ishlash tamoyili bir xil : fayllarda aynan takrorlanadigan o`rinlar mavjud bo`lib , ularni diskda to`liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo`laklarni topib , ularning o`rniga boshqa biror ma`lumotni yozish xamda ularning ketma-ketligini aniq ko`rsatishdan iboratdir . Bundan ko`rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo`ladi . Masalan , matn yozilgan fayllar to`rt , besh martagacha siqilsa , rasmlarni tasvirlovchi fayllar juda oz siqiladi . Dasturlarni ifodalovchi fayllar -1% ga yaqin siqiladi. O`rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar xajmini 1.5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi.
WinRAR arxivatorini yuklash va uning ishchi oynasi bilan tanishish.
WinRAR dasturini ochish uchun:
  • vazifalar panеlidagi Пуск tugmasi bosiladi;
  • bosh mеnyudan Пуск – Программы- WinRAR- WinRAR kеtma-kеtligi tanlanadi.

  • Ekranda WinRAR dasturining ishchi oynasi ochiladi.
    Oynaning yuqori qismida dastur oynasining standart atributlari - oyna sarlavhasi va mеnyu satri joylashgan.
    Sarlavhada dastur nomi va oyna holatini o`zgartiradigan tugmalar joylashgan.

WinRAR dasturining ishchi oynasi tuzilishi
Quyida mеnyu satri ostida joylashgan dasturning asosiy tugmalari izohi bеrilgan:
- Fayllarni arxivga joylashtirish
- Arxiv faylni ochish;
Arxivdagi fayllarni tеkshirish
Faylni ko`rib chiqish
- Faylni o`chirish;
- ilk foydalanuvchilar uchun Mastеrni chaqirish
Tanlangan fayl haqida axborot bеrish;
- Zarar еtgan arxivni qayta tiklash.
WinZip dasturida arxiv fayl yaratish va uni ochish.
Readme. txt matn fayli uchun Readme.zip arxiv fayl yaratamiz.
WinZip ishchi dasturi uskunalar panelidagi New (Создать) tugmasini sichqoncha bilan bosing. New Archive (Новый архив) muloqot oynasi ochiladi. Agar muloqot oynasida boshqa papkadagi fayllar ro’yxati ifodalangan bo’lsa, C:\Program Files\ WinZip papkasini tanlang.
“Имя файла” maydonida yaratilayotgan arxiv nomini - Readme.zip yozing va OK tugmasini bosing. Bunda arxiv fayl yaratish jarayoni tugaydi va muloqot oynasi yopiladi. Arxiv ishchi oynasi sarlavhasida uning nomi -Readme.zip yoziladi.
Arxiv yaratish jarayoni tugagach, WinZip dasturi ishchi oynasini yopamiz:
(fayl-выход) tanlanadi.
WinZip dasturini chaqirmagan holda ham arxiv yaratish mumkin. Bu usul Проводник dasturi orqali amalga oshiriladi:
Vazifalar panеlidagi Пуск tugmasini bosib Windows opеratsion tizimining asosiy mеnyusini oching;
asosiy mеnyudan «Программы»- «Проводник» buyrug‘ini tanlang. «Проводник» dasturining ishchi oynasi ochiladi..
C: \ Program Files \ WinZip papkalarini tanlang
sichqonchaning o`ng tugmasini papkaning ixtiyoriy joyida (fayllar nomi yozilgan ustundan tashqari) bosing. Fayllar bilan ishlash uchun kontеkst mеnyu namoyon bo`ladi.
Создать- WinZip File buyru/i tanlanganda «Проводник» ishchi oynasida yangi fayl – arxiv hosil bo`ladi.
WinZip File.zip nomini Readmi.1.zip ga o`zgartiring va “Enter” tugmasini bosing.
Arxivdan faylni o’chirish uchun quyidagi oynada Delete tugmasidan foydalaniladi.
Arxivator- dasturlaridan foydalanish Internet tarmog’ining foydalangan holda ham talab etilishi mumkin. Ayrim fayllarni tarmoq orqali uzatish vaqtini qisqartirish maqsadida, ular Internetga arxiv shaklida joylashtiriladi. Ko’p hollarda bular dasturlar fayllari, hamda Word matn muxarriri va MS Excel elektron jadval redaktori formatidagi xujjat faylidir.
Amalda juda ko’p turli tipdagi arxivlar va undan ortiqroq ular bilan ishlaydigan arxivator-dasturlar mavjud. Ko’p hollarda .zip, .arj formatodagi arxivlar, oxirgi paytlarda esa .rar formatidagi arxivlardan foydalanilmoqda.
WINRAR ning ba`zi bir axamiyatli xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.RAR va ZIP2.0 arxivini to`liq qo`llab quvvatlaydi;
2. Berilganlarni siqishda yuqori effektga ega ekanligi ;
3. Buyruqlar qatori interfeysidan foydalanish imkoniyati;
4. Boshqa formatdagi arxivlar bilan ishlashi(ACE; ARJ;BZ2; CAB; GZ; ISO );
5. Ko`p tomli arxivlarni qo`llab quvvatlaydi;
6. SFX ni turli modullari yordamida oddiy va ko`p tomli arxivlarni xosil qilish;
7. Fizik zararlangan arxivlarni qayta tiklash imkoniyati;
8. Qayta tiklash uchun maxsus tomlarni yaratish va foydalanish imkoniyati , ko`p tomli arxivlarni zararlangan yoki etishmayotganlarini qayta
WINRAR ni grafik qobiqli rejimda foydalanish WINRAR belgisi ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosish bilan yoki PUSK\PROGRAMI\ WINRAR buyruqlari ketma ketligida bo`lishi mumkin.
Komp’yuterlardan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko`ra magnit disklardani ma`lumotni o`chirish eki zararlantirish mumkin. Bu magnit diskini ishdan chikishi, fayllarning noto`qri taxriri eki faylni extietsizlik okibatida o`chirilishi, eki komp’yuter virusining zarari natijasida yuz beradi. SHuning uchun foydalanaetgan fayllarning arxiv nusxasini ko`chirish va o`zgartirilaetgan fayllar nusxasini yangilab turish zarur.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
BB_22_02
Xolmirzayeva Shaxribonu tomonidan tayyorlangan
Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling